Maxsus uslubiyotlar jumlasiga qonunda belgilangan jinoyatlarning
turlari bo‘yicha emas, balki boshqa asoslar bo‘yicha tuzilgan xususiy
uslubiyotlarni kiritish kerak bo‘ladi. Jumladan, ana shu maqsad uchun
asoslar
sifatida
jinoyat
sodir
etilgan
joy,
jinoyatchining,
jabrlanuvchining shaxsi, jinoyat sodir etilgan paytdan boshlab o‘tgan
vaqt va boshqa shu singarilar tanlanishi mumkin. Kriminalistika
adabiyotlarida temir yo‘l, suv va havo transportidagi jinoyatlarni;
voyaga etmaganlar va retsidivistlar sodir etgan jinoyatlarni; o‘tgan
yillarning ochilmay qolgan jinoyatlarini tergov qilish uslubiyotlari
ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |