Ulardan bir qismi (makrogamontlar) bo‘linmasdan o‘sib, makrogameta –tuxum hujayralarni
hosil qiladi. Ikkinchi qismi (mikrogamontlar)ning yadro va sitoplazmasi ko‘p marta bo‘linib,
mayda mikrogametalar (spermatozoidlar)ni hosil qiladi. Spermatozoidlar tanasi cho‘ziq, ikkita
uzun xivchini yordamida faol harakat qiladi. Spermatozoidlardan biri tuxum hujayrasiga kirib,
uning yadrosi bilan qo‘shilishi natijasida urug‘lanish (
kopulyatsiya) sodir bo‘ladi. Zigota
mustahkam qobiq ishlab chiqarib, ootsistaga aylanadi. Ootsistaning bundan keyingi rivojlanishi
organizmdan tashqarida boradi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo‘linib, har qaysi
yadro bo‘lagidan to‘rttadan sporoblastlar hosil bo‘ladi. Qattiq pust bilan o‘ralgan sporoblastlar
sporalar, yoki sporotsistalar deyiladi. Har bir sporaning yadrosi yana bo‘linib, ikkitadan
sporozoitni hosil qiladi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo‘lib qoladi.
Ootsistalar hayvon ichagiga tushganida ulardan sporozoitlar chiqadi va rivojlanish yana qaytadan
boshlanadi.
Koksidiyalar orasida eymeriya urug‘i vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta
ziyon keltiradi. Koksidiyalar oaydo qiladigan kasallik
koksidioz deyiladi.
Eimeria magna,
E.intestinalis va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Kasal yosh quyonlar
ko‘pincha ularning yoppasiga qirilib ketadi.
E.tenella jo‘jalarni qirilib ketishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bir necha tur koksidiyalar
(E. zurni, E.smithi) yirik shoxli mollar, ayniqsa buzoqlarga
katta ziyon keltiradi.
E.bovis qoramollarda qonli ichburug‘ paydo qiladi. Baliqchilik
xo‘jaliklariga
karp koksidiyasi - YE.safesh ziyon yetkazadi.
Toksoplazma (Toxoplasma gondii) qushlar, sutemizuvchilar va odamda jigar, taloq, miya,
qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yilda fransuz olimlari
tomonidan kemiruvchilarda topilgan. Uzoq vaqt davomida uning systematik o‘rni noma‘lum
bo‘lgan. Faqat, 1970 yilda Daniya, Angliya va AQSH olimlari parazit hayot siklini
o‘rganishgandan so‘ng uni koksidiyalar turkumiga mansub ekanligi aniq bo‘ldi.
Toksoplazma hujayra ichida parazitlik qiladi; xo‘jayin almashtirish orqali rivojlanadi (15-
rasm). Hayvonlar parazit sistasini yutib, yoki kasal hayvonlarni yeb zararlanadi. Parazit yo‘ldosh
orqali ham embrionga o‘tadi. Toksoplazmaning jinsiy ko‘payishi mushuk organizmida
kuzatilgan. Mushuklar parazitni kemiruvchilardan yuqtiradi. Mushuk organizmida parazitning
hayot sikli, boshqa koksidiyalar singari jinsiy ko‘payish va sporotsistalar hosil bo‘lishi bilan
tugallanadi.
Toksoplazma har xil ta‘sir ko‘rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmasligi;
boshqalari esa juda ta‘sirchanligi tufayli halok bo‘lishi mumkin. Odamga toksoplazma bilan
zararlanishi uy hayvonlari, asosan mushuklar bilan bog‘liq. Odatda parazit mushuklarda ko‘p
uchraydi. Lekin ular kasal bo‘lmasdan parazitni tashuvchi bo‘lib qoladi. Toksoplazma odatda
limfa, nerv va ko‘zni shikastlaydi. Odam va sutemizuvchilar embrioni ona qornida
zararlanganida bola niobud bo‘lishi yoki uning ayrim organlari og‘ir jarohatlanishi mumkin.
Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go’sht sporalilari uy hayvonlari (qora mollar,
cho‘chqalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular
go‘shtda 0,5-5 mm uzunlikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida yuzlab chuvalchangsimon bir
yadroli merozoitlar bo‘ladi (16-rasm). Ularning hayot sikli koksidiyalarga o‘xshaydi; lekin ikkita
xo‘jayinda rivojlanadi. Yirtqich hayvonlar (mushuk, it) va odam asosiy xo‘jayin bo‘lib, ular
organizmida parazitning jinsiy bo‘g‘imlari rivojlanadi. Go‘sht sporalilari bilan zaharlangan
hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim hollarda organizmda parazit juda
tez ko‘payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: