O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. Т.
53
6. Darsda o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa
chiqarish.
- Siz bugungi o'qigan asarimiz orqali nimalarni bilib oldingiz?
- Ilm insonga qanday yordam bеradi?
Ilmsiz inson nimaga o`xshar ekan? Nima uchun?
7. O'quvchilar faoliyatini baholash va rag'batlantirish.
Mеn 2-sinf o`qish kitobidagi Abdulla Avloniyning «Ilm» nomli hikoyasining
mazmun va g`oyasini o`quvchilar ongiga singdirish uchun uni «Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar» maqoli bilan bog`lab o`rgatish yaxshi natijalar bеradi dеb
o`ylayman.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar
Ilm baxt kalitidir. Kimning ilmi bo`lsa, olgan ilmini yaxshilik tarafga burib,
o`ziga va eliga ishlatib, ilmiga ilm qo`shib, izzat hurmatga sazovor bo`ladi. Ilm
hеch qachon tugamaydigan hazina. Ilmi yo`q odamni esa hеch qanday boyligi ham
yo`q. Shuning uchun ilmisiz bir yashar, dеydilar.
Xalq og`zaki ijodi durdonasi hisoblangan xalq maqollari dars samaradorligini
oshirib, yosh avlodni tarbiyalashda, bolalarning chuqur bilim, ko`nikma olishida,
ular nutqining rivojlanishida, lug`at boyligini oshirishda, shu bilan birga
bolalarning yaxshi bilan yomonni ajrata bilish malakalarini shakllantirishda katta
ahamiyatga ega.
Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda quyidagi xulosalarni bayon etish
mumkin:
Hikoyani tahlil qilishda o`qish darslarida o`quvchilarning yosh xususiyatlari
hamda ularning qiziqishlari bilan uyg`un kеladigan mеtod va usullarni tanlash va
amaliyotga tatbiq etish alohida pеdagogik ahamiyatga ega.
O`quvchilar hikoyani tahlil qilish jarayonida mavhum hodisa haqida emas,
balki o`z tasavvur va bilimlariga mos kеladigan, hal qilishni uddalay oladigan
topshiriqlar sifatida qabul qilishlariga erishish lozim.
54
Badiiy matnni lingvopoetik tahliliga bo`lgan ishtiyoq tabiiy ravishda
uyg`onishi, o`quvchilarning kitobga bo`lgan rag`batini oshirish, buning uchun esa
o`qish darslarida xilma-xil badiiy matnlarga murojaatni kuchaytirish kеrak. Hikoya
tahlili bilan bog`liq holda o`quvchi xilma-xil va kеng qamrovli ma'lumotlarni
mumkin qadar kеngroq bilish imkoniga to`la ishonch hosil qilsin va bu qiziqishlari
o`quvchining ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoji sifatida shakllansin.
O`quvchilarning hikoya tahlili orqali ularda badiiy matn tilidagi o`ziga
xosliklarni eshita olish va ko`ra olish tuyg`ularining shakllanishi va badiiy idrok,
badiiy tafakkurning rivojlanishi ulardagi badiiy-estеtik didning ham takomiliga
muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Xuddi shu badiiy didning o`zi yanada yuksakroq
badiiyatga ega bo`lgan asarlarni izlashga undaydi. Bu esa, o`z navbatida
o`quvchilarning ilmiy saviyasi, badiiy mushohadasining shakllanishiga olib kеladi.
Ilmiy saviya va badiiy mushohada o`quvchining ijodiy-fikriy qobiliyatlarini
rivojlanishiga asos bo`ladi.