Gorizontal radial-o‘qiy turbinalar o‘rnatilgan kichik GES binosining ko‘rinishi. 3.2.5. Aktiv-cho‘michli turbinalar (Pelton turbinasi) Aktiv-cho‘michli turbinalar sekin yuruvchi turbinalar sinfiga mansub bo‘lib,
uning ishchi g‘ildiragi pastki bef sathidagi erkin havo bo‘shlig‘ida joylashadi va
faqatgina kinetik energiyaga ega bo‘lgan suv oqimi erkin holatda atmosfera bosimi
ostida ishchi g‘ildirakka kelib uriladi. Shuning uchun ba’zi bir vaqtlarda aktiv
turbinalarni erkin oqimli turbinalar ham deb atashadi.
52
Yirik cho‘michli turbinalar asosan yuqori - 40÷2000 m bosimlarda qo‘llaniladi.