Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi.
Hayvonlar hujayrasi va to‟qimalari. Hayvon hujayrasi ham boshqa hujayralarga
o‘xshash tuzilgan. Hujayra tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va uning organoidlari
hamda yadrodan iborat. Ammo hujayra qobig‘ining yupqaligi, qisqaruvchi tolalar —
miofibrillar, sezgir nerv hujayralari va tolalari hamda hujayraning bo‘linishida ishtirok etadigan
sentrosomaning bo‘lishi bilan hayvon hujayralari boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko‘p
hujayrali hayvonlar organizmida shakli, tuzilishi va organizmdagi funktsiyalari o‘xshash bo‘lgan
hujayralar to‘qimalarni hosil qiladi. Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi,
muskul va nerv to‘qimalari bo‘ladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |