3-sinfda yil mavzusi:
“Musiqaning ifoda vositalari”. (Musiqa nutqi).
I-chorak:
“Musiqaning ifoda vositalari”.
II-chorak:
“Xor va orkestr”.
III-chorak:
“Musiqaning tuzilishi”.
IV-chorak:
“Oddiy musiqa shakllari. Band va naqarot”.
Shuningdek, musiqa darslari yil, chorak, mavzulari asosida rejalashtirilib, 5 faoliyat
asosida o’tiladi.
4-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko’ra hayotir tajribaga boy, fanlarga
qiziqishadi. Diqqat-e’tibori turg’unlashgan bo’ladi. Jiddiy bo’lgan masalalar ustida fikrlash,
hajm jihatdan kattaroq bo’lgan musiqani ham eshitishga qodirdirlar, izlanish va mustaqil
mushohada etish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o’qituvchi nihoyatda,
o’ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi kerak. Bundan maqsad,
bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars uslubiga, musiqa san’atiga, ashula aytishga
qiziqtirishdan iborat. 4-sinf o’quvchilarining vokal-xor malakalari bir xilda rivojlangan
bo’lmaydi. Chunki, boshlang’ich sinflarda mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassis ish olib
brogan joyda esa o’quvchilar sof unisonda kuylash ansambl va qo’shiqlarni me’yoriga yetkazib,
ikki ovozda kuylash darajasiga ega bo’ladilar. 4-sinfda ham o’quvchilarni differensional guruhga
bo’lib o’tkazish lozim bo’ladi. Chunki, ularning bu davrda ovozlari jarangdor, yoqimtoy,
kulminatsion rivojlangan vaqti hisoblanadi. Shuning uchun darsda ko’proq kuylatish maqsadga
muvofiqdir. Kalendar-tematik reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga olgan
holda chorak, yil mavzulari rejasi tuziladi.
O’qitish davomida quyidagilarga e’tibor qaratmoq kerak:
1-dan: fanlararo aloqa metodi; boshqa fanlardan olingan bilim va malakalardan
foydalanish; masalan: ona tili va adabiyot, tasviriy san’at, O’zbekiston tarixi, tabiatshunoslik,
matematika va boshqalar.
20
2-dan: o’quvchilarni musiqiy qobiliyatini o’stirish; sof unisonga erishish, jumla boshida
nafas olib jumla oxirigacha rejalab yetkazish, lad haqida ma’lumot, o’lchovlarni bilish, notalarga
qarab kuylay olish.
3-dan: musiqa savodiga qiziqtira olish; musiqa savodining eng muhim ahamiyati-
qo’shiqni notalar nomlari bilan kuylash, tinglash uchun berilgan asarlarni tahlil qila olishdir.
4-dan: vokal-xor malakalari: 11 yoshdagi bolalarda ovoz pardalari to’la shakllangan
bo’ladi. Nafas ancha chuqurlashgan bo’lib, ko’krak qismi kengayganligi sababli, tovush ancha
kuchaygan bo’ladi. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo’shiq parchalaridan mashqlar
tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib kuylash kerak. Mashq va qo’shiqlar
doimo sekin tempdan boshlab o’rgatiladi. Qo’shiq o’rgatishda dirijyorlik uslubida fortepiano
cholg’u asbobidan unumli foydalanish lozim. Qo’shiq o’rgatish davomida sof unisonga, ikki
ovozlikka, badiiy ijroga, erishish lozim. Musiqa tinglashda vokal va cholg’u musiqasi, xalq
ommaviy musiqasi va kasbiy musiqani tinglab idrok eta olish nazarda tutiladi. 4-sinf
o’quvchilarining ovoz apparatlari shakllangan, yo’lga qo’yilgan bo’lganligi sababli, ularni
ko’proq to’garak ishlariga jalb qilish, (xor, raqs, rubobchilar, doirachilar, vokal ansambli)
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |