УДК: 8 2 1 .5 14.132(075)
K B K 57.411.2
ISBN 978-9943-375-96-3
© «VORIS-NASHRIYOT».. 2012-y.
KIRISH
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta'lim -
tarbiya ishlarining mazmuni, shak! mohiyatiga bog‘liqdir.
Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan ta’lim tizim ini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali
kechishini ta’minlash zarurati yuzaga keladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining
“Ta,lim toíg‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyoriash milliy dasturi”da ta’lim
tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi,
muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab
berilgan.
Bu vazifaiarni to‘laqonli hal etishda o‘qituvchi - pedagogning
intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
M amlakatimizda Oliy va o‘rta maxsus ta’limini isloh qilishning asosiy
yo4nalishlari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash
tizimini takom illashtirish, nazariy bilimlarni amaiiy tayyorgarlik bilan
qo‘shib olib borish zarurligi ko‘rsatib o;tilgan.
Bu talablar pedagogika kollejiarining maktabgacha ta’lim yo'nalishida
tarbiyachi uslubiyotchilar tayyorlashga ham taaluqli boiib, ularda
maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan
o‘quv fani hisoblanadi.
0 ‘quvchi-talabalaxga maktabgacha ta’lim muassasalarida olib bori-
ladigan ta’iim-tarbiyaviy, metodik ishlarga umumiy nazariy yondashish
masalalarini ochib berar ekan, maktabgacha ta’lim muassasaiarida amalga
oshiriladigan barcha metodik va ta’iim-tarbiya berish ishining mazmuni,
uiarni tashkil etish, shakl va metodlarini tanlash qonunuiyatlarim bei-
gilovchi asosiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Bu masalàïarni hal etishda
u “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” “Oila pedagogikasi” fanlarining
umumiy ilmiy-nazariy asoslariga, uning metodologiyasiga, ta’iim-tarbiya
nazariyasiga tayanadi.
M aktabgacha ta’lsm muassasalarida metodik ishiar pedagogika fani-
ning muhim sohasi boclib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil
3
etish bilan bogMiq bo‘lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika
va maxsus inetodikalar bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning aniq
qoidalari mazkur muammolarga taaluqli maktabgacha pedagogika fanining
umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.
Bu xol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy
darajasini ta’minlashga, uning mazmunini maktabgacha pedagogika
fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar
negizida yoritishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlar fanining asosiy
qonuniyatlari quyidagilar:
1. Maktabgacha ta’limning Davlat xarakteri, uning ta’lim tizimida
tutgan o‘rni, maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining ma’naviy-
madaniy va umumkasbiy darajasi, uning lidedik va boshqaruv jihatlari,
tamoyillari va xususiyatlari to;g‘risida tasavvur va bilimga ega boMish.
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy
asoslari, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka
yetaklovchi omillar, jam oada sogiom muhitni yaratish.
3. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini
tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va
usullar, nazorat shakllari va uni o‘tkazish metodikasi.
4. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va rahbarlikning o‘ziga xos
xususiyatlari.
5. Metodik ishlarning turlari - shakllari, pedagogik, innovatsion
texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari.
6. Maktbgacha ta’lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan
xamkorlik ishidagi maktabgacha ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi
majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish,
bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarining birligi,
o‘zaro bogMiqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy,
deinografik, amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan
bog‘liq boMgan ish shakllarini tanlash imkonini beradi.
Boblarning izchilligi. M aktabgacha ta ’lim muassasasida metodik
ishlar kursining o^quvchi-talabalarni kasbiy tayyorlash tizimidagi aha-
miyati bilan va m alakalarini o‘zlashtirish vaqtida bolalarni tarbiyalash
masalalari ochib beriladi, shuningdek, fanlar o‘rtasida va fanlar ichida
aloqalar o‘rnatishga imkon beradi. Darslikda o'quvchi-talabalarning bi-
limlarni o‘zlashtirish va m ustahkamlash maqsadida nazorat savollari,
4
tayanch iboralar va test savollari, boblarga tavsiya qilingan adabiyotlar
ro‘yxati kiritilgan.
Ushbu darslikning yaratilishida mustaqillik yillarda shu soha bo'yicha
shug‘ullanib kelgan olimlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan chop
etilgan ilmiy manbalardan foydalanildi.
Xulosa o‘rnida, maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni
tashkil etish m asalalarini qarab chiqishga yaxlit psixologik - pedagogik
nuqtai nazardan yondashish talab etiladi, bu esa maktabgacha ta’lim tizimida
amalga oshiriladigan metodik ishlarni ilmiy asoslarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |