oshiriladi. Qo‘lga olish vaqtida pora oluvchi ashyoviy dalillardan – pora
predmetidan qutula olmasligi muhimdir. SHeriklarni aniqlash uchun
qo‘lga olishni pora predmetini uchinchi shaxsga berish yoki pullash
vaqtida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Jinoyat ustida qo‘lga olishni
sinchkov tarzda rejalashtirish zarur. Jinoyat ustida qo‘lga olingandan
so‘ng pora oluvchini o‘sha zahoti, pora predmeti unga qay yo‘sinda
kelib tushganligi haqida bahona topmasidan turib so‘roq qilish kerak.
Bunday holatlarda ko‘pincha pora oluvchi o‘z aybini tan oladi va
haqqoniy ko‘rsatuvlar bera boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |