Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   548
Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish 

 

Tergov  eksperimentini  o‘tkazish  sharoitlari,  jarayoni  va  natijalari 



bayonnomada qayd etiladi (O‘zR JPK 156-moddasi).  

Bayonnomaning  kirish  qismida  eksperiment  o‘tkazilishi  uchun 

asoslar,  kim  tomonidan  o‘kazilganligi,  tekshiruv  zarurati,  joyi,  vaqti  va 

qatnashuvchilarning  ismi-shariflari  ko‘rsatiladi.  SHuningdek,  guvoh  va 

jabrlanuvchilar  ko‘rsatuvlari  tekshirilganda  eksperiment  o‘tkazishdan 

oldin  ular  qasddan  yolg‘on  ma’lumot  berish  va  bosh  tortish  oqibatlari, 

ya’ni  jinoiy  javobgarlik  haqida  ogohlantirganligi  to‘g‘risida  ma’lumot 

va uni tasdiqlovchi imzolari kiritiladi. 

Bayonnomaning  bayonot  yoki  tavsiflovchi  qismida  quyidagilar 

ko‘rsatiladi:  

1)  eksperiment  qanday  maqsadda,  qachon,  qaerda  va  qanday 

sharoitda o‘tkazilganligi;  

2)  hodisaning  sharoitini  va  holatini  tiklash  aynan  nimalarda  o‘z 

aksini topganligi;  

3) qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha 

marta o‘tkazilganligi;  

4) qanday natijalar olinganligi. 

Tekshiruv o‘tkazilishi jarayonida qo‘llanilgan kriminalistik texnika 

vositalaridan  -  ovoz  yozish,  video  tasvirga  olish,  kino  va  fotosuratga 

tushirish  ishlari  bayonnomaning  mazkur  qismida  aks  ettiriladi.  SHu 




 

221 


bilan  birga  eksperiment  tajribalarini  uyushtirish  uchun  tayyorlangan 

qoliplar  (namunalar),  mulaj  va  modellar  ham  nima  uchun  va  qanday 

qo‘llanilganligi bayon etiladi. 

Eksperiment natijasida tekshirilgan holat, vaziyatlar, tusmollar o‘z 

tasdig‘ini  topgan  yoki  topmaganligi,  ular  necha  yo‘nalishli  tajriba 

yordamida  tekshirilganligi  va  boshqa  chora-tadbirlar  qanday  oldinma-

ketinlikda  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  bayonnomada  shunday  holda  yoritilishi 

lozim.  


Bayonnomaning  yakunlovchi  qismi  quyidagilarni  aks  ettirgan 

bo‘lishi shart: 

1)  eksperimentni  o‘tkazishda  ishtirok  etgan  shaxslar  keltirgan 

ariza, shikoyat, iltimosnoma va e’tirozlari; 

2) eksperiment tekshiruviga tayyorlangan buyumlarning individual 

hususiyatlari (shakli, rangi, o‘lchovi va boshqa moddiy belgilari); 

3)  eksperiment  o‘tkazilgan  joyning  chizmasi,  harakat  va  holatlar 

sxemalari; 

4) 

bayonnoma 



barcha 

ishtirokchilar 

tomonidan 

tanishib 

chiqilganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  va  bu  ma’lumotlar  ular 

tomonidan tasdiqlanganligi. 

Tajribaning  har  bir  keyingi  varianti  u  ayni  bir  yoki  o‘zgartirilgan 

sharoitlarda o‘tkazilgani va ushbu o‘zgartirish nimadan iborat bo‘lgan – 

sharoitlar  og‘irlashtirilgani  yoki  soddalashtirilgani  ko‘rsatilgan  holda 

qayd  etiladi.  O‘tkazilgan  tajribalarning  natijalariga  ta’sir  ko‘rsatishi 

mumkin  bo‘lgan  holatlar  ayniqsa  aniq  qayd  etilishi  lozim.  Masalan, 

avtomobil  qarshisida  to‘siq  qo‘qqisdan  paydo  bo‘lgan  holda  uni 

to‘xtatish  imkoniyatini  tekshirishga  qaratilgan  tergov  eksperimenti 

o‘tkazilayotganda,  piyoda  maketining  paydo  bo‘lishi  tekshirilayotgan 

haydovchi  uchun  kutilmagan  bir  hol  bo‘lgani  yoki  u  yo‘lning  mazkur 

uchastkasida  voqealarning  bunday  rivoji  haqida  oldindan  bilgani  va 

bunga  psixologik  jihatdan  hozirlik  ko‘rishi  mumkin  bo‘lgani  qayd 

etilishi lozim. 

Agar  tajribalarning  natijalariga  binolar  yoki  joy  hududlarining 

joylashuvi,  o‘tkazilayotgan  tergov  eksperimenti  ishtirokchilarining 

o‘zaro holati, ayrim ob’ektlar va predmetlar o‘rni jiddiy ta’sir ko‘rsatishi 

mumkin  bo‘lsa,  mazkur  holatlarni  yanada  aniq  qayd  etish  imkonini 

beradigan rejalar va sxemalar tuzish tavsiya etiladi.  



 

222 


 

O‘tkazilgan  eksperimenti  natijalarini  ularning  ishonchliligi  va 

daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholash bir qator xususiyatlarga ega. 

Avval,  tajribalarni  tashkil  etish  va  o‘tkazish  to‘g‘ri  amalga  oshirilgani 

tekshirilganidan 

keyin, 


tekshirilayotgan 

holat 


mavjud 

bo‘lishi 

mumkinligi  yoki  mumkin  emasligi  aniqlanadi.  Tekshirilayotgan  holat 

mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan holda, erishilgan natija ob’ektiv 

aniqlangan  daliliy  fakt  hisoblanadi,  biroq,  agar  tajribalarni  o‘tkazish 

vaqtida tergov eksperimentini o‘tkazish taktik qoidalari buzilgan bo‘lsa, 

uning natijalari daliliy qimmatga ega bo‘lmaydi. 

O‘tkazilgan  tajribalar  asosida  chiqarilishi  mumkin  bo‘lgan 

xulosalarga  kelsak,  ular  eksperiment  natijasiga  –  uning  ijobiy  yoki 

salbiyligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Tekshirilayotgan  holatni,  uning  amalda 

mavjudligini  tasdiqlovchi  natija  ijobiy  hisoblanadi.  Salbiy  natija  ushbu 

holatni  rad  etadi,  uning  mavjud  bo‘lishi  mumkin  emasligidan  dalolat 

beradi. 

Agar  tajribalar  o‘tkazish  yo‘li  bilan  tekshirilayotgan  holat  amalda 

mavjud  bo‘lishi  mumkin  emasligi  aniqlangan  bo‘lsa,  ushbu  holat  real 

voqelikda  mavjud  bo‘lmagani  to‘g‘risida  uzil-kesil  xulosa  chiqarilishi 

lozim. Masalan, mazkur binoga ayblanuvchi ko‘rsatgan miqdorda tovar-

moddiy  boyliklar  sig‘ishi  mumkin  bo‘lmasa,  bu  unda  yong‘in  yuz 

bergan 

paytda 


ko‘rsatilgan  miqdorda  tovar-moddiy  boyliklar 

bo‘lmaganidan dalolat beradi. 

Mazkur  odam  muayyan  hodisani  idrok  etishga  yoki  ma’lum 

harakatlarni  bajarishga  qodir  emasligini  aniqlashga  qaratilgan  tergov 

eksperimenti  natijalarini  baholash  ancha  qiyinchiliklar  tug‘diradi. 

Tekshirilayotgan  shaxs  individual  psixologik  sohasining  bir  qator 

muhim  omillarini  aniq  hisobga  olish,  tiklash  va  nazorat  qilish  mumkin 

emas.  Vaholanki,  ular  eksperiment  natijalariga  sezilarli  darajada  ta’sir 

ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tekshirilayotgan shaxsdan shu yo‘l 

bilan olingan ko‘rsatuvlar yolg‘on bo‘lishi, u o‘z imkoniyatlarini ataylab 

namoyish etmagan bo‘lishi mumkin. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish