2-kazus
Sharipova D. qizi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro Azimova A.ga
nisbatan sodir etilgan nomusga tegish jinoyati yuzasidan Chilonzor
tumani IIB ga murojaat qilgan. Jabrlanuvchi dastlabki so‘roq jarayonida
jinoyat bir oy oldin sodir etilgani, shundan so‘ng o‘z joniga qasd
qilmoqchi bo‘lgani, jinoyatchini tanishni va umuman u haqida bilishni
istamasligi to‘g‘risida ko‘rsatuvlar bergan. Keyinchalik fuqaro Azimova
A.da ruhiy buzilishlar yuzaga kelgan va bu haqda ekspert hulosa bergan.
Tergovchi mazkur jinoyat uning yaqin qarindoshlari tomonidan sodir
etilgan degan versiyaga borgan.
Haqiqatni aniqlash uchun tergovni qanday tashkil etish lozim?
Holat yuzasidan yana qanday tergov versiyalarini tuzish mumkin?
Jinoyatni ochish uchun qanday taktikadan foydalanish zarur?
Do'stlaringiz bilan baham: |