Fitomonadlar (Phytomonadina) turkumi turlarida bitta kosachasimon yirik yashil
xromatofori va bir juft xivchinlari bo‘ ladi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim turlari
dengizlarda yashaydi. Yakka yashovchi turlaridan xlamidomonadalar chuchuk suvlarda keng
tarqalgan. Fitomonadlar koloniyasi bir nechtadan bir necha minggacha hujayralardan iborat.
Chuchuk suvlarda volvoks, eudorina, pandorina, gonium ko‘p uchraydi. Koloniyadagi alohida
hujayralar xlamidomonadaga o‘xshash tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |