O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
Filologiya fakul`tеti
Tilshunoslik kafedrasi
IV kurs “A” guruh talabasi
ERGASHEVA DILOROMNING
O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
MAVZUSIDAGI
referati
Ilmiy rahbar:
Z.QODIROV
Andijon-2015
Mavzu: O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
R E J A
I. Kirish. O„zbek adabiy tili - o„zbek nutqi madaniyatining asosi
II. Asosiy qism.
1. Adabiy til me‟yorlari.
2. Til va nutq va uning me‟yorlari.
3. Nutq turlari
4. Nutqni shakllantiruvchi birliklar
III. Xulosa
Kishining so„zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi.
(«Nazm ul-javohir», 25-bet).
Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda
yaxshi, o„rinli, ta‟sirchan, umuman maqsadga muvofiq gapirishga
intilish tushunchasi o„z mohiyatiga ko„ra ko„hna tarixga ega.
Qadimiy davr kishilarida ham kundalik nutqiy an‟analariga rioya
qilgan holda gapirishga harakat qilish o„z nutqdoshlaridan
boshqacharoq, ya‟ni ta‟sirli va yaxshiroqso„zlashga intilishodati bo„lgani
shubhasiz. Bunday nutqiy axloqiy me‟yorlar keyinchalik avloddan-
avlodga o„tib, har bir davrda ma‟lum prinsiplar asosida o„zgarib,
rivojlanib
borganva
nutqmadaniyatining
umumahloqiy
talablari
darajasiga ko„tarilgan. Demak, tildan foydalanishga o„z fikrini to„liqroq,
aniqroq va hatto ifodali hamda ta‟sirchan qilib ifodalashga intilish
tushunchasi qadimiy va eski tasavvurdir.
Qadimiy tarixga ega bo„lgan yaxshi gapirishga intilish
tasavvurini ikki davrga bo„lish mumkin:
a) adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati;
b) adabiy til paydo bo„lgandan keyingi davr madaniyati.
Adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati ma‟lum,
konkret lingvistik talablar bilan aloqador bo„lganmi, yo„qmi biz uchun
qorong„udir. Bu maxsus tekshirishni talab qiluvchi masaladir, lekin bu
davr nutq madaniyati tushunchasining stixiyali ravishda bo„lsa-da, bir
qator axloqiy normalar, nutqiy qoidalar, estetik talablar bilan
aloqadorligi shubhasizdir.
Demak, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq
tillarida qadimdan mavjud hodisadir.
Jamoat oldida so„zga chiqib, unga biror narsani tushuntirish yoki
isbotlab berish zaruriyati qadim-qadim zamonlardan beri odamlarni
dilkashlikka,
so„zamollikka
rag„batlantirib
kelgan.
Notiqlik
san‟atining keng rivoj topishi uchun, avvalo, jamiyatda ma‟lum
ijtimoiy sharoitlarning mavjud bo„lmog„i darkor. Shunday sharoitda
eng muhimi so„z erkinligidir. Qadimgi Yunonistonda demokratiya
tuzumi o„rnatilishi tufayli, xalq majlislarida, kengashlarda, sud
yig„inlarida erkin ravishda so„zlash imkoniyati tug„iladi. Xalq
majlisiga to„plangan fuqaro oldida va‟zxonlik qilgan davlat
arboblarining g„alaba yoki mag„lubiyatlari hammadan burun ularning
so„zga qanchalik chechanliklari bilan belgilangan.
Sharqda nutq madaniyatining shakllanishi qadim zamonlarda XX
asrning boshlarigacha notiqlik san‟ati voizlik deb yuritilgan. Shunga
ko„ra nutq va‟z, notiq esa voiz deb atalgan. O„tmishda ham notiqlik
san‟ati vakillari hukmron sinfning manfaatini himoya qilgan.
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma» da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibrotomuz
gaplar aytilgan bo„lib, ular hozir ma‟lum darajada ahamiyatini
yo„qotmagan. «Qobusnoma»da Kaykavus tomonidan 1082-1083
yillarda yaratilgan bo„lib, 44 bobdan iborat. Uning 6-7- boblari so„z
odobi haqidadir.
1
Asar muallifining farzandiga qilgan nasixatlari
sifatida yozilgan. Kaykovus notiq so„zining ma‟nolarini har
tomonlama o„rgangan bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. So„zning qadri
undan foydalanish, kam so„zlab ko„p ma‟no anglatish, ravshan fikrlash
kabi masalalar ustida X11-X111 asr mutafakirlari Yusuf xos Hojib
1
Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008
Axmad Yugnakiyning ham ibratli fikr bildirganlar. Yusuf xos Hojib
o„zining mashhur asari «Qutadg„u bilig»da so„zlarni to„g„ri tanlash va
qo„llash haqida «Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur»,-deydi. Noto„g„ri
tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib, yurmagin deb so„zlovchini
ogohlantiradi.(«Hibbat-ul haqoyik»,1971 yil nashri,78-bet).
Alisher Navoiy o„z asarlarida notiqlik san‟ati vakillarini alohida
tilga olib o„tadi. Shoir umrining oxirida yozgan falsafiy asari bo„lgan
«Mahbub-ul qulub» da butun bir 24-bobni «Nasihat ahli va voizlar
zikri»ga bag„ishlaydi.
Normativlik (me‟yor) xususiyati adabiy tilning markaziy va eng
muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning ko„p vazifalilik ,
umumxulqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz
amalga oshmaydi. Chinakam ma‟noda normativlikka erishgan, adabiy
normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o„zining umumiylik
doirasidagi kommunikativ vazifalarni to„liq amalga oshira oladi. Shu
tufayli ham milliy adabiy tilda - uning og„zaki va yozma shaklida –
norma (me‟yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi.
Norma (me’yor) tushunchasi tilshunoslikda ko„pincha ikki
ma‟noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul
qilingan
va
mustahkamlangan,
ikkinchidan,
norma
deb
grammatikalarda, lug„atlarda, qo„llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi
yozuvchi va shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot
qilingan va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik – ya‟ni me‟yoriylik adabiy tilning yashash
shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo„lgan tovushlar, so„zlar,
so„z birikmalari, turli qo„shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida
ma‟lum qonun-qoidalarga, aytaylik, kelishilgan, ko„pchilik tomonidan
ma‟qullangan, norma deb tan olingan ko„rsatmalarga bo„ysungan
holda amal qiladi. Mana shu qonun-qoidalarning buzilishi, unga amal
qilmaslik deb baholanadi.
Demak, adabiy til muayyan konkret normativ vositalar,
imkoniyatlar, ularni qo„llash bilan bog„liq qonun-qoidalar
ko„rsatmalar yig„indisidan iboratdir. O„zbek adabiy til normalari ilmiy
asarlarda tubandagicha tasnif etiladi:
1.
Leksik-semantik normalar (so„z qo„llash).
2.
Talaffuz (orfoepik) normalar.
3.
Aksentologik (so„z va formalarda urg„uning to„g„riligi).
4.
Fonetik normalar.
5.
Grammatik (morfologik va sintaktik) normalar.
6.
So„z yasalish normalari.
7.
Imloviy normalar.
8.
Lug„aviy norma.
9.
Yozuv (grafik) normalar.
10. Punktatsion normalar.
11. Uslubiy normalar.
Fonetik norma. Hozirgi o„zbek adabiy tili uchun 6 ta unli va 25
ta undosh tovushning qo„llanishi norma hisoblanadi. Og„zaki nutqda
unlilarning variantlari mavjud. Masalan, o„roq so„zi bilan o„rdak
so„zini solishtirsak, adabiy tilda bir unli deb qabul qilingan o„
unlisining ikki xil talaffuz qilinishini ajratishimiz mumkin.
Talaffuz norma. Adabiy tilning og„zaki va yozma shakli
bo„lgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz normalari
mavjuddir. Talaffuz normalari til birliklarining og„zaki nutq
jarayonida adabiy til normasiga muvofiq kelishidir. Masalan, g„isht,
go„sht kabi so„zlarni talaffuz qilganimizda oxirgi undosh tushib
qoladi.
Imloviy norma. Imloviy norma, ya‟ni yozuv normasi adabiy
tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezondir. Imloviy
norma talaffuz normasidan farqli o„laroq stixiyali ravishda
shakllanmasdan til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan
holda yuzaga keltiriladi va uning amal qilinishi maxsus imlo qoidalari
orqali yo„lga qo„yiladi. Ma‟lum norma sifatida tavsiya etilgan til
unsurlaridan foydalanish millat vakillari uchun majburiy sanaladi.
Lug‘aviy norma. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal
qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so„z tanlash imkoniyatlari uning
leksik normasini belgilaydi. Umumxalq tilidan o„sib chiqqan adabiy til
unda mavjud bo„lgan so„z variantlaridan lug„aviy norma sifatida eng
ma‟qulini, hamma uchun tushunarli bo„lgan ko„rinishini tanlab oladi,
qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda yashayveradi. O„zbek adabiy
tilining lug„aviy normasi imlo lug„atida o„z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |