5-sinfda o’rta ta’lim etapi boshlanadi. 5-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik jihatdan
ancha o’zgargan bo’ladilar. Vokal – xor ko’nikma va malakalariga ega bo’ladi. Sof unisonda
kuylashga, ansambl kuylashga ega bo’ladi. Qo’shiq va tinglagan asarlari haqida mustaqil fikr
bo’ladi. Fanlarga qiziquvchan va o’zlarining sevgan mashg’ulotlariga astoydil mehr bilan
qaraydilar. Bolalarda diqqat-e’tibor ancha turg’unlashgan bo’ladi. Hajm jihatdan kattaroq
musiqani kuylashga qodir bo’ladi. Musiqa darsida ko’rgazmalilik asosiy o’rinni egallaydi.
O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv
1. sof unisonga erishishi.
2. musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etish.
3. notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi, o’lchovlar, ansambl, xor, orkestr
haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Musiqa darslarida, iloji boricha, o’qituvchi
21
ko’rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan ko’proq foydalanishi kerak. O’quvchilar musiqa
fanini boshqa fanlar bilan bog’liq ekanligini ongli ravishda anglashi kerak. 5-sinf o’quvchilarini
qiziqishi, qobiliyatiga qarab to’garaklarga jalb etish lozim. 5-sinfda bir ovozda qo’shiq kuylash
ustida olib borish davridanoq, o’quvchilarni ikki ovozda kuylashga asta-sekin o’rgatib borishi
lozim. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab nihoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq
naqarotlaridan, kuylash uchun qulay bo’lgan ladlardan boshlashi maqsadga muvofiqdir. Eng
oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash
lozim, chunki, bu jarayonda notalarning nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. 2
ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini
va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib, bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash
zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar,
mashqlar uchun asos bo’la oladi.
Chunki, bu intervallar kuylash uchun qulay, yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi
oson. Intervallar faqat kki ovozda kuylanmasdan, balki, tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va
pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarning garmonik o’quvini
kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik
qo’shiqlarni kuylash uchun, kichik kanonlardan boshlab, kattaroq hajmdagi jo’rsiz (akapella)
asarlariga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o’stiradi.
Ikki ovozlik qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlar maqsadga
muvofiq bo’ladi. Har qaysi ovozning ohangi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz
kuyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi, ayniqsa, muhimdir. Ovoz partiyalarining
diapazoni, seksta, septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa
qulaydir.
Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki
ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek
xalq qo’shiqlarini o’qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab o’rgatish o’quvchilarni talaffuzi,
intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi
ovoz harakatlanishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini o’stiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni
parallel bir tomonga yo’nalishi, va har xil muarakkabroq holatida ham kuylash mumkin bo’ladi.
Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas,
balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki, ikki-uch ovozni kuylaganda bolalarni musiqa
o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning
uchun albatta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra ikki ovozli asarlarga o’tiladi. 5-sinf
bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malakaga ega
bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiq.