O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Mikrosporidiyalar – Microsporidia  tipi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Mikrosporidiyalar – Microsporidia  tipi 
Mikrosporidiyalar  hujayra  ichida  parazitlik  qiladi,  asosan  har  xil  bo‘g‘imoyoqdilarni, 
ba‘zan  umurtkali  hayvonlar  (asosan  baliqlar)ni  zararlaydi.  Bu  tipga  900  ga  yaqin  tur  kiradi. 
Sporasida  otiluvchi  ipi  bo‘lishi  bilan  ular  qisman  miksosporalilarga  o‘xshab  ketadi.  Lekin 
miksosporidiyalar  sporasi  yuqorida  qayd  qilinganidek  ko‘p  hujayrali,  mikrosporidiyalarning 
sporasi  bir  hujayrali  bo‘ladi.  Mikrosporidiyalar  sporasi  juda  kichik  (4-10  mkm)  bo‘lib,  qattiq 
pust bilan qoplangan. Spora ichida spiral o‘ralgan ipchasi va ikki yadroli mo‘rtak (sporoplazma
bor (19-rasm). 
 Mikrosporidiyalarning  hayot  sikli  ham  miksosporidiyalarnikiga  o‘xshash  bo‘ladi. 
Sporasi  oziq  bilan  xo‘jayini  ichiga  tushganida  otuvchi  kapsuladan  otilib  chiqqan  ipchasi  ichak 
epiteliysiga  botib  kiradi.  Ip  bilan  birga  sporadan  chiqqan  ikki  yadroli  sporaoplazma  epiteliy 


hujayrasiga kirib oladi. Xo‘jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko‘payib, ko‘p hujayrali 
zanjirni  yoki  ko‘p  yadroli  plazmodiyni  xrsil  qiladi.  Shundan  so‘ng  plazmodiy  tanasi  va  zanjir 
alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bo‘lingandan so‘ng har qaysi hujayra ikki 
yadroli  bo‘ladi.  Hujayra  qattiq  po‘st  bilan  o‘ralib,  spora  hosil  qilish  jarayonida  plazmodiyning 
ikkala  yadrosi  bir-biri  bilan  qo‘shiladi.  Shundan  keyin  keladigan  sporogoniya  jarayonida 
yuqorida ta‘riflangan bir hujayrali sporalar hosil bo‘ladi. Spora ichidagi yadrolarning qo‘shilishi 
jinsiy ko‘payish jarayonidagi jinsiy hujayralarning qo‘shilishiga o‘xshaydi
4

Asalarilarning  o‘rta  ichagi  epiteliy  hujayralari,  ba‘zan  malpigi  naychalari,  gemolimfasi, 
tuxumdonlari  va  so‘lak  bezlarida  Nosema  apis  parazitlik  qiladi.  Oval  shakldagi  parazitning 
uzunligi  5-6  mkm,  ichak  hujayralarining  yemirilishiga  sabab  bo‘ladi.  Kasal  arilar  yaxshi 
ucholmaydi, kuchsizlanib ko‘pincha halok bo‘ladi. 
Tut  ipak  qurti  nozemasi  (Nosema  bombyci)  ifloslangan  tut  bargi  orqali  ipak  qurtiga 
yuqadi.  Ichak  epiteliysi  orqali  qonga  o‘tgan  parazit  qurtning  hamma  organlarini  zararlaydi. 
N.bombyci  (19-rasm)  qurtlarda  "qora  son"  (pebrina)  paydo  qiladi.  Kasal  qurtlarning  terisi 
qoramtir  dog‘lar  bilan  qoplanadi.  Bunday  qurtlarning  axlati  orqali  tashqi  muhitga  juda  ko‘p 
sporalar chiqarib, boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko‘pincha halok bo‘ladi. 
Kuchsiz  zararlangan  qurtlar  halok  bo‘lmasdan  pilla  ichida  g‘umbakka  aylanadi.  G‘umbakdan 
nozema  bilan  zararlangan  kapalak  chiqadi.  Kapalak  esa  zararlangan  tuxum  qoyadi.  Shunday 
qilib, kasallik nasldan- naslga o‘tadi.  
Mikrosporidiyalarning  ayrim  turlari  baliqlar  muskuli  va  biriktiruvchi  to‘qimalarida 
parazitlik qiladi. Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidozga qarshi kurashish asosan profilaktika 
tadbirlaridan  iborat.  Zararlangan  ari  oilalari  dezinfektsiya  qilinadi.  Kuchli  zararlangan  oilalar 
kuydiriladi.  Tut  ipak  qurtida  pebrinani  oldini  olish  uchun  kapalak  tuxumlari  tekshirishdan 
o‘tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan to‘dalardagi tuxumlar kuydiriladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish