Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet525/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   548
Dastlabki tergov harakatlari 

 

Jinoyat  ustida  qo‘lga  olish  va  tintuv  o‘tkazish  bayonnomalari 



dastlabki  dalil  tarzida  bo‘lib,  muayyan  bir  shaxsda  giyohvandlik 

vositalari topilganligini bildiradi, xolos. Bunday vaziyat versiya tuzishda 

sodir  etilgan  jinoyat  usuli  va  tezkor-qidiruv  ishlari  natijalariga  oid 

ma’lumotlarga alohida ahamiyat berishni talab etadi. 




 

535 


Gumon  qilingan  shaxsning  turmush  tarzi,  jinoyat  sodir  etish 

usullari,  uning  kimlar  bilan  uchrashganligi  va  qaysi  marshrut  bo‘yicha 

safar qilganligi versiya tuzish uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat 

qiladi. 


Eng tipik versiyani quyidagi ko‘rinishda taklif etish mumkin. 

Giyohvandlik  vositalarni  qo‘lga  olishda:a)  qo‘lga  olingan  shaxs 

giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotropik  moddalarni  olib-sotarga  ulgurji 

pullaydi,  savdogar  esa  uni  chakana  narxda  sotadi;  b)  qo‘lga  olingan 

shaxs  faqat  olib-sotar  tomonidan  yollangan  shaxs;  v)  qo‘lga  olingan 

shaxs  giyohvandlik  vositalar  o‘g‘risi;  g)  qo‘lga  olingan  tasodifiy  unga 

yukni eltib berish topishirilgan, u nimani olib ketayotganligini bilmaydi; 

d)  qo‘lga  olingan  shaxs  –  giyohvand,  u  giyohvandlik  vositasini  o‘zi 

iste’mol qilish uchun o‘g‘irlab olgan yoki tayyorlagan; e) qo‘lga olingan 

shaxs giyohvandlik vositasini dorixonadan yoki davolash muassasasidan 

o‘g‘irlab olgan. 

Giyohvandlik vositasini sotayotganda qo‘lga olinganda: a)sotuvchi 

ikkinchi  darajali  shaxs  bo‘lib,  unga  giyohvandlik  vositasini  sotish 

vazifasi  yuklatilgan;  b)  sotuvchi  giyohvandlik  vositalarini  o‘g‘irlab 

olgan; v) sotuvchi afyun va nasha bilan savdo qiladi, bu xil moddalarni 

ko‘tarasiga  sotadi,  undan  chakana  savdo  bilan  shug‘ullanuvchilar  xarid 

qiladi;  g)sotuvchi  giyohvandlik  vositalarni  uni  etishtiradigan  yoki 

tayyorlaydigan  joydan  oladi;  d)  sotuvchi  o‘ziga  o‘xshash  olib-sotar  va 

eltib  beruvchi  bilan  hamkorlik  qiladi;  e)  xaridor  narkotik  moddani  o‘zi 

iste’mol  qiladi;  j)  xaridor  narkotik  moddalar  bilan  savdo  qiladi, 

ko‘tarasiga  sotib  oladi  va  joylarga  olib  borib  maydalab  pullaydi;  z) 

xaridor  bangixona  egasi,  giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotrop 

moddalarni bangilar iste’mol qilishi uchun oladi; i) xaridor giyohvandlik 

vositalarni  maydalab  sotish  uchun  oladi;  k)  xaridor-  giyohvand  shaxs, 

ayni  vaqtda  o‘z  xarajatlarini  qoplash  uchun  giyohvandlik  vositani 

maydalab sotadi. 

Olg‘a  surilgan  versiyalarni  tekshirish  turli  tergov  harakatlari, 

ayniqsa tintuv o‘tkazish, so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash orqali amalga 

oshiriladi. 

Tergov  versiyalarni  maqsadga  muvofiq  tekshirish  uchun  tergov 

ishlarini yaxshi rejalashtirish zarur.  U  murakkab guruhli ishlarni tergov 

qilishda  juda  muhim  hisoblanadi,  bunda  turli  shahar  va  tumanlarda 

tergov harakatlari o‘tkaziladi.  

Guruhlar  tomonidan  sodir  etilgan  ko‘p  epizodli  jinoyat  ishlarini 

tergov qilishda yangidan-yangi holatlar ochiladi. SHunga muvofiq yangi 



 

536 


versiyalar  vujudga  keladi,  natijada  tergov  rejasi  o‘zgaradi,  yangi 

harakatlar bilan to‘ldiriladi. 

Niqoblangan  guruhli  giyohvandfurushlar  tomonidan  sodir  etilgan 

jinoyatni tergov qilishda IIOning tezkor hodimlari bilan hamkorlikda ish 

yuritish  lozim.  SHuning  uchun  alohida  qidiruv  va  tergov  harakatlarini 

amalga  oshirish  to‘g‘risida  surishtiruv  organlariga  topshiriq  berish 

nazarda  tutilishi  kerak.  Qoidaga  ko‘ra  biror  joyga  borishni  ham 

rejalashtirish  lozim,  chunki  ko‘rilayotgan  jinoyat  ishlari  boshqa  shahar, 

tuman  va  mamlakatlarda  yurgan  jinoyat  guruhi  a’zolari  aniqlanishini 

talab etadi. 

Mazkur  toifaga  oid  ishlar  yuzasidan  tintuv  o‘tkazishning  o‘ziga 

xos  tomonlari  muayyan  vaziyatlarga  ko‘ra  amalga  oshiriladi. 

Giyohvandlik  vosita,  psixotrop  modda  yoki  prokursorni  tegishli 

ruxsatnomasiz  oz  miqdorda  bo‘lsa  ham  saqlash  jinoyat  hisoblanadi.  Bu 

haqda  jinoyatchi  bilgani  uchun  uni  saqlash  usullarini  o‘ylab  topadi, 

aniqlash  qiyin  joylarni  tanlaydi.  Jinoyat  ishtirokchilari  ko‘p  hollarda 

qarindosh  va  yaqin  munosabatdagi  shaxslar  bo‘lib  chiqadi.  Ular 

giyohvandlik  vositalarni  turli  vaqtlarda  turli  xonadonlarda  saqlaydilar. 

Qishloq  joylarda  ko‘knori  o‘simliklari  etishtiradiganlar  tomonidan 

tayyorlangan  mahsulotlarni  yashirish  imkoniyatlari  katta  bo‘ladi. 

Jinoyatchilar 

javobgarlikdan 

qochish 

maqsadida 

qo‘llaniladigan 

usullardan  biri  –  ularning  transportda  jo‘natayotgan  buyumlari  ichidan, 

hovlidagi 

qurilmalardan 

va 

tomorqa 


uchastkalaridan 

topilgan 

giyohvandlik  moddalari  xaqida  hech  narsa  bilmasliklari  haqida  vaj 

qilishdir. Bunday holatni gumon qilingan shaxs bo‘yniga qo‘yish ancha 

qiyin  kechadi.  Giyohvandlik  moddalarni  saqlab  qo‘yadigan,  eltib 

beradigan, 

olib-sotadigan, 

vositachilik 

qiladiganlar 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni tezkor-qidiruv yo‘li bilan bilsa bo‘ladi.  

Tintuv  o‘tkazishga  tayyorgarlik  ko‘rishda  guruh  ishtirokchilari 

to‘g‘risida  tegishli  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish  kerak,  shunda  tintuv 

natijalari  belgilangan  versiyani  tekshirish  imkoniyatini  beradi.  YAngi 

versiyalar  paydo  bo‘ladi,  oldingisiga  tuzatishlar  kiritiladi.  Gumon 

qilinganlar  uyidan  giyohvandlik  vosita  yoki  uning  izlari  topilgan 

taqdirda  faraz  qilish  mumkinki,  mazkur  shaxs  jinoyatdan  tushgan 

daromadning juda oz qisminigina oladi. 

Tintuv vaqtida turli o‘ramdagi tarozilar, giyohvand vositalar izlari, 

qoldiqlari topilgan bo‘lsa, bu shaxs giyohvandlik vositalari tayyorlovchi 

yoki  vositachi  bo‘lishi  ehtimol.  Jinoyatning  tashkilotchisi  qilinganda 



 

537 


uning  boshqalar  bilan  aloqasini  ko‘rsatadigan  hujjatlarga  ko‘proq 

ahamiyat berish lozim. 

Tintuv  o‘tkazishning  asosiy  vazifasi  giyohvandlik  vositalari  va 

boshqa  ashyoviy  dalillarni  topishdan  iborat.  Giyohvandlik  vositalarini 

o‘lchash,  qadoqlash  uchun  ishlatiladigan  tarozilar;  giyohvand  vosita 

olinadigan  o‘simlik  qoldiqlari;  nasha  tayyorlashda  foydalaniladigan 

elak, xaltachalar, presslar, shprits, maxsus naychalar; jinoyat yo‘li bilan 

topilgan pullar va qimmatli buyumlar; qalbaki retseptlar va h.k. Jinoyat 

ishtirokchilarining  yozishmalarini,  pochta  vositasida  o‘tkazilgan  pul 

hisob-kitoblarini  o‘rganish  muhim  ahamiyatga  ega.  SHuning  uchun 

pochta-telegraf  muassasalarida  korrespondensiyalarni  kuzatish  zarurati 

paydo bo‘ladi.  

Tintuv  vaqtida  topilgan  hujjatlar  jinoyatchilarning  niqoblangan 

aloqalarini  aniqlash  imkoniyatini  beradi.  Bunday  xujjatlarga  xat, 

telegramma,  pul  perevodlari,  posilkalarga  tegishli  ma’lumotnoma, 

yodnomalar,  bloknotdagi  turli  yozuvlar,  saqlash  kamerasi  kvitansiyasi, 

shaharlararo  va  xalqaro  so‘zlashuvlar  to‘g‘risida  kvitansiyalar, 

mehmonxona  hisob-kitob  qog‘ozlari,  samolyot,  temir  yo‘l,  avtobus, 

tramvay biletlari kabilar kiradi. 

Topilgan yozishmalar sinchklovlik bilan o‘rganilishi lozim. Tajriba 

ko‘rsatadiki,  bunday  yozishmalar  sirli  ma’nolarga  ega  bo‘ladi,  ularda 

jinoyatni  niqoblash  maqsadida  shifrlangan  usuldan  foydalanadilar, 

jargon  so‘zlarni  ishlatadilar.  Giyohvandlik  vositalari  saqlanadigan 

yashirin  joyni  aniqlash  alohida  mahorat  va  sinchkovlik  talab  qiladi. 

Ularni  ba’zan  turli  oziq-ovqat  mahsulotlari  solingan  idishlarda 

saqlaydilar,  ustiga  yog‘,  smetana,  moy  quyadilar,  krupa,  un  kabilar 

soladilar. 

Devorlarda, 

deraza 

tagida, 


mebellarda, 

bolalar 


qo‘g‘irchrqlarida yashiradilar, shuningdek xo‘jalik qurilishlari, tomorqa 

uchastkalari,  havlilarda,  uchoq  atrofida,  molxonalarda  yashirin  joy 

tayyorlaydilar.  Tintuvda  o‘rgatilgan  itlardan  foydalanish  maqsadga 

muvofiq.  

Tintuv  natijalari  bayonnomada  o‘z  ifodasini  topishi  kerak. 

Yashirin  joy  topilganda  uni  tasvirlab  ko‘rsatish  va  suratini  olish  lozim. 

Turli 

joydan 


topilgangiyohvandlik 

vositalari 

alohida-alohida 

joylashtirilishi  va  ekspertizaga  topshirilishilozim.  Ekspertiza  ularning 

tarkibi, tozalik va namlik darajasini aniq belgilab beradi.  

Hodisa  ro‘y  bergan  joyni  ko‘zdan  kechirish,  odatda,  giyohvand 

vositalarini 

dorixona, 

davolash 

muassasalari, 

farmatsevtika 



 

538 


korxonalarida  o‘g‘irlik  sodir  etilganda  va  bunday  ob’ektlarda 

bosqinchilik yuz berganda amalga oshiriladi.  

Giyohvand vositalar saqlangan joyni sinchiklab ko‘zdan kechirish, 

jinoyatchining  qo‘l,  oyoq  izlarini  aniqlashga  e’tiborni  qaratish  lozim. 

Giyohvand  vositalar  joylangan  idish  va  u  saqlanadigan  joyni  ochishda 

ishlatilgan  qurollarni  ham  tekshirish  talab  etiladi.  Hodisa  ro‘y  bergan 

joydagi  izlarni  foto  suratga  olinishi  va  bayonnomada  aniq-ravshan 

ko‘rsatilishi lozim. 

Ko‘knori etishtiradigan joy aniqlanganda, ularda qancha mahsulot 

etishtirilishi,  qancha  hosil  olinishi  mumkinligi,  maydonning  sxemasi, 

hajmi  va  ekinlarning  barchasi  yo‘qotilganligi,  bir  necha  tun  namuna 

olingani bayonnomada ko‘rsatilishi lozim.  

Ko‘knori  qaysi  ekinlar  orasida  ekilganligi,  tekshirish  vaqtida 

ekinlar  qanday  holatda  bo‘lganligi,  pishgan,  pishmagan,  yig‘ishtirib 

olingan,  bir  qismi  yig‘ishtirib  olingan,  odam  izi,  hayvon  va  transport 

vositasi 

izlari 

hisobga 


olinadi. 

Bunday 


tadbirlarda 

agronom 


mutaxassislarni jalb etish lozim.  

Giyohvand  vositalar  tayyorlanadigan,  qayta  ishlanadigan  yoxud 

iste’mol  qilinadigan  xonani  ko‘zdan  kechirishda  turli  moslamalarga, 

xom ashyolarga hamda idishdagi izlarga e’tibor berish zarur. SHisha va 

metall  idishlarda  aniqlangan  giyohvand  vosita  va  qo‘l  izlari  eng  asosli 

ashyoviy dalil hisoblanadi. 

Gumon  qilinganlarni  jinoyat  ustida  qo‘lga  olishda  guvoh 

bo‘lganlar  asosan  ushbu  vaziyat  bilan  bog‘liq  shaxs  hisoblanadilar.  Bu 

guvohlarni so‘roq qilish zarur, chunki qo‘lga olingan jinoyatchi uni fosh 

qiladigan predmetlar meniki emas, deb tonishi hech gap emas. 

Agar  jinoyatchi  giyohvand  vositalarni  olib  ketayotganda  qo‘lga 

olinsa,  avtobus  va  trolleybus  yoki  boshqa  transport  vositalariga  qaerda 

o‘tirgani,  qanday  odamlar  uni  kuzatgani,  uning  qo‘lida  nima  bor 

ekanligini  aniqlash  zarur.  Bu  savollarga  yo‘lda  hamroh  bo‘lganlar, 

avtotransport  haydovchilari,  avtobus  konduktorlari  va  kassirlari  javob 

berishlari mumkin. 

YUk  saqlanadigan  joy  xodimi  so‘roq  qilinganda  saqlashga 

qo‘yilgan yukning hidiga urg‘u beriladi. Ammo jinoyatchilar bu holatni 

oldindan  bilib,  hidini  niqoblashi  mumkin  (qalampir,  atir  kabilardan 

foydalanadilar).  

Olib-sotarlar 

ko‘p  hollarda  transportning  taksi  turidan 

foydalanadilar.  Taksi  haydovchilar  mijozini  qaysi  manzilga  etkazib 



 

539 


qo‘ygani  va  kimlar  bilan  uchrashgani  to‘g‘risida  ma’lumot  berishi 

mumkin.  

Qarindosh-urug‘lari, 

tanish-bilishlari, 

qo‘ni-qo‘shnilaridan 

ayblanuvchining  hayot  tarzi,  hamtavoqlari,  uchrashuvlari  va  safarlari 

to‘g‘risida  so‘rash  kerak.  Guvohlarni  so‘roq  qilish  jinoyatchi  qo‘lga 

olingandan keyin darhol o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Aks holda ular 

o‘zaro  til  biriktirib,  yolg‘on  ko‘rsatuv  berishga  kelishib  olishlari 

mumkin.  

Giyohvandlar  orasidan  guvoh  qidirish  lozim,  ular  mazkur  ish 

yuzasidan ko‘rsatuv berishlari  mumkin. O‘zining yomon holatga tushib 

qolganligini  anglab  etgan  va  davolanishga  intilayotgan  shaxslar  odatda 

giyohvand vositalarni tarqatayotganlarni ayblaydilar va to‘g‘ri ko‘rsatuv 

berishga moyil bo‘ladilar. 

Hali giyohvand darajasiga etib ulgirmagan va uni qabul qilaverish 

nimalarga  olib  borishini  yaxshi  tushunib  yetmagan  shaxslarga  bu 

qilmish yaxshi oqibatga olib bormasligini, agar bu zahri-qotilni iste’mol 

qilishni  to‘xtatmasa,  nimalarga  duchor  bo‘lishini  tushuntirish  foydadan 

xoli emas. Bu suhbatga shifokor va ruhshunoslarni ham jalb etish kerak. 

Surunkali  giyohvand  shaxslar  davolanishni  xayoliga  ham 

keltirmaydi,  o‘z  xatti-harakatlarini  tanqidiy  ko‘z  bilan  ko‘rmaydi,  ular 

tanazzulga  yuz  tutgan  shaxslardir.  Bunday  shaxslardan  haqiqiy 

ma’lumotlarni olish ancha qiyin kechadi. 

Giyohvandguvoh 

abstinensiyaga 

tushgan 

vaqtda 


olingan 

ma’lumotlarga  baho  berishda  ehtiyot  bo‘lish  kerak.Giyohvand 

ayblanuvchi  manfaatini  yoqlab,  shantaj  qilishgacha  borishi,  xatto 

jinoyatga qo‘l urushi, o‘zi bergan ko‘rsatuvlardan tonishi ham mumkin. 

SHuning  uchun  ham  u  ko‘rsatuvlarni  qayta-qayta  tekshirib  ko‘rish, 

boshqa manbalar bilan solishtirish maqsadga muvofiq. 

Giyohvand  vositalarni  saqlovchilarga  bu  xildagi  xatti-harakatning 

yomon  oqibatlarga  olib  kelishini  tushuntirganda  guruh  tashkilotchisini 

qo‘lga olish muhimligini uqtirish samarali natijalar beradi. Agar gumon 

qilingan  unga  saqlash  uchun  berilgan  narsa  nima  ekanligini  bilmagan 

edim,  deb  ko‘rsatuv  bersa,  uning  bu  ko‘rsatuvlarini  yig‘ilgan 

ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish zarur.  

Jinoyatning  tashkilotchilari  va  asosiy  ishtirokchilarini  so‘roq 

qilishda  tintuv  vaqtida  topilgan  dalillar,  guvohlar  ko‘rsatuvlari,  ekspert 

xulosalaridan mohirona foydalanilmasa, so‘roq yaxshi natija bermaydi.  

 



 

540 


Nihoyat,  giyohvandlik  vositalari  va  psixotropik  moddalar  bilan 

bog‘liq har bir jinoyat ishi bo‘yicha bu xil jinoyatlarning oldini olish eng 

zarur vazifadir. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish