Ma’ruza bayoni
Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi. Katta va
murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo uning strukturasi va
komponentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga muvofiq.
Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi holatlarni
qarab chiqishimiz kerak:
a) Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun operativ
xotiraga to’liq yuklash kerak;
b) Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har bir
segment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro etiladi. i- modul
o’rniga (i+1)- modul yuklanishi mumkin.
d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident qismlardan iborat.
Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi. Norezident qismlar esa
navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.
Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi va xotirani egallashiga
katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini yaratish jarayonida
46
hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va usullar mavjud. Ularni qisqacha
ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |