Ergasheva diloromning



Download 335,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana01.01.2022
Hajmi335,38 Kb.
#289150
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari



O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI  

OLIY VA O`RTA  MAXSUS  TA'LIM  VAZIRLIGI 

 

ZAHIRIDDIN  MUHAMMAD  BOBUR  NOMIDAGI 



ANDIJON  DAVLAT  UNIVЕRSITЕTI 

 

Filologiya fakul`tеti  

Tilshunoslik kafedrasi 

IV kurs  “A” guruh talabasi 



 

ERGASHEVA DILOROMNING 

 

O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI   

MAVZUSIDAGI 

 

 

referati



 

 

 



 

 

 



 

Ilmiy rahbar: 

 

    


 

Z.QODIROV 

 

 

 



Andijon-2015 

 


Mavzu:  O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS 

XUSUSIYATLARI 

 

R E J A 



 

I. Kirish. O„zbek adabiy tili - o„zbek nutqi madaniyatining asosi 

II. Asosiy qism. 

 

1. Adabiy til me‟yorlari.  



2. Til va nutq va uning me‟yorlari. 

3. Nutq turlari 

4. Nutqni shakllantiruvchi  birliklar 

 

III. Xulosa   



  

                   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


  Kishining so„zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi. 

                                                         («Nazm ul-javohir», 25-bet). 

Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda 

yaxshi,  o„rinli,  ta‟sirchan,  umuman  maqsadga  muvofiq  gapirishga 

intilish tushunchasi o„z mohiyatiga ko„ra ko„hna tarixga ega. 

Qadimiy  davr  kishilarida  ham  kundalik  nutqiy  an‟analariga  rioya 

qilgan  holda  gapirishga  harakat  qilish  o„z  nutqdoshlaridan 

boshqacharoq, ya‟ni ta‟sirli va yaxshiroqso„zlashga intilishodati bo„lgani 

shubhasiz.  Bunday  nutqiy  axloqiy  me‟yorlar  keyinchalik  avloddan-

avlodga  o„tib,  har  bir  davrda  ma‟lum  prinsiplar  asosida  o„zgarib, 

rivojlanib 

borganva 

nutqmadaniyatining 

umumahloqiy 

talablari 

darajasiga ko„tarilgan. Demak, tildan foydalanishga o„z fikrini to„liqroq, 

aniqroq  va  hatto  ifodali  hamda  ta‟sirchan  qilib  ifodalashga  intilish 

tushunchasi qadimiy va eski tasavvurdir. 

Qadimiy  tarixga  ega  bo„lgan  yaxshi  gapirishga  intilish 

tasavvurini ikki davrga bo„lish mumkin: 

a) adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati

b) adabiy til paydo bo„lgandan keyingi davr madaniyati. 

 

Adabiy  til  paydo  bo„lgunga  qadar  nutq  madaniyati  ma‟lum, 



konkret lingvistik talablar bilan aloqador bo„lganmi, yo„qmi biz uchun 

qorong„udir. Bu maxsus tekshirishni talab qiluvchi masaladir, lekin bu 

davr nutq madaniyati tushunchasining stixiyali ravishda bo„lsa-da, bir 

qator  axloqiy  normalar,  nutqiy  qoidalar,  estetik  talablar  bilan 

aloqadorligi shubhasizdir. 

 

Demak,  madaniy  gapirishga  intilish  tushunchasi  barcha  xalq 



tillarida qadimdan mavjud hodisadir. 


 

Jamoat oldida so„zga chiqib, unga biror narsani tushuntirish yoki 

isbotlab  berish  zaruriyati  qadim-qadim  zamonlardan  beri  odamlarni 

dilkashlikka, 

so„zamollikka 

rag„batlantirib 

kelgan. 

Notiqlik 

san‟atining  keng  rivoj  topishi  uchun,  avvalo,  jamiyatda  ma‟lum 

ijtimoiy  sharoitlarning  mavjud  bo„lmog„i  darkor.  Shunday  sharoitda 

eng  muhimi  so„z  erkinligidir.  Qadimgi  Yunonistonda  demokratiya 

tuzumi  o„rnatilishi  tufayli,  xalq  majlislarida,  kengashlarda,  sud 

yig„inlarida  erkin  ravishda  so„zlash  imkoniyati  tug„iladi.  Xalq 

majlisiga  to„plangan  fuqaro  oldida  va‟zxonlik  qilgan  davlat 

arboblarining g„alaba yoki mag„lubiyatlari hammadan burun ularning 

so„zga qanchalik chechanliklari bilan belgilangan.  

 

Sharqda nutq madaniyatining shakllanishi qadim zamonlarda XX 



asrning  boshlarigacha  notiqlik  san‟ati  voizlik  deb  yuritilgan.  Shunga 

ko„ra  nutq  va‟z,  notiq  esa  voiz  deb  atalgan.  O„tmishda  ham  notiqlik 



san‟ati vakillari hukmron sinfning manfaatini himoya qilgan. 

 

Qadimgi  sharq  pedagogikasining  ajoyib  asarlaridan  biri 



«Qobusnoma»  da  ham  nutq  odobi  va  madaniyati  haqida  ibrotomuz 

gaplar  aytilgan  bo„lib,  ular  hozir  ma‟lum  darajada  ahamiyatini 

yo„qotmagan.  «Qobusnoma»da  Kaykavus  tomonidan  1082-1083 

yillarda  yaratilgan  bo„lib,  44  bobdan  iborat.  Uning  6-7-  boblari  so„z 

odobi  haqidadir.

1

  Asar  muallifining  farzandiga  qilgan  nasixatlari 



sifatida  yozilgan.  Kaykovus  notiq  so„zining  ma‟nolarini  har 

tomonlama  o„rgangan  bo„lishi  kerak,  deb  hisoblaydi.  So„zning  qadri 

undan foydalanish, kam so„zlab ko„p ma‟no anglatish, ravshan fikrlash 

kabi  masalalar  ustida  X11-X111  asr  mutafakirlari  Yusuf  xos  Hojib 

                                                           

1

 Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent,  2008 




Axmad  Yugnakiyning  ham  ibratli  fikr  bildirganlar.  Yusuf  xos  Hojib 

o„zining mashhur asari «Qutadg„u bilig»da so„zlarni to„g„ri tanlash va 

qo„llash haqida «Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur»,-deydi. Noto„g„ri 

tuzilgan  nutq  tufayli  keyin  hijolat  chekib,  yurmagin  deb  so„zlovchini 

ogohlantiradi.(«Hibbat-ul haqoyik»,1971 yil nashri,78-bet). 

 

Alisher Navoiy o„z asarlarida notiqlik san‟ati vakillarini alohida 



tilga olib o„tadi. Shoir umrining oxirida yozgan falsafiy asari bo„lgan 

«Mahbub-ul  qulub»  da  butun  bir  24-bobni  «Nasihat  ahli  va  voizlar 

zikri»ga bag„ishlaydi. 

 

Normativlik (me‟yor) xususiyati adabiy tilning markaziy va eng 



muhim  belgisidir.  Normativlik  adabiy  tilning  ko„p  vazifalilik  , 

umumxulqiylik,  umummajburiylik  xususiyatlari  mana  shu  belgisiz 

amalga oshmaydi. Chinakam ma‟noda normativlikka erishgan, adabiy 

normalari  mana  shu  asosda  shakllangan  tilgina  o„zining  umumiylik 

doirasidagi  kommunikativ  vazifalarni  to„liq  amalga  oshira  oladi.  Shu 

tufayli  ham  milliy  adabiy  tilda    -  uning  og„zaki  va  yozma  shaklida  – 

norma (me‟yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi. 

 

Norma  (me’yor)  tushunchasi  tilshunoslikda  ko„pincha  ikki 

ma‟noda  tushuniladi:  birinchidan,  tildagi  umum  tomonidan  qabul 

qilingan 

va 

mustahkamlangan, 



ikkinchidan, 

norma 


deb 

grammatikalarda, lug„atlarda, qo„llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi 

yozuvchi  va  shoirlar  asarlaridan  keltirilgan  nufuzli  faktlar  bilan  isbot 

qilingan va mustahkamlangan qoida tushuniladi. 

 

Normativlik  –  ya‟ni  me‟yoriylik  adabiy  tilning  yashash 

shartlaridan  biridir.  Adabiy  tilda  mavjud  bo„lgan  tovushlar,  so„zlar, 

so„z birikmalari, turli qo„shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida 



ma‟lum qonun-qoidalarga, aytaylik, kelishilgan, ko„pchilik tomonidan 

ma‟qullangan,  norma  deb  tan  olingan  ko„rsatmalarga  bo„ysungan 

holda amal qiladi. Mana shu qonun-qoidalarning buzilishi, unga amal 

qilmaslik deb baholanadi.  

 

Demak,  adabiy  til  muayyan  konkret  normativ  vositalar, 



imkoniyatlar,  ularni  qo„llash  bilan  bog„liq  qonun-qoidalar 

ko„rsatmalar yig„indisidan iboratdir. O„zbek adabiy til normalari ilmiy 

asarlarda tubandagicha tasnif etiladi: 

1. 


Leksik-semantik normalar (so„z qo„llash). 

2. 


Talaffuz (orfoepik) normalar. 

3. 


Aksentologik (so„z va formalarda urg„uning to„g„riligi). 

4. 


Fonetik normalar. 

5. 


Grammatik (morfologik va sintaktik) normalar. 

6. 


So„z yasalish normalari. 

7. 


Imloviy normalar. 

8. 


Lug„aviy norma. 

9. 


Yozuv (grafik) normalar. 

10.  Punktatsion normalar. 

11.  Uslubiy normalar. 

 

Fonetik norma.  Hozirgi o„zbek adabiy tili uchun 6 ta unli va 25 

ta  undosh  tovushning  qo„llanishi  norma  hisoblanadi.  Og„zaki  nutqda 

unlilarning  variantlari  mavjud.  Masalan,  o„roq  so„zi  bilan  o„rdak 

so„zini  solishtirsak,  adabiy  tilda  bir  unli  deb  qabul  qilingan  o„ 

unlisining ikki xil talaffuz qilinishini ajratishimiz mumkin. 

 

Talaffuz  norma.  Adabiy  tilning  og„zaki  va  yozma  shakli 

bo„lgani  kabi,  nutqda  ham  imloviy  hamda  talaffuz  normalari 




mavjuddir.  Talaffuz  normalari  til  birliklarining  og„zaki  nutq 

jarayonida  adabiy  til  normasiga  muvofiq  kelishidir.  Masalan,  g„isht, 

go„sht  kabi  so„zlarni  talaffuz  qilganimizda  oxirgi  undosh  tushib 

qoladi. 


 

Imloviy  norma.  Imloviy  norma,  ya‟ni  yozuv  normasi  adabiy 

tilning  madaniylik  darajasini  belgilovchi  asosiy  mezondir.  Imloviy 

norma  talaffuz  normasidan  farqli  o„laroq  stixiyali  ravishda 

shakllanmasdan  til  vakillari  tomonidan  ongli  ravishda  kelishilgan 

holda yuzaga keltiriladi va uning amal qilinishi maxsus imlo qoidalari 

orqali  yo„lga  qo„yiladi.  Ma‟lum  norma  sifatida  tavsiya  etilgan  til 

unsurlaridan foydalanish millat vakillari uchun majburiy sanaladi. 

 

Lug‘aviy  norma.  Adabiy  tilda  milliy  tilning  yashash  va  amal 

qilish  qonuniyatlaridan  kelib  chiqib  so„z  tanlash  imkoniyatlari  uning 

leksik normasini belgilaydi. Umumxalq tilidan o„sib chiqqan adabiy til 

unda  mavjud  bo„lgan  so„z  variantlaridan  lug„aviy  norma  sifatida  eng 

ma‟qulini, hamma uchun tushunarli bo„lgan ko„rinishini tanlab oladi, 

qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda yashayveradi. O„zbek adabiy 

tilining lug„aviy normasi imlo lug„atida o„z ifodasini topgan. 

 


Download 335,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish