1. Tergov harakatlari. Bu tergovchining jinoyatlarni tergov qilish
chog‘idagi jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlari
bo‘lib, ularning mohiyati jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni to‘plash,
tekshirish va baholashdan iborat bo‘ladi. Ular jumlasiga so‘roq qilish,
yuzlashtirish, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, tintuv, ushlab turish,
tanib olish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti, ko‘rsatuvlarni voqea
yuz bergan joyda tekshirish va aniqlashtirish, sud ekspertizalarini
tayinlash va o‘tkazish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |