Poraxo‘rlikni tergov qilish jarayonida quyidagi versiyalar
yuzaga keladi va tekshiriladi:
а) poraxo‘rlik haqiqatdan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos
bo‘luvchi materiallarda ko‘rsatilgan sharoitlarda sodir bo‘lgan;
б) poraxo‘rlik sodir etilgan, ammo soxta mansabdor-firibgar
shaxsga berilgan;
в) pul mansabdor shaxsga qonuniy ravishda berilgan (qarzni
qaytarish), pora haqida ariza – vijdonan yanglishgan;
г) mansabdor shaxsga pora berilmagan, chunonchi, noqonuniy
talabni bajarishdan bosh tortgani uchun unga tuhmat qilingan;
д) mansabdor shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab
ma’lum bir xizmat harakatlarini amalga oshirgan va pora olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |