338
tushunchasini aniqlash bilan birgalikda ijtimoiy munosabatlarning
zamonaviy rivojlanish bosqichida unga qarshi kurashning holati va
ahamiyati ko‘rsatiladi. Jinoyatlarning ko‘rib chiqilayotgan turiga qarshi
kurashning dolzarbligini belgilash jinoyatlarni tergov qilish xususiy
kriminalistik uslubiyotlarining to‘g‘ri ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishda
bo‘lishi va tergovchilar faoliyati samaradorligini oshirish uchun zarurdir.
Jinoyatlar to‘g‘risidagi eng tipik boshlang‘ich axborotning ta’rifi
jinoyatlar kriminalistik tavsifining muhim elementlari jumlasiga kiradi.
Ana shu axborotning mazmuni va shakliga qarab tekshirishga oid ishlar
tartibi hamda ularni ochish, tergov qilish va ularni oldini olishning
dastlabki bosqichlari dasturlari belgilanadi. Jinoyatlarning kriminalistik
tavsifi tarkibiga, jinoyatlarni sodir etish va yashirish usullari haqidagi
ma’lumotlar tizimi ham kiradi. Jinoyatlarni sodir etish usuli deganda
jinoiy qilmishni tayyorlash, sodir etish va yashirishga, shu jumladan
tegishli qurollar va vositalarni qo‘llashga, joy va vaqtni tanlashga,
tegishli holatlardan foydalanishga qaratilgan o‘zaro aloqador hamda
o‘zaro bog‘liq harakatlar tizimi tushuniladi.
Jinoyatlar
kriminalistik
tavsiflarining
majburiy
elementlari
jumlasiga ehtimol tutilgan jinoyatchining va uning ehtimoldagi
jabrlanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi. Kriminalistik
uslubiyot sohasidagi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, jinoiy tajovuz
jabrlanuvchi, jinoyatni sodir etish usuli, uning xususiyatlari, oqibatlari
va jinoyatchining shaxsi o‘rtasida muayyan aloqadorlik bo‘ladi. Bunday
aloqadorlik
haqidagi
kriminalistik
ma’lumotlardan foydalanib,
tergovchilar va surishtiruvchilar ayrim jinoyatlar yuzasidan ehtimol
tutilgan jinoyatchining shaxsi to‘g‘risida asosli tusmollarni olg‘a
surishlari hamda tergov qilishning eng maqsadga muvofiq dasturini
belgilab olishlari mumkin.
Nihoyat, jinoyatlarning mazkur turini tergov qilishda aniqlanishi
lozim bo‘lgan holatlar doirasi jinoyatlar kriminalistik tavsiflarining yana
bir elementi hisoblanadi. SHuni hisobga olib, jinoyatlar zamonaviy
kriminalistik tavsiflarning aksariyatida ularni tergov qilish paytida
aniqlanishi lozim bo‘lgan, jinoyatlar tarkibining asosiy elementlari
bo‘yicha muayyan tizimga solingan holatlar ro‘yxati keltiriladi. Bular:
a) tajovuz qilish ob’ekti (tajovuz nimaga qaratilgan, nimaga zarar
etkazilgan, zararning miqdori va hokazo);
b) tajovuzning ob’ektiv tomoni (qaerda, qachon, qay tarzda, bir
shaxsning yoki bir kishining harakatlari bilanmi, ulardan har birining
tutgan o‘rni (roli), qanday holatlarda, oqibatlari qanaqa, etkazilgan zarar,
339
qilmish va oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, jinoyatga
ko‘maklashgan holatlar va hokazo);
v) tajovuz sub’ekti (tajovuzni kim sodir etdi, uning shaxsini
tavsiflovchi ma’lumotlar, agar shaxslar guruhi ishtirok etgan bo‘lsa, ular
kimlar);
g) tajovuzning sub’ektiv tomoni (ayb, uning shakli, qasddan
qilingan ayb bo‘lsa uning sababi va maqsadi).
Xususiy kriminalistik uslubiyotlar har xil turdagi jinoyatlarni
tergov qilishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha nazariy qoidalar
hamda amaliy tavsiyalar majmuidan iboratdir. Biroq ular muayyan
jinoyatni tergov qilish uchun maslahatlar bermaydi va bera olmaydi,
ya’ni ular hayotdagi barcha holatlar uchun andoza emas. Ularda
jinoyatlarning biron-bir turini (ko‘rinishini) ochish, tergov qilish va
ularning oldini olishda tergovchi faoliyatining xususiyatlarini aks
ettiruvchi umumiy tavsiyalargina mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: