jarayonlari bizga ko‟pgina fiziologik fanlar orqali ma‟lum.
1.9-rasm
Echkemar o‟z tanasi haroratini kunning turli paytida turli joylarni tanlash orqali
boshqaradi.
ZOOLOGIYA BIOLOGIYA FANINING BO‟LIMI SIFATIDA
Hayvonlar hayotning evolyusion daraxtining o‟ziga xos bo‟limini tashkil etishadi.
Bu juda katta va qadimgi bo‟lim bo‟lib, 600 million yillar ilgari kembriy davrigacha paydo
bo‟lgan. Hayvonlar yanada kattaroq bo‟lgan eukariotlar degan bo‟limga ham kirishadi.
Eukariotlar hujayralari membrana bilan qoplangan yadroga ega bo‟lgan organizmlardir.
Bu bo‟lim, (hayvonlardan tashqari) o‟simliklar, zamburug‟lar va ko‟p sondagi bir
hujayrali tirik organizmlarni o‟z ichiga oladi. Ehtimol, hayvonlarning alohida guruh
sifatidagi eng ajratuvchi belgisi, boshqa organizmlarni yeyishni o‟z ichiga olgan ularning
oziqlanishidir. Evolyusiya hayotning bu asosiy shaklini oziqaning keng ko‟lamini qayta
ishlay olish va qo‟lga kiritish hamda harakatlanish uchun turli tizimlarni yaratish orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |