Microsoft Word Ð’maliy va nazariy qismlari


§1.2 Quyosh kollektorlarining tuzilishi va ishlashi  tamoyillari



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#290732
1   2
Bog'liq
quyosh kollektorining effektivligini qizdirilayotgan suv hajmining funksiyasi sifatida aniqlash


§1.2 Quyosh kollektorlarining tuzilishi va ishlashi  tamoyillari 

 Hozirgi  paytda  quyosh  energiyasidan  foydalanishga  katta  e‘tibor 

berilmoqaa.  Quyosh  energiyasi  an‘anaviy  ishlab  chiqilayotgan  energiyalarga 

qo’shimcha 

bo’lib, 

o’zgartirilayotganda 

ekologik 

tozadir. 

Yonilg‗ining 

kamyobligi 

va 

tannarxining 



o’sib 

borishi 


quyosh 

energiyasining  cheksiz  resurslarini  o’zlashtirish  ilmiy  texnikaning  asosiy 

muammolaridan  hisoblanadi.  Keyingi  o’tkazilgan  izlanishlar  va  qator 

mamlakatlarda 

to’plangan 

quyosh 


energiyasidan 

foydalanish, 

quyosh 

qurilmalarini  yaratish  yo’lidagi  tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  hozirgi  kunda 

zamonaviy  texnik  imkoniyatlarga  asoslangan  holda  quyosh  energiyasidan 

keng foydalanish mumkin [2]. 

Planetamizda  ishlab  chiqiladigan,  olinadigan  hamma  energiyalar  oxiri 

issiqlik  energiyasiga  transformatsiya  bo’ladi  va  o’z  navbatida  hosil  bo’lgan 

issiqlik  atmosfera  haroratini  ko’taradi.  Insoniyat  oldida  planeta  havo 

basseynini  ―issiqliqaan  ifloslanish―  muammosi  paydo  bo’lmoqda.  Yerga 

keladigan  quyosh  energiyasi  planetaning  issiqlik  balansiga  ta‘sir  qilmaydi, 

shuning 


uchun 

toza 


ko’rinishdagi 

energiya 

hisoblanadi. 

Quyosh  energiyasidan  foydalanish  MDXnipg  ko’p  hududida  (Ukraina, 

Janubiy  Qrim,   Shimoliy  Kavkaz,   Zakavkazye, Povoljye,    Qozog’iston  va  O’rta 

Osiyo  respublikalari)  halk  xo’jaligini  rivojlantirish  uchun  asosiy  o’rin  tutadi 

va  mamlakatlarda  yonilg’ini  va  atrof-muhit  ifloslanishini  kamaytirishda 

sezilarli darajada yordam beradi. 

Quyosh 

energiyasi 

issiqlik 

energiyasiga 

aylantirish, 

MDH 


mamlakatlarining  janubiy  rayonlarida  binolarni  isitish;  issiq  suv  ta‘minoti, 

havoni  konditsionerlash,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  quritish  uchun  joriy 

etilsa, 

yiliga 


15...20 

mln 


tonna 

shartli 


yoqilg‗i 

tejaladi. 

Bu  yo’nalishda  qachonki  yirik  iste‘molchilarni  issiqlik  bilan  ta‘minlash 

uchun  quyosh  energiyasidan  foydalanilsagina,  sezilarli  yutuqlarga  erishish 

mumkin. Masalan, yengil, ozik-ovkat va kimyo sanoatining tarmoqlarida 300°S

 



 

10 


 

Quyosh  kollektorining  dastlabki  modelini  18  –  asrning  oxirida 

Shvetsariyalik  olim  Goratsion  Sossiyur  yaratgan  bo’lib,  ichida  isish  xususiyatiga 

ega bo’lgan qatlami mavjud shisha va yog’och qutidan iborat qurilma edi. O’sha 

vaqtdayoq  olim  uning  “kichkina,  arzon  va  oddiy”  ekanligini  sezgan  edi.  Bunday 

qurilmalar  amaliyotga  19  –  asrning  oxirida  Janubiy  Kaliforniyada  issiq  suvni 

isitish uchun foydalanila boshlandi. Quyoshga qaragan tomoni yopiq shisha bilan 

qoplanib,  yog’och  qutiga  o’rnatilgan,  qora  bo’yoq  bilan  qoplangan  suvli  bak 

ko’rinishidagi  sodda  Quyosh  kollektori  ishlab  chiqarila  boshlandi.  Bunday 

kollektorlarda  kechqurun  suv  isimasdi,  uning  qizishi  uchun  keyingi  kunni  kutish 

kerak  edi.  1909  –  yil  Kaliforniyada  Vilyam  Beyli  zamonaviy  yassi  kollektorni 

yaratdi.  Bunda  suv  to’ldirilgan    bak  qurilmadan  alohida  holda  bo’lib,  unga 

borayotgan issiqlik  issiqlik almashinuvchi kontur orqali edi (2 – rasm). 

 

 



2– rasm. Oddiy Quyosh kollektorining sxematik ko’rinishi. 

Quyosh  kollektorlarini  ishlab  –  chiqarish  sanoati  1940  –  yillarning 

oxirigacha  AQSH  Janubiy  shtatlarida  Kaliforniya  va  Floridada  eng  yuksak 

darajasiga  yetdi.  Sal  keyinroq,  elektr  va  gazdan  foydalanish,  issiq  suvni  hosil 

qilishni narxi pasayib ketdi va Quyosh kollektorlarini ishlab – chiqarish  to’xtatildi. 

Quyosh  kollektorlarini    ishlab  –  chiqarishning  ikkinchi  bosqichi  1970  – 

yillarga  to’g’ri  keladi.  Chunki  bu  vaqtda  jahon  bo’ylab  neft  inqirozi  boshlanib, 

energiya  bilan  ta’minlovchi  vositalarning  narxi  keskin  ko’tarilib  ketgan  edi, 




 

11 


 

natijada jahonni ko’pgina mamlakatlari, xususan, AQSH, Yaponya, Avstraliya va 

O’rta  Yer  dengizi  atrofi  hududlarida  Quyosh  kollektorini  ko’p  miqdorda  ishlab 

chiqarish yo’lga qo’yildi [3]. 

1950 – yillarda Isroilda kuchli energiya tanqisligi shu darajaga yetgan ediki, 

hukumat kechgi payt issiq suv taminotini to’xtatib qo’yish to’g’risida qonun qabul 

qildi.  Shu  vaqtdan  boshlab  mamlakatda  issiq  suv  hosil  qilish  uchun  Quyosh 

qurilmalarini  ishlab  –  chiqarish  rivojlana  boshlandi.  1967  –  yilga  kelib  mamla-

katning 20% aholisi Quyosh kollektoridan foydalanar edi. 70 – yillardagi energiya 

inqirozi  vaqtida  parlament  har  bir  yangi  qurilayotgan  uy  uchun  Quyosh  isitish 

tizimi  mavjud  bo’lishi  to’g’risidagi  qonunni  qabul  qildi.  Bugungi  kunda  kelib, 

ushbu davlatda uy xo’jaligida sarflanayotga 85% energiyani Quyosh kollektorlari 

beradi.  Ularda  ishlab  –  chiqarilgan  energiya  miqdori  mamlakat  energiya 

ta’minotining  3%  ni  tashkil  qiladi.  Bu  degani  mamlakatda  bir  yilda  2mln.  barell 

neft iqtisod qilindi, demakdir. 

2000  –  yilga  kelib,  energetika  sohasidagi  narxlarning  oshishi  Quyosh 

kollektoridan foydalanishni va ishlab – chiqarishni yangi bosqichini boshladi. 2010 

– yilni boshiga kelib butun sayyorada Quyosh basseynlari va havo kollektorlarini 

hisobga  olmaganda  150GVt  quvvatli  Quyosh  kollektorlari  o’rnatildi.  Har  yili  30 

GVt  dan  ortiq  quvvatni  beradigan  Quyosh  kollektori  o’rnatilyapti,  hozirgi  kunda 

kelib  dunyodagi  Quyosh  kollektorlarining  umumiy  quvvati  250GVt    issiqlik 

energiyadan  ortiq  energiyani  ishlab  chiqarmoqda  va  bu  ko’rsatgich  oshishda 

davom etmoqda. Jumladan, Xitoyda 2012 – yilga kelib, Quyosh kollektorla-rining 

umumiy  maydoni 145mln  m²,  ular berayotgan umumiy  issiqlik  energiya  miqdori 

100GVt  dan  oshdi.  Buni  taqqoslaydigan  bo’lsak,  Rossiyadagi  barcha  atom 

stansiyalarining  quvvatini  birgalikda  hisoblaganda  ulardan  to’rt  baravar  yuqori 

quvvatga  ega.  Shunisi  qiziqki,  15  yil  oldin  Xitoyda  Quyosh  kollektorlari  deyarli 

yo’q edi. Dastlab ushbu yo’nalish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’lga 

qo’yilgan  bo’lsa,  bugungi  kunga  kelib  hukumat  aholi  uchun  foydali  bo’lgan 

kollektorlarni  yaratishni  kengaytirishga  imkon  yaratgan.  Chunki  Quyosh 

kollektoridan foydalanish iqtisodiy jihatdan juda foydali, o’zining xizmat muddati 



 

12 


 

davomida  Quyosh  kollektori  shunday  miqdordagi  energiyani  ishlab  chiqaradiki, 

qurilmani yasashga ketgan xarajatlarni bir necha barobar ortig’i bilan qoplanadi. 

 Quyosh  kollektorlari  Quyosh  energiyasidan  foydalanishdagi  eng  samarali 

qurilma  bo’lib  qoldi.  Agar  fotoelektr  panellar  o’ziga  tushayotgan  Quyosh 

energiyasining 14-18% dan foydalansa, Quyosh kollektoridagi ushbu samara 70 - 

80 % ga yetadi [4]. 

Haroratga  bog’liq  holda  Quyosh  kollektorlarini  quyidagi  turlarga  bo’lgan 

holda ko’rib chiqamiz: 

 1.  Past  haroratli  kollektorlar  –  bunday  kollektorlarda  50ºC  dan  yuqori 

bo’lmagan  harorat  olinadi.  Bular  basseynlardagi  suvni  isitishga  o’xshash  yuqori 

temperatura talab qilinmaydigan holatlarda qo’llaniladi (2 – rasm). 

2.  O’rta  haroratli  kollektorlar  –  bu  suvni  50  -  80ºC  gacha  qizdirishi 

mumkin.  Ko’pincha  bunday  kollektor  yassi  shisha  plastinkali  bo’lib,  issiqlik 

tashuvchi sifatida suyuqlikdan iborat qurilma hisoblanadi. 

3.  Yuqori  haroratli  kollektorlar  ko’pincha  parabola  ko’rinishidan  iborat 

bo’lib, ko’pincha nisbatan kattaroq tizmlarda qaysiki, elektr energiyasini yig’ib uni 

shahar elektr energiyasi bo’ylab taqsimlaydigan hollarda ishlaydi. 

 



 

13 


 

 

3– rasm. Quyosh kollektori yordamida basseynini isitish sxemasi. 



 

Hozirgi  paytda  kelib  Quyosh  kollektorlarining  eng  oddiy  ko’rinishlaridan 

biri  havo  kollektorlari  hisoblanadi.  Bular  termosifon  kollektorlari  deb  ham 

yuritiladi.  Bunday  nomlanishiga  sabab,  generator  bir  vaqtning  o’zida  issiqlikni 

o’ziga  olib  uning  hisobiga  qiziyotgan  suvni  ham  o’zida  saqlaydi,  bunday 

kollektorlar  ko’pincha  standart  qurilmalar  hisoblangan  gazli  va  elektrli 

qurilmalarni  dastlabki  haroratgacha  ko’tarish  uchun  suvni  isitib  beradi.  Bunday 

usul  yordamida  elektr  ta’minotini  tejash  mumkin  [5].  Ushbu  kollektorning 

afzalliklarini  qaraymiz:  birinchidan,  elektr  energiyani  tejaydi.  Ikkinchidan, 

nisbatan  yetarlicha  arzon  hisoblangan  Quyosh  suv  isitish  tizimida  foydalaniladi. 

Uchunchidan, qurilmaga texnik xizmat ko’rsatish ancha oddiy, bunday kollektorlar 

“Integrated  Collector  and  storage”  yoki  shunchaki  yig’ma  kollektorlar  deyiladi. 

Bunda ko’pincha bir yoki bir nechta suv bilan to’ldirilgan bak mavjud. Bu baklar 

issiqlikdan  himoyalangan  yashik  ichida  joylashtiriladi  va  shisha  qopqoq  bilan 

qoplanadi, ba’zan yashik ichiga reflektor joylashtirilib uning maqsadi tushayotgan 

Quyosh  nurini  yig’ib  beradi.  Ushbu  qurilmaning  ishlash  jarayoni  ancha  oddiy. 

Shishadan  o’tgan  Quyosh  energiyasi  suvni  qizdiradi.  Bunday  usulda  xizmat 

ko’rsatadigan  qurilma  arzonga  tushadi,  biroq  sovuq  paytda  suvni  muzlashdan 

himoya qilish kerak bo’ladi (3 – rasm).  

 



 

14 


 

 

 



 

 

 



4– rasm. Quyosh havo kollektori. 

Quyoshhavokollektorlarihavonisirkulyatsiyaqilishusuligaqarabikkiguruhgab

o’linadi:  1-  guruhdakollektordagiissiqliktashuvchiyanihavoningoqimito’g’ridan  – 

to’g’riyutuvchisirtostidano’tadi. 

Bundakollektordagihavoningharoratiatrof 

– 

muhitharoratidan  3  –  5°Cbilanfarqlanadi.  Bunday  past  FIKni  bo’lishiga  sabab 



konveksiya  va  nurlanish  orqali  issiqlik  yo’qolishining  mavjudligidir.  Infraqizil 

nurlanishga nisbatan kichik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan istalgan shaffof modda 

bilan yutuvchi sirt qoplanganda, u issiqlik yo’qolish darajasini kamaytiradi. Sabab 

havo  oqimi  yutuvchi  sirt  ostida  yoki  yutuvchi  sirt  bilan  ushbu  shaffof  qoplama 

orasida to’planadi. Shisha yoki plastmassadan qilingan shaffof qoplama yutuvchi 

sirtdan chiqayotgan issiqlik nurlanish darajasini ko’p miqdorda pasaytirish imkoni 

yo’q.  Biroq  haroratni  20  –  50°C  ko’tarish  imkonini  beradigan  konvektiv  issiqlik 

yo’qolishini  kamaytirib  yuboradi.  Shu  bilan  birga  bu  parametrga  kollektorga 

tushayotgan  Quyosh  energiyasini  intensivligi  va  havo  iqlimi  sifati  ham  bo’g’liq. 

Bularning  umumiy  afzallik  tomonlari  yutuvchi  sirt  harorati  pasayishi  hisobiga 

nurlanish bilan  issiqlik  yo’qolishining kamayishi  ham  kuzatiladi  [6].  Biroq shuni 

ham  qayd  etish  kerakki,  havo  oqimi  to’qnashishi  hisobiga  absorbentga 

yutilayotgan energiyani kamayishi sodir bo’ladi (5 – rasm). 

 

 



 


 

15 


 

 

 



 

 

5 – rasm. Sodda havo kollektorining umumiy ko’rinishi va sxemasi. 



Iste’moldagi  suvni  isitish  va  turmushdagi  isitish  tizimlari  uchun  yassi 

kollektor  ko’rinishidagi  Quyosh  qurilmasi  ishlatiladi.  Bir  qaraganda  bu  qurilma 

oddiy  metall  yashikday  ko’rinadi,  biroq  uning  ichida  Quyosh  nurini  yaxshi 

yutadigan  qora  plastina  joylashgan.  Bu  yashik  qopqog’i  shisha  yoki  Quyosh 

energiyasini yaxshi o’tkazadigan plastmassadan iborat bo’lishi shart [7]. 

Yassi Quyosh kollektorini shisha qismi shaffof yoki xira bo’ladi, ko’pincha 

shishani Quyosh nuriga nisbatan to’liq shaffofmas qilib yasalishiga sabab, bunday 

shisha faqatgina yorug’likni o’tkazishi uchun. Xususan, shisha tarkibiga temir juda 

past  miqdorda  qo’shiladi,  bu  esa  kollektorga  tushayotgan  yorug’likni  asosiy 

qismini  o’tkazishga  yordam  beradi.  Uning  ishlashi  quyidagicha:  Issiqlik  qabul 

qiluvchi  plastina  deb  nomlanadigan  plastinkaga  tushgan  Quyosh  energiyasi  shu 

yerning o’zida issiqlik  energiyasiga aylanadi, shisha  esa kollektor FIKni  oshirish 

uchun xizmat qiladigan issiqlikdan himoyalovchi qatlam bo’lib hisoblanadi. Uning 

devorlari  ham  issiqlikdan  himoyalagich  vazifasini  bajaradi,  bunday  konstruksiya 

issiqlik yo’qolishini minumumga tushiradi (6 – rasm). 



 

16 


 

Quyosh nurini yutuvchi plastina yoki absorbentni qora rangda  bo’yalishiga 

sabab, yutilayotgan Quyosh energiyasi miqdorini oshirishdir. Chunki, mutlaq qora 

jism tushayotgan radiatsiyaning to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lmagan holda barcha 

diapazonini yutadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



6 – rasm. Yassi Quyosh kollektorining sxematik ko’rinishi. 

Shishadan o’tib yutuvchi plastinkaga tushgan Quyosh energiyasi shu yerda 

issiqlik  energiyasiga  aylanish  jarayonini  davom  ettirish  uchun  olingan  issiqlik 

issiqlik  tashuvchiga  yuboriladi.  Bunda  issiqlik  tashuvchi  bo’lib,  trubalarda 

aylanayotgan  havo  yoki  suyuqlik  hisoblanadi.  Afsuski,  qoraytirilgan  sirt  ham 

Quyosh  radiatsiyasining  10%ni  qaytaradi.  Bu  holatni  cheklash  uchun  yutuvchi 

plastinkaga  qo’shimcha  maxsus  qoplama  qoplanadi.  Bunday  qoplama  oddiy 

bo’yoq  bilan  bo’yalgan  sirtga  nisbatan  uzoqroq  xizmat  qilib,  kollektor  FIKni 

oshirish  imkonini  ham  beradi.  Bunday  qoplamalarga  misol  sifatida  amorf  yarim 

o’tkazgichli  qatlamlar  kiradi.  Qaysiki  ular,  asosi  metall  hisoblangan  plastinkaga 

purkaladi.  Yutuvchi  plastinalar  issiqlikni  yaxshi  o’tkazadigan  metalldan 

tayyorlanadi,  metallning  yuqori  darajada  issiqlik  o’tkazuvchanligi  issiqlik 

tashuvchiga  qayta  ishlangan  energiyani  uzatish  jarayonida  issiqlik  yo’qolishini 

kamaytirishga olib keladi [8]. Bunday metallarga alyuminiy va mis kiradi. Bu ikki 




 

17 


 

metall orasidagi farq misning alyuminiy plastinkasiga nisbatan issiqlikni yaxshiroq 

o’tkazishi va korroziyaga bardoshliligidir (7 – rasm). 

 

 



 

7 – rasm.  Yassi Quyosh kollektorning umumiy ko’rinishi va sxemasi. 

A - Quyosh energiyasini yutuvchi qism; B - Suvni isitish hamda uni elektr 

energiyasiga aylantiradigan qism;  1  -  Issiqlikdan  himoyalangan  qism;  2  -  Shisha 

qatlam; 3 - Fotoelektrik panel; 4- Issiqlik trubkalardagi moddani bug’lanturuvchi 

soha;  5  -  Elektr  isitgichli  qismlar;  6  -    Suzgichlar;  7  -  Issiqlikni  qabul  qiluvchi 

qatlam;  8  -  Issiqlik  almashinuvchi  bo’lim;  9  -  Issiqlik  trubkalaridagi  suyiqlikni 

kondensatsiyalanish sohasi. 

Oynali  havo  kollektorlarining  oynasini  qo’llamaslik  iqtisodiy  sarfni  ancha 

kamaytirishi ma’lum. Bunday holda kollektor perforli metalldan yasaladi. Qaysiki 

u  qora  rangda  bo’lsin,  bunday  material  issiqlik  almashinuv  sifatini  yaxshilashga 



 

18 


 

imkon  beradi.  Bu  jarayonning  ishlash  jarayoni  shundan  iboratki,  metall  yetarli 

darajada tez isiydi. Bunda ulangan ventilyator esa metall qavatdagi tuynuk orqali 

issiq  havoni o’ziga tortadi.  Bunday tipli kollektorlar aholi punktlarida ishlatiladi, 

ko’pincha ularning o’lchami 2,4 – 0,8 m bo’ladi. Bunda qizigan havoning tezligi 

0,002  m/s  ni  tashkil  etadi.  Hattoki  qishning  Quyoshli  kunida  ham  kollektordagi 

havo harorati tashqari bilan taqqoslaganda 28°C gacha farq qiladi. Demak, bunda 

tashqaridan kelayotgan havo oqimi sifatini yaxshilash lozim. Bunday kollektorlarni 

sanoatdagi  modellarida  ularning  FIK  70%  gacha  yetadi,  ularning  narxini  esa 

ishlatiladigan materiallari hisobiga pasaytirish mumkin (8 – rasm). 

 

8 – rasm. Oynali havo kollektorining sxemasi. 



1- Tiniq qoplama; 2 - Yig’uvchi sirt; 3- Qaytaruvchi ekran; 4- Issiqlik 

izolyasiyasi;  

5 – Korpus. 

Quyosh  kollektorlarining  ishchi  haroratini  120  –  250ºC  ko’tarish  uchun 

yutuvchi element ostida joylashgan parabolaslindrik qaytargichli konsenratorlardan 

foydalaniladi. Bunda yanada yuqoriroq harorat olish uchun ushbu qurilma Quyosh 

bo’ylab avtomatik siljish xususiyatiga ega bo’lishi kerak [9].  

Fokusli  Quyosh  kollektorlarining  yuqorida  qayd  qilingan  kollektordan 

asosiy  farqi  shundaki,  bunda  konsentratsiyalangan  Quyosh  radiatsiyasidan 

foydalaniladi. Oynali sirtlar yordamida qaytgan Quyosh energiyasi aniq yutuvchi 

sirtga yo’naltiriladi (9 – rasm). Bunday kollektordagi harorat yassi kollektor-dagi 

maksimal  haroratdan  ham  yetarlicha  yuqori  bo’ladi,  biroq  shuni  yodda  tutish 




 

19 


 

lozimki, konsentratorlar to’g’ri Quyosh radiatsiyasidan boshqasini qabul qilmaydi. 

Demak bulutli iqlim shatoitida ulardan foydalanish imkoniyati yo’q. Bunday tipli 

kollektor  –  konsentratorlar  ekvatorga  yaqinroq  hududlarda  yaxshi  samara  bilan 

ishlaydi. 

 

 



9 – rasm. Fokusli Quyosh kollektorlari (konsentratorlar). 

Konsentrator yanada samarali ishlashi uchun Quyosh nuri yo’nalishi bo’ylab 

siljiydigan maxsus qurilmadan foydalaniladi. Burilish o’qiga bog’liq holda bunday 

kollektorlar bir o’qli va ikki o’qli burilish qurilmali kollektorga ajratiladi. Bir o’qli 

aylanish  qurilmasi  sharqdan  g’arbga  qarab  harakatlansa,  ikki  o’qli  burilish 

qurilmasida esa dunyoning to’rtala tomoni bo’ylab ham harakatlana oladi. Ushbu 

kollektor  –  konsentrator  ishlab  –  chiqarish  yo’nalishida  ishlatiladi.  Chunki  bu 

qurilmaning tannarxi yetarlicha yuqori va doimiy texnik xizmat ko’rsatish zarurati 

mavjud bo’lib, maishiy xizmat ko’rsatish uchun to’g’ri kelmaydi [10-11].  

Sayyoraning Quyosh radiatsiyasiga nisbatan yuqori bo’lgan joylarida dastlab 

yassi  Quyosh  kollektorlaridan  foydalanila  boshlangan.  Biroq  sovuq,  shamolli  va 

bulutli  ob-havo  sharoitida  bunday  tipli  kollektorning  toliq  quvvat  bilan  ishlash 




 

20 


 

samaradorligi  yetarli  darajada  pasayadi.  Shuningdek,  kollektor  ayrim  ichki 

qismlarini ortiqcha namlik va ba’zi noqulayliklar o’z vazifasida yaxshi ishlashidan 

chetlashtiradi.  Natijada  kollektor  xizmat  ko’rsatish  vaqtini  kamaytirishga  olib 

keladi.  Bunday  kamchiliklarni  bartaraf  qilish  uchun  vakuumli  Quyosh 

kollektorlaridan foydalaniladi. 

 

 

10 – rasm. Vakuumli Quyosh kollektori. 



Zamonaviy Quyosh kollektorlari maishiy xizmatva xo’jalikda zarur bo’lgan 

issiq  suvni  berish  uchun  ishlatiladi.  Uning  ishlash  jarayoni  quyidagicha:  tashqi 

trubkadan o’tgan Quyosh radiatsiyasi yutuvchi trubkaga tushadi, buy erda Quyosh 

energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishi sodir bo’ladi [12].  

Issiqlikka  aylangan  energiya  issiqlik  tashuvchi  (suyuqlik)  ga  uzatiladi. 

Kollektorning  o’zi  bir  –  biriga  parallel  holda  joylashgan  aniq  miqdordagi  shisha 

trubkalardan  iborat.  Bu  trubkaning  har  biri  selektiv  qoplamali  trubkali  yutgichga 

mahkamlangan. 

Kollektorda  isigan  suyuqlik  yig’uvchi  bakka  tushadi  va  uyerda  barcha 

olingan issiq suv shu bakga yig’iladi (10a, b – rasm).  

Vakuumli  kollektorning trubkalarini  almashtirish  mumkin.  Zaruratga  qarab 

ularga  qo’shimcha  trubka  qo’yish  yoki  olib  tashlash  mumkin.  Shuning  uchun, 

bunday  kollektorlarni  modelli  kollektorlar  ham  deyishadi.  Shu  bilan  birga, 



 

21 


 

kollektor  trubkalari  orasida  konveksiya  jarayoni  orqali  yo’qolayotgan  issiqlikni 

kamaytirish uchun qurilma vakuumli bo’lishi kerakligini unutmaslik lozim. Bunda 

nurlanish  orqali  (radiatsiya)  issiqlik  yo’qolishi  mavjud  bo’lib  qolaversada, 

kollektor samaradorligiga bu usuldagi issiqlik yo’qolishi uncha ta’sir o’tkazmaydi.  

Bugungi  kunda  kelib  jahon  bo’yicha  ko’p  miqdordagi  turli  konstruksiyali 

vakuumli  Quyosh  kollektorlarini  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yilgan  bo’lib,  qaysi 

maqsadga  va  qanday  tashqi  ta’sir  ostida  ishlashiga  qarab  turlarga  bo’linadi. 

Vakuumli  kollektorlarni  yasash  yetarlicha  murakkablik  va  ko’p  mehnat  talab 

qiladigan  jarayondir.  Bugungi  kundagi  asosiy  muammo  shundan  iboratki,  yuqori 

samarali vakuumli Quyosh kollektorini yaratishni arzon bo’lmagan usullari ishlab 

chiqarish  yo’lga  qo’yilmagan  Vakuumli  kollektorlarning  yassi  kollektorlardan 

yana bir afzalligi shundaki, tushayotgan issiqlik radiatsiyasi to’g’ri yoki sochilgan 

holatdami,  u  bir  xil  samara  bilan  ishlay  oladi.  Shuningdek,  minimum  darajada 

issiqlikni yo’qotadi, yetarli darajada uzoq va sifatli xizmat ko’rsatadi. 

Yassi Quyosh kollektori Quyosh nurini yutuvchi (absorber), shaffof qatlam 

va  issiqlikdan  himoya  qiluvchi  qavatdan  iborat  bo’lgan  qismlardan  tuzilgan. 

Yutuvchi  sirt  issiqlik  o’tkazuvchi  tizim  bilan  bog’liq  bo’ladi.  U  qora  rang  yoki 

samaradorlikni  oshirish  uchun  zarur  bo’lgan  maxsus  aralashmali  modda  bilan 

qoplanadi.  Shaffof  sirt  esa  odatda  tarkibida  metall  elementlari  kam  qilib 

toblantirilgan shisha yoki polikarbonat aralashtirilgan oynadan qilinadi [13]. 

Qurilmaning  orqa  qismi  issiqlikni  yaxshi  o’tkazmaydigan  materialdan 

masalan, polizotsianuritdan qilinadi. Suvni taqsimlaydigan trubkalar esa polietilen 

yoki  misdan  tayyorlanadi,  panelini  o’zi  esa  havo  o’tkazmaydigan  moddadan 

yasalib,  odatda  buning  uchun  silikon  ishlatiladi.  Yassi  kollektordan  ortiqcha 

issiqlik  chiqmasligini  taminlasak,  u  bilan  190  –  200ºCgacha  suvni  qizdirish 

mumkin. Kollektordagi issiqlik tashuvchiga tushayotgan energiya miqdori qancha 

yuqori bo’lsa, uning samaradorligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuningdek, qizil 

spektrda nur chiqarmaydigan maxsus optik qoplama qo’yib ham oshirish mumkin. 

 



 

22 


 

 

a) 



 

b) 


11  –  rasm.  a)  Vakuumli  Quyosh  kollektorining  umumiy  ko’rinishi;  b) 

Vakuumli  Quyosh  kollektorining  sxemasi;  1  –  Ulash;  2  -  Slikonli  qatlam;  3  - 

EPDM  qatlam;  4  -  Zarbaga  chidamli  shishadan  qilingan  vakuum  trubkasi;  5  - 

Yuqori  selektv  qatlamga  ega  bo’lgan  alyuminiyli  yutuvchi  sirt;  6  -  Ko’zguli 

qaytargich, 7 - Kollektortashqi qobig’i; 8 - Yutuvchi sirtdagi issiqlikni olish uchun 

mo’ljallangan U-simon trubka.  

 

Kollektor  samaradorligini  oshirishni  standart  yechimida  yutuvchi  sirt 



sifatida  mis  ishlatiladi,  chunki  uning  issiqlik  o’tkazuvchanlik  koeffisenti  juda 

yudori  ba’zan  alyuminiy  ham  yutuvchi  sirt  sifatida  qo’llaniladi.  Garchi  issiqlik 




 

23 


 

o’kazuvchanlik  koeffsenti  misga  nisbatan  ikki  marta  kam  bo’lsada,  alyuminiy 

metallining  quvvat  zaxirasi  yuqori  bo’ladi.  Demak,  issiqlik  uzatishda  kelayotgan 

energiyani bu metall o’zida saqlab turish xususiyatiga ega  

Tushayotgan energiya miqdori cheklangan holda ham, issiqlik tashuvchining 

haroratini  250  –  300ºCgacha  oshirish  imkoniyati  mavjud.  Bunga  ko’p  qatlamli 

shisha  qoplamadan,  yuqori  germetiklikdan  foydalanish  natijasida  chiqayotgan 

issiqlik yo’qolishini kamaytirish hisobiga yoki vakuumli kollektor yasash hisobiga 

amalga oshirish mumkin. 

Quyosh  issiqlik  trubasining  tuzilishi  maishiy  turmushda  ishlayotgan 

termosga  o’xshaydi.  Faqatgina  trubaning  tashqi  qismigina  shaffof  bo’lib,  ichki 

tomoni  esa  Quyosh  energiyasini  tutib  qoladigan  yuqori  selektiv  qoplama  bilan 

qoplangan  bo’lib,  tashqi  va  ichki  shisha  trubka  orasi  vakuumdan  iborat.  Aynan 

oraliqdagi  vakuum  qatlami  tutilgan  issiqlik  energiyasini  95%ini  saqlash 

imkoniyatini  beradi,  bundan  tashqari  vakuumli  Quyosh  kollektorlaridagi  issiqlik 

trubkalari  issiqlik  tashuvchi  vazifasida  ham  keladi.  Trubkaning  paski  qismida 

joylashgan suyuqlik Quyosh nuri bilan isitilganda, u bug’ga aylanib qiziydi. Bug’ 

trubkaning  yuqori  qismiga  (kondensator)ga  ko’tariladi,  ya’ni  o’z  issiqligini 

kollektorga  berib  soviydi.  Bu  usuldan  foydalanish  ayniqsa,  past  harorat  va 

radiatsiya  miqdori  kam  bo’lgan  iqlim  sharoitlarida  yassi  kollektor  bilan 

taqqoslaganda yuqori FIK beradi [14].  

Maishiy  xizmat  ko’rsatadigan  Quyosh  kollektor  qurilmalarida,  suv,  havo, 

moy  yoki  antifriz  kabi  issiqlik  tashuvchilar  qizigach  kollektor  orqali 

sirkulyatsiyalanadi,  so’ngra  o’zining  issiqlik  energiyasini  bak  –  akumliyatorga 

berib, iste’molchi uchun zahira issiq suvni beradi. 

Bu  qurilmaning  oddiy  turlarida  suvning  aylanishi  kollektor  va  undan 

yuqoriroqda bak – akumulyator orasidagi temperatura farqlari sababli tabiiy holda 

ro’y beradi. Biroz murakkabroq turida suv yoki antifriz bilan to’ldirilgan o’zining 

qismiga ega bo’ladi. Bu qismda issiqlik tashuvchining sirkulyatsiyasi uchun nasos 

ulangan bo’ladi, bak to’g’ridan – to’g’ri kollektor bilan yoki binoning ichida ham 

o’rnatilishi ham mumkin. 



 

24 


 

 

 



a)                                               b) 

12 – rasm.  a) Bir konturli kollektorning qurilma sxemasi; b) Ikki 

konturli  kollektorning qurilma sxemasi; 1- Quyosh kollektori; 2 - Nasos; 

3-  Bak-akkumulator;  4  –  Boshqaruvchidatchik;  5  –  Nazorat  qiluvchi  va 

boshqaruvchi moslama; 6- Issiqlik almashtirgich. 

 

Qachonki,  suvning  haroratini  kerakli  darajada  ko’tarish  uchun  Quyosh 



energiyasi  yetarli  bo’lmasa,    bak  –  akumuliyator  orqasida  qo’shimcha  elektr 

isitgich  qo’yiladi.  Bunday    usul  Quyosh  qurulmasi  samaradorligini  oshirish 

imkonini  beradi.  Xususan,  issiqlik  tashuvchining  harorati  oshishi  bilan  Quyosh 

kollektori FIK kamaygan hollarda ko’proq foydalaniladi [15-16]. Bundan tashqari 

Quyosh  suv  isitgish  qurilmalari  akumulyator  ko’rinishidagi  alohida  bak  – 

akumulyatori bo’lmagan – qizigan suv to’g’ridan – to’g’ri Quyosh kollektorining 

o’zida  saqlanadigan  turlari  ham  bo’ladi.  Bunday  holda  qurilmaning  tashqi 

ko’rinishi to’g’ri burchakli bak ko’rinishiga yaqin shaklda bo’ladi. 

 Quyosh  havo  kollektorlari  –  Quyosh  energiyasi  yordamida  ishlaydigan  va 

havoni qizdiradigan qurilmadir. Bu ko’pincha oddiy yassi kollektorlar ko’rinishida 

bo’lib,  asosan  binolarni  isitish  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  quritish  uchun 

ishlatiladi. Bunda havo tabiiy konveksiya yoki ventilyator yordamida  yutuvchi sirt 

orqali  o’tadi.  Havo  suyuqlikka  nisbatan  issiqlikni  yomon  o’tkazgani  sababli, 

suyuqlik bilan ishlaydigan issiqlik tashuvchiga qaraganda issiqlikni yutuvchi sirtga 

kam  uzatadi.  Ba’zi  Quyosh  havo  isitgichlaridagi  yutuvchi  plastinkalariga 



 

25 


 

ventilyator  ulangan  bo’lib,  ular  havoning  turbulentligini  kattalashtirib,  issiqlik 

uzatishni yaxshilaydi. Bu qurilmaning kamchiligi shundan iboratki, ventilyatorning 

ishlashi  uchun  qo’shimcha  energiya  sarfi  mavjudligi  ushbu  tizimning  xarajati 

oshishiga olib keladi. Sovuq iqlim sharoitida havo plastina – yutuvchi sirt orasidagi 

kanal bo’ylab yo’naladi va kollektor orqa devorini isitadi, natijada shisha bo’ylab 

qo’shimcha  issiqlik  yo’qolishi kuzatiladi. Biroq atrof – muhit harorati 17ºC dan 

yuqori   bo’lmasa,  plastina  –  yutuvchi  sirtdan  ikki  tomonlama  aylanayotgan havo 

ortiqcha  issiqlik  yo’qolishisiz  samarali  ishlaydi.  Havo  kollektorlarining  asosiy 

afzalliklari ularning oddiyligi va ishonchliligidir. Agar e’tibor bilan ishlatilsa, u 10 

–  20  yil  xizmat  qilishi  mumkin.  Bundan  tashqari  issiqlik  tashuvchi  element 

almashinishi kuzatilmaydi, chunki havo muzlamaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

26 


 

§1.3 Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarining umumiy 

tahlili 

Binolarni  isitishda  quyosh  energiyasidan  foydalanilsa  bо’ladi.  Binolarni 

isitish  sistemasi  suv  isitish  sistemasiga  о’xshash  bо’lib,  ulardan  о’lchamlari 

kattaligi  bilan  farq,  qiladi.  Kо’pincha  issiqlik  tashuvchi  vazifasida  suv  va 

havodan  foydalaniladi.  Isitish  sistemasiiing  asosiy  tarkibi  kollektor, 

akkumulyator,  yuklama  (isitiladigan  xona  yoki  bino)  va  roslovchi  qurilmalardan 

iborat  bо’ladi.  Mо’tadil  iqlim  sharoiti  uchun  isitish  sistemasini  qо’shimcha 

energiya  manbai  bо’lishi  kerak.  Sistemalarni  loyihalash  va  hisoblashda  quyosh 

va  qо’shimcha  energiyalar  orasidagi  optimal  nisbatni  aniqlashga  tо’g’ri  keladi. 

Quyosh  qо’yi  joylashganda  ekvator  tarafga  qaratilgan  Shimoliy  yarim 

sharda,  Janubga,  Janubiy  yarim  sharda  Shimolga  qaratilgan  katta  oynali 

binolarda  qish  paytlari  quyosh  nurini  tutish  juda  samaradorli  bо’ladi. 

Kollektor,  akkumulyator  va  qо’shimcha  energiya  manbai  quyosh  isitish 

sistemasining  asosiy  qismini  tashkil  qiladi  [17].  Bunday  sistemalarni 

ekspluatatsiya sharoitiga bog’liq holda tо’rtta ish rejimiga ajratib qarash mumkin. 

A-rejim-  Quyosh  energiyasi  tushayapti,  binoning  issiqlik  ta‘minoti  talab 

etilmayapti,  unda  kollektordan  olinadigan  hamma  energiya  akkumulyatorga 

tо’planadi. 

V-rejim-  Quyosh  energiyasi  tushayapti,  binoning  issiqlik  ta‘minoti  talab 

etilyapti,  unda  kollektordan  olinadigan  hamma  energiya  binoning  issiqlik 

talabini qondirish uchun sarflanadi. 

S-rejim-  Kuyosh  energiyasi  tushmayapti,  binoning  issiqdik  ta‘minoti 

shart,  akkumulyatorda  energiya  tо’plami  mavjud,  unda  binoni  isitish 

akkumulyatordagi issiqlik energiyasi hisobiga amalga oshadi. 

D-rejim-  Quyosh  energiyasi  tushmayapti,  binoni  isitish  shart,  ammo 

akkumulyatordagi  energiya  tugagan,  unda  binoni  isitish  qо’shimcha  energiya 

manbai hisobiga bajariladi [18]. 

Mavjud  sistemalarda  beshinchi  ish  rejim  ham  bо’lishi  mumkin.  Masalan, 

akkumulyator  energiyasiga  tо’yingan  issiqlikka  talab  yо’q,  kollektor  energiya 



 

27 


 

ishlab  berish  mumkin.  Bunday  sharoitlarda  energiyani  tо’plash  yoki 

foydalanishga  imkon  bо’lmay  qoladi,  ammo  bu  energaya  sarflanishi  kerak. 

Bunday  hollar  uchun  qо’shimcha  ish  rejimlarini  kо’rib  qо’yishga  tug’ri  keladi, 

ya‘ni  issiq  suv  ta‘minoti  rejimi.  Ayrim  sistemalarda  bir  vaqtda  bir  necha  ish 

rejimlarini  bajarish  mumkin.  Qо’shimcha  issiqlik  manbai  va  akkumulyatorni 

havo  isitish  sistemalarining  keng  qо’llanilgan  sxemasi  varianti  (2.11-rasm) 

keltirilgan. 

 

Uch yurishli zaslonka 



13-rasm.  Havoli isitish sistemasining prinsipial sxemasi. 

Bu  sistemada  (13-rasm)  energiyani  akkumulyatsiyalash  mahsuloti 

sifatida  toshlar,  energiyani  kollektordan  akkumulyatorga,  sо’ng  binoga  issiqlik 

tashuvchi  sifatida  Havodan  foydalaniladi.  ―Zaslonka   larning  holatini  belgilab 

tо’rt  rejim  bajariladi.  Ammo  sistemada  akkumulyatorga  bir  vaqtda  energiyani 

tо’plash  va  uni  tarqatish  rejimlarini  bajarib  bо’lmaydi.  Agarda  yuk1amani 

ta‘minlash  uchun  energiya  yetarli  bо’lmasa  qо’shimcha  isitish  energiyasini 

kollektor  yoki  akkumulyatordagi  energiya  bilan  birgalikda  binoni  isitishga 

sarflash mumkin [19]. 

Sistemada  ventilyatorni  qо’llashdan  maqsad  shuki,  kollektordagi  bosim 

atrof-muxit  bosimidan  yuqori  bо’lishi,  bu  bosim  evaziga  kollektordagi  issiqlik 

yо’qolishini kamaytirish. 




 

28 


 

Havoli  isitish  sisgemalari  boshqa,  ya‘ni  issiqlik  tashuvchi  sifatida  suv 

olingan  sistemalarga  Qaraganda  bir  qator  yutuqlarga  ega.  Havoli  sistemalarda 

kollektordagi  issiqlik  tashuvchining  muzlab  qolish  va  issiqlik  uzatilmagan 

davrda  qizib  ketish  ehtimollari  bо’lmaydi.  Bunday  sistemalarda  metallarning 

yemirilishi  sezilarsiz,  issiqlikni  rostlash  jihozlari  esa  holi  о’rnatilga.  Havoli 

isitish  sistemalarining  kamchiliklaridan  asosiylari  -  bu  havo  tо’ldirilganda  katta 

sarf,  akkumulyatorning  nisbatan  katta  hajmliligi  va  sistemaga  oddiy  absorbsion 

havo  konditsionerini  ulash  qiyinligidir.  Qо’shimcha  energiya  manbali  va 

akkumulyator  bakli  keng  tarqalgan  suv    isitish  sistemasining  prinsipial  sxemasi 

(14-rasm) keltirilgan. 

 

14-rasm. Suvli isitish sistemasining prinsipial sxemasi. 



Bu  sistema  quyosh  kollektori,  akkumulyator  qismi,  qо’shimcha  energiya 

manbai  va  yuk  qismlari  bir-biriga  bog’liksiz  rostlash  jarayonlarini  bajarishga 

imkon  beradi.  Bunday  sistemalarda  quyosh  energiyasi  hisobiga  qizdirilgan  suvni 

akkumulyatorga  tushishi  va  bir  vaqtni  о’zida  undan  binoni  isitish  uchun issiqdik 

chiqarilishi  mumkin  [20-21].  Bu  sistemada  qо’shimcha  issiqlik  manbai  hisobiga 

akkumulyatorni  isitmaslikka  imkon  beradigan  ―baypas   liniyasi  kо’zda  tutilgan. 

Sistemaning  yaxshi  tomonlaridan  issiqlik  uzatish  sistemasi  va  akkumulyatorda 

umum-issiqlik  tashuvchidan  foydalanilganligi  akkumulyatorni  kichik  hajmligi, 

sistemada  absorbsion  havo  konditsioneridan  foydalanishga  imkon  borligidadir. 



 

29 


 

Ammo  sistemada  issiqlik  tashuvchi  sifatida  suvdan  foydalanish  ayrim 

qiyinchiliklarga  olib  keladi.  Masalan,  kollektorni  muzlab  qolish  ehtimolidan 

saqlash, sistemada yemirilish havfini borligi va hokazolar.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

30 


 

II-BOB . Quyosh kollektorining effektivligini qizdirilayotgan suv 

hajmining funksiyasi sifatida aniqlash 

 

§2.1 Labaratoriya ishini bajarish uchun qisqacha nazariy malumotlar. 



Ishning maqsadi 

 

  Temperatura egriligini majburiy sirkulyasiya vaqtining funksiyasi sifatida olish 



  Quyosh kollektorining effektivligini baholash 

Nazariy ma’lumotlar 

Quyosh  kollektori  quyosh  radiasiyasini  yutadi  va  o’zi  hamda  to’ldirilgan 

suvni  qizdiradi.Quyosh  kollektorining  effektivligi  η  suv  yutgan  issiqlik 

energiyasining∆Q  kollektorga  tushayotgan  radiasion  energiyaga  ∆Ε  nisbati  bilan 

o’lchanadi: 

Q

E





 

Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi: 

E

tP

  



 

Bunda Р radiasiya quvvati.Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq bo’lganda, u 

atrof  muhitga  nurlanish,  konveksiya  va  issiqlik  o’tkazuvchanlik  orqali  issiqlik 

ajratadi.  Shu  yo’qotishlar  sababli  kollektorning  effektivligi  kamayadi.  Tajribada 

suyuqlikning majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema 

(kollektor,  quvurlar  va  bak)  tomonidan  yutilgan  issiqlik  energiyasi  asosan  suvda 

mujasamlashganligi uchun quyosh kollektorining temperaturasi juda yuqori bo’lib 

keta olmaydi.Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz 

qo’llaniladi. Bunda bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari o’lchanadi.

 



 

31 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



15-rasm. Tajriba qurilmasi 

Kerakli asboblar va ashyolar 

 

1 Quyosh kollektori………………………………389 50 



1 Quvvati 1000 W, och tuslicho’g’lanma lampa.... …………………………..450 72 

1 Suv nasosi STE2/50 ……………………… 579220 

 

1.Boshqariladigan past kuchlanishli kuchlanish transformatori S………………………………. 521 



35 

1. Uzunligi 100 sm bir juft kabel (qizil/sariq)..501  46 

1 Mobil CASSY524 ………………………………..009 

 

1. 



K tipli NiCr-Ni- Adapter S…………………  524 067 

 

1 NiCr-Ni-temperatura datchigi, 



1,5 mm, K tipli…………………………………529 676 

1 Po’latli o’lchash poloskasi, 2 m …………… 31177 

 

1 Taymer............................................................31317 



1 V shaklsimon shtativ asosi, 20 sm ………..300 02 

1 Shtativ ustunchasi 25 sm,.12 mm ………… 300 41 

1 Shtativ ustunchasi 47 sm, 12 mm………….. 300 42 

 

1 Shtativ ustunchasi 75 sm, 12 mm…………. 300 43 



1 multi qisqichlar Leybold ……………………..301 01 

1 Universal tutgich 0...80 mm…………………. 666 555 

1 Plastik stakan ..................................................59006 

1 Silikon quvurlar 5 mm   ,1m………………… 604 431 

 



 

32 


 

1 Silikon quvurlar 6 mm   ,1m………………… 604 432 

1 Silikon quvurlar 8 mm   ,1m…………………604 434 

1 Bevosita ulagich, 6/8 mm ………………… 665 226 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

33 


 

§2.2 Laboratoriya qurilmasi va tajribalarni o’tkazish tartibi 

Tajriba qurilmasi 

15-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. 

Nakonechniklarbilan quvurlarni ulash uchun mos silikon quvurlar va 

ulagichlardan foydalaning. 

•  Suv  nasosini  shunday  ulangki,  u  suvni  quyosh  kollektorining  tubidan  quyosh 

kollektori  orqali  haydasin,  ya’ni  nasos  nakonechnigini  kirish  kamerasining 

nakonechnigi bilan ulash kerak. 

•Temperatura  datchigini  bevosita  rezinali  jipslagich  yordamida  quyosh 

kollektorining  chiqish  kamerasidagi,  1,5  mm  qilib  parmalangan  teshikka 

o’rnating.  Temperaturani  o’lchashning  bu  bandi  quyosh  kollektorini  qizib 

ketishining  oldini  olish  uchun  ham  qo’llaniladi.  Kollektordagi  suvning 

temperaturasi 60 °C dan ortib ketmasligi kerak. 

•  Chiqish kamerasining nakonechnigini bak nakonechnigi bilan ulang. 

• Bak chiqish nakonechnigini suv nasosining kirishi bilan ulang. 

• Bakga 1000 ml suv soling. 

•Bakni  shunday  ko’taringki,  suv  nasosi  orqali  suvning  oqib  tushishi  quyosh 

kollektoridan o’tib, ortga bakning kirishiga qaytsin. Suv qarshiliksiz oqishi uchun, 

barcha quvurlar doimo to’g’ri (burishgan va egilgan joysiz) bo’lishi kerak 

• Bakni shtativ ustunidagi oldindan belgilangan joyga o’rnating. 

• Suv nasosining elektr ta’minotini ulang va qutbga rioya qilib, taxminan 6 V 

kuchlanish o’rnating. 

.• Quvur shlanglar sistemasida pufaklar yo’qligiga amin bo’ling. 

 

a)  Temperaturani o’lchash 



 

• 

Universal    tutgich    yordamida    ikkinchi temperaturadatchigini bakdagi 



suvga  o’rnating.  Temperatura  datchiklarini  NiCr-Ni-  adapteri  bilan  CASSY 

ko’chma qurilmasiga ulang. 

 



 

34 


 

a) 


Yoritish vositasi 

•  Cho’g’lanma  lampani  shtativga  o’rnating  va  uni  quyosh  kollektorining  old 

tomonidan taxminan 50 sm masofada joylashtiring. 

•  Cho’g’lanma  lampani  ulang  va  uni  shunday  joylashtiringki,  bunda 

kollektorning  aktiv  qismi  to’liq  yoritilsin.  Ehtiyoj  bo’lganda,  korpusning 

plastmassa qismi yoritilmasligiga erishing. 

•  Cho’g’lanma lampani o’chiring va quyosh kollektorining sovushiga yo’l 

qo’ying. 

 

Tajribalarni o’tkazish tartibi 



a) 

Tajribaga tayyorgarlik 

•  Temperaturani suv sikli ulangan holda o’lchang va temperatura o’zgarmay 

qolguncha kuting. 

a) 

O’lchash 



•  Suv  nasosi  kuchlanishini  shunday  pasaytiringki  (2,5  V  ga  yaqin),  oqimning 

past  tezligi  amalga  oshsin,  ya’ni  faqat  bakdagi  suvning  kichik  oqiminigina 

kuzatish mumkin bo’lsin. 

•  Bakdagi  temperaturani  yozib  oling  va  chiqish  kamerasidagi  temperaturaning 

o’zgarishini kuzating. 

•  Bir vaqtda cho’g’lanma lampani va taymerni ulang. O’lchashni har minutdan 

keyin davom ettiring. 

•  Boshlaganigizdan  keyin  30  minut  o’tganda o’lchashni to’xtating 

Diqqat: 

Uzoqroq 


vaqt  mobaynida  o’lchashlarni 

o’tkazganingizdamaksimalruxsatetilgantemperaturaningqiymatinie’tiborgaoling. 

•  Issiq  suvni  shunchalik  miqdordagi  sovuq  suv  bilan  almashtiring.  Tajribalarni 

boshlash  iloji  boricha  boshlang’ich  temperaturadagidek  temperaturada  amalga 

oshirilishi kerak. 

•  Quyosh kollektorining old qismiga issiqlik izolyasiyasini o’rnating 

•  Tajribani takrorlang. 



 

35 


 

Tajriba namunasi 

Jadval 1: Bakdagi suvning temperaturaviy xarakteristikalari 

 

 



 

  

   



Oqim tezligi 

 

   



 

 

 



Sekin 

O’rtacha 

Katta 

vaqt   


   

Temperatura   

   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

21.2 


21.2 

21.2 


 

22.0 



22.5 

22.9 


 

23.5 



24.6 

24.7 


 

  

 



 

 



25.7 

26.2 


26.6 

 



27.4 

28.0 


28,3 

 



28.7 

29.7 


30.3 

 



29.9 

31.4 


31.9 

 

  



 

 



 

31.6 


32.9 

33.6 


 

  

 



 

 



33.3 

34.5 


35.1 

 



34.7 

36.0 


36.5 

10 


 

35.7 


37.4 

37.9 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2 Jadval: Bak bilan quyosh kollektori orasidagi temperaturalar ayirmasi. 

Oqim tezligi 

Past 


Ortacha 

Yoqori 


Temperaturalar 


 

36 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



Taxminan 6 

Taxminan 3 

Taxminan1 

 

 



Temperaturaning  vaqtga  bog’liklik  grafigi  (kvadratlar  sekin,  uchburchaklar 

o’rtacha, doiralar katta oqim tezligiga mos keladi ) 

 

 

Grafikdan yaqqolki, o’lchash vaqti o’tishi bidan temperatura chiziqli ortadi. 



Oqim  tezligi  ortishi  bilan  temperatura  tezroq  ko’tariladi,  chunki  bu  holda  suv 

ko’proq  nur  energiyasini  oladi.  Shunday  qilib,  bu  holda  nur  energiyasidan  suv 

olgan  issiqlik  energiyasining  ulushi  ko’proq.  Oqimning  past  tezliklaridaquyosh 

kollektorining  bevosita  chiqishidagi  temperatura  yuqori  (jadval  2  ga  qarang). 

Quyosh  kollektorining  yuqori  temperaturasi  tufayli  issiqlik  energiyasining 

yo’qotilishi  ko’proq.  Tajriba  qurilmasida  elektr  lampaning  qo’llanilishi  qurilma 

effektivligining yomonlashuviga olib keladi. 



 

37 


 

Lampa 1000 W quvvat ajratadi. Bu energiyaning bir qismi lampani qizdirishga 

sarf  bo’ladi.  Energiyaning  boshqa  qismi  quyosh  kollektorini  yoritish  uchun 

qo’llanilmaydi  va  yana  bir  qismi  esa  akslanib  qaytadi.  Shunday  qilib,  quyosh 

kollektori olgan radiasion energiya 1000 W dan ancha kam. 

Suv yutgan issiqlik energiyasining miqdori Q, massa m va solishtirma issiqlik 

sig’imi koeffisiyenti orqali quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin: 

 

Q



T

c m


t

t



  


 

 

Yutilgan  radiasion  energiyaning  boshqa  qismi  sistemani  qizdirishga  sarf  bo’ladi. 



Kichik qiymatli tezlikka misol: 

4.2


1 1.52

100


100

min


kJ

K

J



kg

Vt

kgK



s



 

Sistemaning effektivligi oqimning past tezliklarida 0,1 tartibida va oqimning 

katta tezliklarida 0,12 tartibida.  

Real  effektivlik  (foydalanilayotgan  energiyaning  tushayotgan  radiasion 

energiyaga  nisbati)  odatda  bu  miqdorlarga  nisbatan  ancha  katta.  Real  quyosh 

kollektorlari sistemasida  effektivlikning 

80%  gacha qiymatiga erishilgan. 

 

 



 

 

 



 


 

38 


 

§2.3 Labaratorya o’lchov natijalari va ularni hisoblash 

 

 

 



  

   


Oqim tezligi 

 

   



 

 

 



Sekin 

O’rtacha 

Katta 

vaqt   


   

Temperatura   

   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

21.2 


21.2 

21.2 


 

22.2 



22.7 

23.1 


 

23.3 



24.5 

24.9 


 

  

 



 

 



25.5 

26.0 


26.8 

 



27.1 

27.8 


28,1 

 



28.4 

29.3 


29.8 

 



30.2 

31.9 


32.5 

 

  



 

 



 

32.3 


33.4 

33.9 


 

  

 



 

 



33.8 

34.1 


35.4 

 



35.1 

36.3 


36.9 

10 


 

36.0 


37.8 

38.2 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                                            

 

 

 



 

 



 

39 


 

XULOSA 


1.Tajribada  quyosh  kollektori  lampa    radiasiyasini  yutadi  va  o’zi  hamda 

to’ldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi η suv yutgan issiqlik 

energiyasining ∆Q  kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ∆Ε nisbati bilan 

o’lchanadi: 

Q

E





Tajriba  qurilmasida  elektr  lampaning  qo’llanilishi  qurilma  effektivligining 

yomonlashuviga olib keladi. 

2.Quyosh  kollektorida  oqim  tezligi  ortishi  bilan  temperatura  tezroq  ko’tariladi, 

chunki bu holda suv ko’proq nur energiyasini oladi. Shunday qilib, bu holda nur 

energiyasidan suv olgan issiqlik energiyasining ulushi ko’proq boladi 

3.Suv yutgan issiqlik energiyasining miqdori Q, massa m va solishtirma issiqlik 

sig’imi koeffisiyenti orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi 

Q

T

c m



t

t



  


 

Yutilgan radiasion energiyaning boshqa qismi sistemani qizdirishga sarf bo’ladi.

 

Sistemaning effektivligi oqimning past tezliklarida 0,1 tartibida va oqimning 



katta tezliklarida 0,12 tartibida.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

40 


 

Adabiyotlar 

1.  История  развития  солнечной  энергетики  [Электронный  ресурс].— 

Режим доступа: http://www.solarbat.info/istoria-razvitia-solnechnoi-energetiki.—

Заглавие с экрана.— (Дата обращения: 09.05.2012). 

2.  Вакуумные  коллекторы  [Электронный  ресурс].—  Режим  доступа: 

http://www.umnydom-nn.ru/?p=358.—  Заглавие  с  экрана.—  (Дата  обращения: 

21.12.2012)

 

3.  Вакуумные  солнечные  коллектора  в  Черногории  [Электронный 



ресурс].—  Режим  доступа:  http://osgroup.me/solnechnie-kollektora.php.— 

Заглавие


 

с

 



экрана.— (Дата обращения: 21.12.2012).

 

4.   Солнечные коллекторы для нагрева воздуха SolarHome [Электронный 



ресурс].— Режим доступа: 

http://www.solarhome.ru/archive/solar/ 

sc_kovrov_air.htm.— 

Заглавие с экрана.— (Дата обращения: 24.12.2012).

 

5.   Бутузов,  В.А.  Воздушные  солнечные  коллекторы  /  В.А.  Бутузов  // 



Промышленная энергетика

.

— 2012.— № 10.— С. 53-55.



 

6.  Солнечные  коллекторы  [Электронный  ресурс].—  Режим  доступа: 

http://2energy.ru/solnechnye-kollektory/.—  Заглавие  с  экрана.—  (Дата 

обращения:

 

15.10.2012).



 

7.  Вакуумный  солнечный  коллектор  с  U-образными  трубками 

[Электронный  ресурс].—  Режим  доступа:  http://www.himinsolar.ru/2-1-u-

pipesolar.html.— Заглавие с экрана.— (Дата обращения: 21.12.2012).

 

8.  Митина,  И.В.  Повышение  эффективности  солнечных  коллекторов  с 



вакуумированными  стеклопакетами  :  автореферат  дис.  ...  кандидата 

технических

 

наук:  05.14.08  /  Митина  Ирина  Валерьевна.—  Москва,  2009.— 



26 с.: ил.

 

9.   Рахнов,  О.Е.  Экологическая  эффективность  локальных  источников 



энергии  :  на примере  плоских  солнечных коллекторов :  автореферат дис. ... 

кандидата технических наук : 25.00.36, 05.14.08 / Рахнов Олег Евгеньевич.—

 

Москва, 2009.— 24 с.



 


 

41 


 

10.  Сулейманов, 

М.Ж. 

Экспериментальное 



исследование 

теплотехнических 

характеристик  солнечных  коллекторов  и  водонагревательных  установок  : 

автореферат  дис.  ...  кандидата  технических  наук  :  05.14.01  /  Сулейманов 

Муси

 

11. Твайделл,  Дж.  Возобновляемые  источники  энергии:  Перевод  с 



английского / Дж. Твайделл, А. Уэйр.— М.: Энергоатомиздат.— 1990. — 392

 

с.:ил.



 

12.  Духопельников,  Д.В.  Селективные  покрытия  для  солнечных 

коллекторов  /  Д.В.  Духопельников,  С.Г.  Ивахненко,  М.К.  Марахтанов  // 

Известия


 

ВУЗов.  Сер.  "Машиностроение

"

.—  2012.—  Спец.вып.  Работы 



студентов:

 

и



 

молодых ученых МГТУ им. Н. Э. Баумана.— С. 75-80.

 

13. Реттих,  Генрих.  Коллекторы  и  гелиотермические  системы  /  Генрих 



Реттих  (пер.  Н.  Корженец).—  Минск:  Международный  Государственный 

Экологический Университет им. А. Д. Сахарова, 2007.— 43 c.

 

14. ГОСТ  Р  51594-2000.  Нетрадиционная  энергетика.  Солнечная 



энергетика.  Термины  и  определения.—  Введ.  2001-01-01.  —  М.:  Изд-во 

стандартов, 2000.— 13 с.

 

15. Александров, А.А. Таблицы теплофизических свойств воды и водяного 



пара  /  А.А.  Александров,  Б.А.  Григорьев.—  М.:  Издательство  МЭИ,1999.— 

168 с.


 

16. Табунщиков,  Ю.А.  Математическое  моделирование  и  оптимизация 

тепловой  эффективности  зданий  /  Ю.А  Табунщиков.,  М.М.  Бродач.—  М.: 

АВОКПРЕСС, 2002.— 194 с.

 

17. Магомедов, А.М. Нетрадиционные возобновляемые источники энергии 



/ А.М. Магомедов.— Махачкала: Издательско-полиграфическое

 

объединение



 

"Юпитер", 1996.— 245 с.

 

18. Туник,  А.А.  Математическая  модель  процессов  тепломассопереноса  в 



плоском  солнечном  коллекторе  SUN  1  /  А.А.  Туник  //  Вестник  МГСУ.— 

2016.—


 

№ 1.— С. 126-142.

 



 

42 


 

19. Туник,  А.А.  Исследование  солнечного  коллектора  ISTU  SUN  1  в 

климатических  условиях  Восточной  Сибири  [Электронный  ресурс]  /  А.А. 

Туник


 

//Материалы  научно-практической  конференции  с  международным 

участием

 

"Региональный энергетический форум в сфере энергосбережения и 



повышения

 

энергоэффективности"  (06-07  декабря  2012  г.).—  Иркутск: 



ИрГТУ, 2012.— 1

 

электрон. опт. диск (CD-ROM).



 

20. 


Даффи  Д.А.,  Бекман  У.  Тепловые  процессы  с  использованием  солнечной 

энергии. Пер. с англ.-М.: Мир, 1977.-68 с.

 

21. 


Твайделл  Джон.,  Уэйр,Антонии.  Возобновляемые  источники  энергии.-М.: 

Энергоатомиздат., 2005. с.

 

Internet manbalari 



1.  http://www. Google.com 

2.  http://www. Ziyonet.uz 

3.  http://www.globaltrouble.ru 

4.  http://www.fizika.uz 



 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish