Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDAGI ELEKTROMAGNIT



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDAGI ELEKTROMAGNIT 
MOSLASHUVCHANLIKNING TAHLILI 
U.T. Aliyev (katta o‘qituvchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
M. Musayev (magistr, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Simsiz vositalarning elektromagnit moslashuvchanligi(EMM) – bu texnik 
qurilmalarning bir vaqtda real ishlash sharoitlarda atayin bo‘lmagan halaqitlar 


141 
ta’sirida talab qilinadigan sifatda ishlay olishi va boshqa simsiz vositalarga yo‘l 
qo‘yilmaydigan elektromagnit halaqitlarni hosil qilmasligi qobiliyati hisoblanadi. 
Real sharoitlarda elektr qurilmalarning joylashishi o‘rnida ko‘p sonli turli xil 
nurlanishlar ta’sir etadi, ularni hisobga olish ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistika yordamida mumkin bo‘ladi. Birgalikda ishlayotgan simsiz vositalarning 
normal ishlashini ta’minlash ilmiy muammo sifatida EMMning maqsadi 
hisoblanadi. O‘rganish predmeti esa birgalikda ishlaydigan texnik vositalarning 
halaqit qiluvchi o‘zaro ta’sirlashishi qonuniyatlarini hisoblash mumkin, ular 
asosida maqsadga erishish uchun tavsiyalar shakllantiriladi. 
Asosiy atamalar va tavsiflar 
Simsiz vositalarning elektromagnit moslashuvchanlik atamashunosligi 
sohasidagi asosiy standart 50397-2011 standarti hisoblanadi, u elektromagnit 
moslashuvchanliksohasidagi atamalarning rasmiy tavsiflariga ega: 

Elektromagnitvaziyat (EMV) (electromagnetic environment) bu erda, 
chastotalar va vaqt diapazonlarda mavjud bo‘ladigan real elektromagnit 
hodisalarning majmui hisoblanadi. 

Elektromagnit moslashuvchanlik(EMM) (electromagnetic compatibility - 
EMC) bu simsiz vositaning ma’lum EMHda berilgan sifatda boshqa simsiz 
vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan halaqitlarni hosilqilmasdan samarali ishlay olish 
qobiliyati hisoblanadi. 

Elektromagnit halaqitlar (EMH) (electromagnetic disturbance) bu simsiz 
vositalarning ishlash sifatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin 
bo‘lganreal elektromagnit hodisalarning majmui (iste’molchilar elektr tarmog‘i, 
asboblari va qurilmalari) hisoblanadi. EMH darajasi belgilangan sharoitlarda 
o‘lchanadigan halaqitlar kattaliklari qiymatlari hisoblanadi. 

Halaqitlar ta’siri (electromagnetic interference — EMI) – halaqitlar ta’siri 
ostida simsiz vositalarining ishlash sifati ko‘rsatkichlarining yomonlashishi. 

EMHga barqarorlik,halaqitbardoshlik (immunity) -halaqitlar ta’sirida simsiz 
vositalarining berilgan ishlash sifatini saqlashi qobiliyati hisoblanadi. 
Halaqitlar atamasi hech qaerga yo‘qolmaydi va yanada katta ahamiyatga ega 
bo‘lib boradi. Asosiy maqsad halaqitbardoshlikni ta’minlash hisoblanadi. Simsiz 
vositaning (tizimning) halaqitbardoshligi o‘z funksiyalarini halaqitlar bo‘lganida 
bajara olish qobiliyati hisoblanadi. EMMni ta’minlash bo‘yicha barcha harakatlar 
bu istalgan radiotizim bilan ishlash zaruratidan iborat. 
Barcha halaqitlarni shartli ravishda tabiiy va sun’iy kelib chiqishdagi 
halaqitlarga bo‘lish mumkin.Sun’iy kelib chiqishdagi halaqitlar inson faoliyati 
jarayonida vujudga keladi.Tabiiy kelib chiqishdagi halaqitlar inson hayot faoliyati 
jarayonlariga bog‘liq emas va ularga bog‘liq bo‘lgan holda mavjud bo‘ladi.Sun’iy 
kelib chiqishdagi halaqitlar, o‘z navbatida, atayin bo‘lmagan va tashkiliy turlarga 
bo‘linadi.Atayin bo‘lmaganhalaqitlar inson tomonidan turli xil qurilmalarning 
ishlatilishi jarayonida vujudga keladi, ularning halaqitlarni generatsiyalashi ularni 
ishlashining tabiiy natijasi hisoblanadi. Tashkiliy halaqitlar radioelektron 
vositalarning ishlashini yomonlashtirish yoki ularni ishdan chiqarish maqsadida 
sun’iy hosil qilinadi. 


142 
Amaliy nuqtai nazardan halaqitlarda manba (elektromagnit halaqitlarni hosil 
qiladigan yoki hosil qilishi mumkin bo‘lgan sun’iy yokitabiiy kelib chiqishdagi 
manba)va retseptor (elektromagnit signal yoki elektromagnit halaqitlarga sezgir 
texnik vosita) bo‘lishi kerak. Ko‘pincha barchasi shunday aralashib ketadiki, 
qaerda retseptor, qaerda manba ekanligini ajratib bo‘lmaydi. Bunday sharoitlarda 
normal ishlash bu EMMni ta’minlash asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Simsiz 
tarmoqlardagi 
elektromagnit 
moslashuvchanlik 
mavzusi 
radioto‘lqinlarni tarqalishi fizikasini ham chuqur bilishni talab qiladi. Albatta, bu 
masala haqida umuman o‘ylamaslik va barchasini ishlab chiqaruvchilarga qo‘yib 
berish mumkin. Tayyor echimlar variantlari bozorda doimo paydo bo‘lmoqda, 
tanlov mavjud. Lekin, radiokanal haqida gapirilsa, yodda tutish kerakki, har bir 
ob’ektdagi elektromagnit vaziyat noyob bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar taklif 
etayotgan barcha tayyor echimlar eng yaxshi holda juda kichik va uncha katta 
bo‘lmagan joyga to‘g‘ri keladi. Istalgan jiddiy ob’ekt esa elektromagnit vaziyatni 
(EMV) baholashni talab qiladi. 
Simsiz tizimlarda ishlab chiqaruvchilar EMMdan ko‘z yumishi mumkin 
emas, shuning uchun barcha sxemotexnik tadbirlar qurilmalarning narxlari ichiga 
kiritilgan. Radiouzatish (radioqabullash) qurilmasini sotib olish bilan birga karrali 
chastotalar so‘ndiriladigan maxsus ko‘paytirish sxemalari, filtrlar kaskadlari, 
ekranlashtirish uchun va halaqitlarni so‘ndirish qurilmalari, shovqin so‘ndirgichlar 
sotib olinadi. Lekin bularning barchasi ko‘pincha etarli bo‘lmaydi. Bu endi albatta 
katta radiotarmoqlarni (sotali tarmoqlarni) yaratish uchun etarli bo‘lmaydi. Bu erda 
katta kapital qo‘yilmalarni talab qiladigan maxsus qurilmalar zarur bo‘ladi. Va 
bittalik investitsiyalarning etarli bo‘lishini o‘ylash kerak bo‘ladi. Elektromagnit 
vaziyat doimo o‘zgarmoqda va tizim uning ortidan modernizatsiyalanishi kerak. 
Aniq bir ob’ektdagielektromagnit vaziyati shunisi bilan yaxshiki, u deyarli 
o‘zgarmaydi. Binolarni keng ko‘lamda rekonstruksiya qilish, korxona ichida yangi 
simsiz tizimlar joriy etish, yana o‘rnatiladigan kuch qurilmalaridan o‘tishlar paydo 
bo‘lishi mumkin. Bularning barchasini taxmin qilish mumkin va tizim bu barcha 
o‘zgarishlarni hisobga olish bilan quriladi. 
Vaziyat shu bilan murakkablashadiki, ko‘plab hollarda real sharoitlarda 
loyihalashtirishda mutaxassislar korxonalarda loyihalashtiriladigan, ishlatishga 
kiritiladigan yoki ishlayotgan radiotizimlar haqida to‘liq ma’lumotlarga ega 
bo‘lmaydi. Radiosignallarning spektral xarakteristikalari diskretlashtirish 
chastotasi, ma’lumotlarni uzatish tezligi, ishlatiladigan modulyasiyalar turiga 
sezilarli bog‘liq bo‘ladi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan parametrlardan bittasi 
noma’lum bo‘lsa, u holda halaqit qiluvchi signalning quvvati tekshirilmagan 
noaniqlik xarakteriga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, tizimning ishga tushirishda 
og‘ir natijalarga olib kelishi mumkin. 
Ob’ektar ichki EMMda to‘xtalamiz. Uni ta’minlash uchun radioelektron-
vositalar signallarini (nurlanishlarini) chastota, vaqt va fazo bo‘yicha ajratish 
prinsiplari ishlatiladi. Ulardan birinchsi korxonaning turli radiotizimlari uchun 
oddiy turli chastotalarni tanlanishidan iborat. Bu oddiy va samarali bo‘ladi. 
YOng‘in xavfsizligi tizimi bir spektrni, telemexanika boshqa spektrni ishlatadi. Va 


143 
agar xavfsizlik tizimi ham ajratilgan alohida chastotalar tizimini ishlatganida 
yaxshi bo‘lar edi. Lekin barcha tizimlar umumiy foydalanishdagi chastotalar 
tizimidan foydalanishga majbur. 
1- rasm. Simsiz vosita atrofidagi elektromagnit vaziyat 
Bu holdaradioelektron vositalarning nurlanishlarini vaqt bo‘yicha ajratish 
ishlatiladi, bunda ayrim radioelektron vositalarning ishlashi turli qoplanmaydigan 
vaqt intervallarida ishlaydi. Juda yaxshi muqobil variant, lekin xavfsizlik tizimlari 
istalgan vaqtda ishlab ketishi kerak. Endi fazo bo‘yicha ajratish nima berishini 
ko‘rib chiqamiz (1- rasm). 
Elektromagnit halaqitlarning fazoviy parametrlari “halaqit qilish zonasining” 
hosil bo‘lishi orqali xarakterlanadi.“Halaqit qilish zonasi” deganda chegaralarida 
simsiz vosita nurlantiradigan elektromagnit maydonning energiyasi sathi va 
chastotalar spektri ishlash sifati yomonlashmasdan boshqa simsizvositalarga bir 
vaqtda ishlashga imkon bermaydigan fazo sohasi tushuniladi. 
“Halaqit qilish zonasi” ning o‘lchamlari maydon generatsiyalanadigan 
chastotalar polosasi, uning energetik sathi, shuningdek uni nurlantirish usuli va 
atrofdagi tarqalish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Mos ravishda ob’ektlarni fazoda 
shunday joylashtirish kerakki, ularning “halaqit qilish zonalari”kesishmasin. 
Ko‘pincha butun ob’ekt bu katta “halaqit qilish zonasi” hisoblanadi, bu fazoviy 
ajratish amaliyotini hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydigan qiladi. 
Sanab o‘tilgan EMM muammosi echimlarini elektromagnitmoslashuvchan-
likni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar sifatida aniqlash qabul qilingan. 
Boshqa tomondan tadbirlarni ko‘rib chiqamiz. Qabullagich chiqishida 
uzatiladigan signal egallaydigan asosiy chastotalar polosasidan tashqaridagi 
nurlanishlarni sathini kamaytiradigan qo‘shimcha maxsus filtrlardan qo‘llash bilan 
halaqitlarni kamaytirish mumkin. Boshqa usuli bitta ob’ektda joylashgan radio-
elektron vositalarning antennalari va fiderlari orasida ajratishni oshirishdan iborat. 
Yana bir qiziqarli moment bu elektromagnit ekranlarning qo‘llanishi hisoblanadi. 
Amalda radioelektron vositalarning antennalari va fiderlari orasida elektro-
magnit ajratishni oshirish uchun baribir fazoviy ajratish qo‘llaniladi. Ta’kidlan-
ganidek, bu echim har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Bu qo‘shimcha qator 
sabablarga bog‘liq: 
murakkab hududiy relef sharoitlaridagi aloqa machtalarini o‘rnatilishiga 
bog‘liq qiyinchiliklar; 
joyning muhandislik-geologik sharoitlariga, shamolli hududlar tasniflanishiga 
bog‘liq cheklashlar va h.k. 


144 
Cheklangan hududda turli diapazonlar antennalarining joylashtirilishi 
muammosi murakkab masala hisoblanadi va hozirgi vaqtda hatto GSM diapazoni 
uchun 
etarli 
samarali 
echilmaydi. 
Ham 
birlamchi, 
ham 
ikkilamchi 
nurlantirgichlarni turli ulanish va uzatilish rejimlarida ularning ko‘p soni tufayli 
har bir alohida holni fizik modellashtirishni o‘tkazilishi etarlicha murakkab. 
Antennalar orasidagi ajratishni oshirish juda aniq berilgan parametrlarli 
metallkonstruksiyadagi tayanchlarni qo‘llanishi bilan ta’minlanish mumkin, bu 
etarlicha ko‘p sonli tugunlarli tarmoqlarni qurishda real sharoitlarda juda qiyin 
amalga oshiriladi. 
Demak, turli radiotexnik tizimlarning antenna-fider traktlaridagi halaqilarni 
asosiy vujudga kelishi mexanizmlarini bilish bilan ajratishni oshirishning asosiy 
usullarini ifodalaymiz. 
− Qabullovchi-uzatuvchi radiotexnik ob’ektlardagi antennalarning optimal 
o‘zaro joylashishi; 
− Polyarizatsion ajratishni qo‘llash (turli xil polyarizatsiyali yaqin 
joylashgan nurlantirgichlardan foydalanish); 
− Ob’ektda joylashtirishda antennalarning yo‘naltirilganlik xossalarini, 
shuningdek tayanchlar metall konstruksiyalarining ta’sirini hisobga olish; 
− tayanchlar metall konstruksiyalari elementlarining ekranlashtirish 
xossalaridan, shuningdek qo‘shimcha ekranlashtirish. 
Oxirgi usulda batafsil to‘xtalamiz.Metallantenna tayanchi antennalar bitta 
tayanchda joylashtirilganida yoki turli antennalarning yaqin joylashgan antenna-
larida joylashtirilganida ham alohidan antennaning xarakteristikalariga, ham 
antennalar orasidagi ajratish xarakteristikalariga ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin,metall 
konstruksiyalar ajratish darajasini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin. 
Halaqitlarni so‘ndiruvchi filtrlar iloji boricha halaqit manbaiga yaqin uni 
retseptorga tarqalish yo‘nalishida qo‘yiladi. Filtrning samaradorligi halaqitlarni 
retseptorga ta’siri joyida halaqitlarni so‘ndirish parametri orqali xarakterlanadi. 
Radioqabullagich kirishida qo‘shimcha filtrning qo‘yilishi ham qandaydir samarani 
beradi. 
Radioqabullagichning sezgirligini kamaytirish yuqorida aytilganidek, asosan 
apparaturani ishlab chiqishda sxemotexnik darajada echiladi. Konstruktiv jihatdan 
turli radioelektron vositalar etarlicha yuqori samaradorlikda korpuslar va boshqa 
konstruktiv tugunlar va elementlarni ekranlashtirish bilan bajariladi, bu 
elektromagnitqabul qiluvchanlikka talablarni bajarilishini ta’minlaydi. Lekin 
shtatdan tashqari elektromagnit vaziyatlar sharoitlarida boshqa choralarning 
samarasi bo‘lmaganida EMM bo‘yicha talablarni bajarilishi uchun qo‘shimcha 
elektromagnit ekranlar ishlatilishi mumkin. Bunda ekranlashtirishdan maqsad 
qurilmalarni tashqi maydonlar ta’siridan himoyalash yoki atrof-muhitga 
nurlanishlar chiqarish mumkin bo‘lgan qandaydir vositalarning nurlanishini ajratib 
qo‘yish hisoblanadi (2- rasm). 


145 
2-rasm. Elektromagnit ekranning qo‘llanilishi 
Qo‘shimcha ekranlarning o‘rnatilishi zarurat bo‘lganida uzatish va qabullash 
qurilmalari yuqori chastotali fiderlarni tortilishitrassalarida va boshqalarda 
qo‘llaniladi. Radioelektron vositalarning EMMni ta’minlashdan tashqari, elektro-
magnit ekranlarning qo‘llanilishi binolar va texnik kanallarda ma’lumotlarni 
himoyalash, personalni oshirilgan elektromagnit nurlanishlardan himoyalash va 
boshqalar kabi qator boshqa masalalarni ham echishga imkon beradi.

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish