O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ko‟  payish.  Hayvonlar  jinssiz  va  jinsiy  ko‘payadi.  Jinssiz  ko‘payish  sodda  tuzilgan 
umurtqasizlar  uchun  xos  bo‘lib,  asosan  ikki  xil  usulda  boradi.  Bir  hujayralilarning  jinssiz 
ko‘payishi  organizmning  teng  ikkiga  bo‘linishi,  ko‘p  hujayralilarda  esa  kurtaklanish  va  ko‘p 
marta  bo‘linish  orqali  sodir  bo‘ladi.  Kurtaklanishda  ona  organizmda  kichik  kortakcha  hosil 
bo‘lib,  undan  yangi  organizm  shakllanadi.  Ko‘p  marta  bo‘linishda  ona  organizm  juda  ko‘p 
bo‘laklarga bo‘linib, har qaysi bo‘lakdan yangi organizm hosil bo‘ladi. Bu xildagi bo‘linish yassi 
va halqali chuvalchanglar uchun xos. Jinssiz ko‘payish hayvonlar tanasida  kam ixtisoslashgan, 
lekin  boshqa  hamma  to‘qima  va  organlarni  hosil  qilish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  maxsus 
hujayralar bilan bog‘liq. 
Jinsiy ko’payish jinsiy hujayralar  - gametalar hosil bo‘lishi va ularning o‘zaro qo‘shilib, 
urug‘langan  zigota  hosil  bo‘lishidan  iborat.  Bir  hujayralilarning  gametalari  bitta  hujayranng 
o‘zidan  yetishib  chiqadi.  Ko‘p  hujayralilarning  gametalari  maxsus  jinsiy  bezlar  -  gonadalarda 
hosil  bo‘ladi.  Urug‘  hujayralar-  spermatozoidlar,  ya‘ni  mikrogametalar,  urg‘ochilik  hujayralar 
tuxum hujayra yoki makrogameta deyiladi. Odatda spermatozoidlar nisbatan kichik, bir yoki bir 
necha xivchinli va harakatchan bo‘ladi. Ancha yirik va harakatsiz tuxum hujayrada embrionning 
rivojlanishi uchun zarur  oziq moddalarga boy bo‘ladi. 
Urug‘lanish jarayonida urug‘ hujayra tuxum hujayra ichiga kirib oladi, ularning yadro va 
sitoplazmasi  qo‘shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta  yangi  hujayra  —  zigota hosil  bo‘ladi. 
Zigotadan  embrional  rivojlanish  jarayonida  yangi  organizm  shakllanadi.  Jinsiy  ko‘payish 
organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil bo‘ lgan jinsiy 
hujayralarning  genlar  tarkibi  turlicha  bo‘lganidan  ularning  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lgan  yangi 
organizmlarning  ona  organizmga  nisbatan  yashovchanligi  yuqori  bo‘ladi.  Bunday  organizmlar 
tabiiy tanlanish jarayonida saqlanib qolib, nasl beradi. 
Ko‘pchilik  hayvonlar  ayrim  jinsli  bo‘  lib,  ularning  urg‘ochilari  va  erkaklari  bo‘ladi. 
Ayrim  jinsli  hayvonlarda  o‘z-o‘zini  urug‘lantirish  yuz  bermaydi.  Nerv  va  harakatlanish 
sistemasining rivojlanganligi tufayli erkak va urg‘ochi hayvonlar bir-birini oson topishadi. Kam 
harakat  yoki  harakatsiz  o‘troq  yashovchi  hayvonlarda  ikki  jinsni  bir-birini  topishi  qiyinlashishi 
tufayli  ularda  ikki  jinslilik,  ya‘ni  germafroditlik  kelib  chiqqan.  Germafrodit  organizm  zarur 
paytda  o‘z-o‘zini  urug‘lantirishi  mumkin.  Lekin  bu  hodisa  tabiatda  kamdan-kam  yuz  beradi. 
Odatda ikkita germafrodit individlar bir-birini urug‘lantiradi. 
Tuxum  hujayrani  tashqi  muhitda  urug‘lanishi  tashqi  urug’lanish,  organizm  ichida 
urug‘lanishi  esa  ichki  urug’lanish  deyiladi.  Tashqi  urug‘lanish  faqat  suv  muhitida  sodir 


bo‘lganidan  haqiqiy  suv  hayvonlari  va  suv  bilan  ko‘proq  bog‘liq  bo‘lgan  suvda  hamda 
quruqlikda  yashovchilar  uchun  xos.  Qurukdikda  yashovchi    va  ikkilamchi  suvda  yashashga 
o‘tgan hayvonlarda faqat ichki urug‘lanish ma‘lum. Tashqi urug‘lanadigan hayvonlar juda ko‘p 
jinsiy  hujayralar  hosil  qiladi.  Lekin  tashqi  muhitda  hujayralarning  ko‘p  qismi  halok  bo‘ladi. 
Ichki urug‘lanadigan hayvonlarning jinsiy organlari murakkab tuzilgan bo‘ladi. 
Umurtqasiz  hayvonlar  orasida  urug‘lanmagan  tuxum  qoyib  ko‘payadigan  partenogenez  
turlar  ham  uchraydi.  Partenogenez  qulay  sharoit  tug‘ilganida  qisqa  vaqt  ichida  tur  individlari 
sonining  juda  tez  ortishiga  imkon  beradi.  Ayrim  umurtqasiz  hayvonlar  faqat  partenogenetik 
urg‘ochilardan iborat. Odatda partenogenetik nasl ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish