Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


§). Bu muammo iqtisodiyotning besh asosiy savolida namoyon bo’ladi.   Nima?



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован

§). Bu muammo iqtisodiyotning besh asosiy savolida namoyon bo’ladi. 
 Nima? — ma’lum bir vaqtda qanaqa tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish zarur? 
Qancha? - ishlab chiqarilayotgan mahsulot qancha miqdorda bo’lishi kerak?  
 Qanday? — ishlab chiqarish omillarining qanday kombinatsiyasini, texnologiyani 
tanlash kerak? 
 Kim uchun? — ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni kim sotib oladi, jamiyatda 
yaratilgan tovar va xizmatlardan olingan daromad qanday taqsimlanadi?  
 Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? – iste’mol talabi, resurslar taklifi va 
texnologiyaning o’zgarishiga muvofiq ravishda reaktsiya qiladimi? 
 Ishlab  chiqarish  samaradorligi ana shu savollarga to’g’ri javob tanlash bilan bog’liq. 
Bunda tadbirkorning, menejerning qolaversa, har bir rahbarning iqtisodiy fikrlash doirasi 
qandayligi muhim rol o’ynaydi. 

 
 
3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, 
me’yoriy unumdorlik nazariyasi 
 
 Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi 
kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan 
birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin 
tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz. 
Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal 
qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi. 
 Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum 
bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. 
Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab 
chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun 
mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin. 
 Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin. 
 
Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli 
kombinatsiyalarda birlashsin deylik. 
 Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40 
kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib 
keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: 
U=f(a1, a2, a3, ... an) 
 Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; 
 a1, a2, a3, ... an — ishlab chiqarish omillari.  
 Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb 
qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash 
mumkin.  
Q=f(L·K·N) 
 Q — mahsulot miqdori. 
 L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi. 
 Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy 
xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir 
texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi 
omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar 
deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi 
— bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik, 
elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.) 
 Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini 
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir 
hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining 
turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal 
varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab 
chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental 
kontseptsiyasi hisoblanadi.  
 
Mexnat mikdori,j birlik (kishi)
Er mikdori, birligi (ga) 
10 20 30 40 




700 
1000 
1200 
1400 
1000 
1410 
1720 
1400 
1000 
1410 
1720 
2000 
1230 
1730 
2120 
2450 
 

  
 Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya 
bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q, 
deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni 
o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq 
muddatli davr farqlanadi. Qisqa muddatli davr- shunday davrki, korxonaning quvvatini 
o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan 
birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi 
kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi.   
 Uzoq muddatli davr deb, ishlab chiqarishning barcha omillarini(doimiy, o’zgaruvchi) 
o’zgartirish uchun etarli bo’lgan vaqtga aytiladi.  
 Qmsqa muddatli davrda firma o’z mahsuloti hajmini faqat o’zgaruvchi omillar evaziga 
o’zgartiradi. Bunda doimimy omillar o’zgarmay qoladi. Bu davr mahsulot ishlab chiqarish 
dinamikasi me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonunini amal qilishiga ko’ra aniqlanadi.  
  
Ishlab chiqarish omiliga talab shu omil tufayli olingan me’yoriy mahsulotga 
bog’liq. Masalan, to’qimachilik tsexi bo’lib, ma’lum texnologiya bo’yicha bir to’quvchi o’nta 
to’quv dastgohini boshqa-radi deylik, biz to’quvchilar sonini o’zgartirmay dastgohlar so- 
nini ko’paytirishimiz mumkin. Albatta, dastgohlarni ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’payishiga olib keladi. Lekin to’quvchi 12 dastgohni 10 ta dastgohga o’xshab yaxshi boshqara 
olmaydi. 15 tasini 12 taga o’xshab. Buning natijasida mahsulotning miqdori umuman o’sishiga 
qaramay, har bir qo’shimcha stanokda chiqarilgan mahsulot avvalgisiga qaraganda kam bo’ladi. 
Bu misolimiz bo’yicha teskari vaziyatni ham ko’rishimiz mumkin. Dastgohlarni ko’paytirmay, 
to’quvchilar sonini ko’paytiraylik. U holda har bir to’quvchi kamroq dastgohni boshqaradi. U 
albatta 9 dastgohni 10 taga qaraganda yaxshi, 8 tasini undan ham yaxshiroq boshqaradi. Lekin 
dast-gohlarni unumdorligi cheklangan, shuning uchun har bir to’quvchi ishlab chiqargan 
mahsulot miqdori kamayib boradi. 
 Bu misol bizni muhim xulosaga olib keladi: bilim va texnikaning ma’lum bir erishilgan 
darajasida ishlab chiqarishning bosh omillari o’zgarmagani holda bir omilni o’sib borishi shu 
omil olib keladigan unumning ma’lum bir me’yoridan so’ng pasayib borishini ko’rsatadi. Ana 
shu bog’lanish me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayishi qonunini ifodalaydi. 
 Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng 
har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum (daromad) olib kelishi 
me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayish qonuni deb ataladi. 
 Uni chizmada tasvirlasak, quyidagicha ifodalash mumkin:  

 
 
 
  
Chizma bir omil o’z-
garuvchi 
(misolimizda 
mehnat), ikkinchisi — 
o’zgarmas (kapital 
misolimizda stanok) 
vaziyatda qanday hol 
ro’y berishi 
mumkinligini 
ko’rsatadi. Avvalgi 
me’yoriy 
(qo’shimcha) 
mahsulot birmuncha 
ko’payadi. Lekin 
to’quvchilar soni ortib 
borishi bilan 
(stanoklar soni 
o’zgarmagan holda) 
me’yoriy mahsulot 
kamayishni 
boshlaydi, chunki to’quvchini ko’payishi ular xizmat qilayotgan stanoklarni sonini kamayishiga 
olib keladi. To’quvchilarni yollash ma’lum chegaragacha davom etadi. Bu chegara qaerda? Bu 
chegara mehnatning bozor bahosi, ya’ni ish haqiga teng bo’ladi. Ana shu ish haqi darajasi 
tadbirkorga qo’shimcha ish kuchi yollash kerakmi yoki yo’qligini ko’rsatadi. Bu ish haqi 
me’yoriy mahsulotning puldagi ifodasiga teng bo’ladi. 
 Agarda to’quvchining oylik ish haqi 70 ming so’m desak, misolimiz bo’yicha 10- 
to’quvchi yaratgan me’yoriy mahsulot ish haqiga teng. Uni chizmada ajratib ko’rsatilgan. 11- 
to’quvchidan boshlab me’yoriy mahsulot ish haqidan kamayib 60 ming, 50 ming so’m va ho-
kazoni tashkil etadi. Natijada mahsulot ishlab chiqarishni 950ming so’mdan ko’paytiradigan 
bo’lsak, borgan sari foyda kamayib, oxir-oqibat zarar keltirishi mumkin. Vaholanki yuzaki 
qarasak, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek edik. Sababi 
qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlarning o’sishi o’rtacha xarajatlarni 
ham o’sishiga olib keladi (12 - bobga qarang). 
 Bizni misolimizda me’yoriy xarajat to’quvchiga berilayotgan ish haqi, me’yoriy daromad 
bu qo’shimcha mehnat birligi evaziga yaratilgan pul shaklidagi me’yoriy mahsulot. Muvozanat 
pul shaklidagi me’yoriy mahsulotni ish haqiga teng bo’lganida ro’y beradi. Mukammal raqobat 
kurashi sharoitida yollangan ishchiga to’lanadigan ish haqi sotib olingan resurslar uchun qilingan 
me’yoriy xarajatlarga teng. Shuning uchun uni MRC=MRP tarzida yozishimiz mumkin. 
 Bu erda: MRC — resurslar uchun me’yoriy xarajatlar  
 
 (marginal 
resource 
costs); 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
    500 
   
 
 
   380 
610 
  
 
 
  270 
710 
 
 
   170 
800 
 
        MRP1
0
=950-880=70 ming 
so’m 
 
        MRP=MRC=W=70 ming 
so’m 
 

80 
880 
     
950 
    
1010  
 
 
1060  
 
1100  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
80
-0
=8

170-
80
=9

270-
170
=100
 
380-
270
=90
 
500-
380
=120
 
610-
500
=110
 
710-
610
=100
 
800-
710
=90
 
880-
800
=80
 
 
1010
-95
0=
60
 
10
60-
101
0=
50
 
11
00-
106
0=
40
 
 
    0        1       2        3       4        5       6        7       8       9       10       11      12      13 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mehnat L (labor) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

  
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
K 6 3 2 1 
L 1 2 3 6 
 
 MRP — me’yoriy mahsulot pul shaklida (marginal rutnie  
  
 produst).  
 Me’yoriy  unumdorlikni  pasayishi qonuni qisqa muddatli davrda :  
1. Ishlab chiqarishning ma’lum bir omili o’zgarmay qolganda;  
2. Omillar o’rtasidagi samarali nisbat buzilganda;  
3. Fan-texnika taraqqiyoti yuz bermay, yangi ixtirolar qilinmasa yoki ixtirolar ishlab 
chiqarishga joriy qilinmasa amal qiladi.  
  
Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda olingan qo’shimcha mahsulot 
shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot (marginal product MP) bo’ladi. 
  
 
Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish 
omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini 
ifodalovchi egri chiziq izokvanta (Isoquant) — deb ataladi.. 
  
Turli izokvantalar majmui tasvirlangan grafik, izokvant kartasi deb ataladi (b rasm). 
Ishlab chiqarishning turli xil omillari nisbati ham har xil bo’lsa-da, ularning hammasi 
umumiy xususiyatlarga ega. 
 
 


 

 

 

 

 

 

    0       1     2      3      4      5      6  

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.Boshqa sharoitlar teng bo’lganda bir resursni ko’payishi hisobiga mahsulot hajmini 
o’stirishning chegarasi mavjud. Misolimizda to’quv dastgohlari o’zgarmagani holda ishchilar 
sonini o’sib borishi ma’lum chegaradan keyin mahsulot hajmini o’sishi nolga yaqinlashadi. 
 2.Ishlab chiqarish hajmi ma’lum darajada ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rin 
bosishi tufayli nisbatini o’zgartirishi mumkin. Ishlovchilarning mehnati zarur unumli asbob-
uskunalar bilan ta’minlangandagina samarali bo’ladi. Bunday asbob-uskuna bo’lmasa ishlab 
chiqarish hajmi pasayishi yoki ishchilar sonini ko’paytirish mumkin. Bunda bir resurs boshqasi 
bilan almashadi. 
 Shu bilan birga yuqorida aytganimizdek, birini ikkinchisi bilan almashtirishning ham 
chegarasi bor. 
  
 
  Q

  Q

  Q

K
6
5
4
3
2
1
        0       1       2       3       4      5       6          L       
Q
1
 hajmda mahsulot ishlab
chiqarish uchun zarur
omillarning kombinatsiyasi Q
2
dan yoki Q
3
 dan farq qiladi. 
Demak, izokvanta egri chizig’i
xam. Buni izokvanta kartasidan
ko’rish mumkin. 

  
4-§. Iqtisodiy samaradorlik va vaqtni tejash qonuni 
 
  Ma’lumki, ishlab chiqarishning natijasi, ya’ni samarasi bu yaratilgan mahsulotdir. Ishlab 
chiqarish uchun sarflangan resurslar ishlab chiqarish omiliga aylanadi, mahsulotda esa ishlab 
chiqarish xarajatlari sifatida gavdalanadi. Ishlab chiqarishning jamiyat uchun naqadar samarali 
ekanligi samaradorlik ko’rsatkichi orqali ifodalanadi.  
  
 Samaradorlik = Ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)  
  Ishlab chiqarish xarajatlari  
 
 Samaradorlik ishlab chiqarishni xarakterlaydigan eng muhim iqtisodiy ko’rsatkich. 
Aynan samaradorlikni o’sishi kam xarajat qilib, yaxshiroq, ko’proq natijaga erishish, cheklangan 
resurslardan samarali foydalanishni jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini ko’rsatadi.  
 Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni uch 
omil: mehnat, kapital va er (tabiiy resurslar) ta’minlaydi. Undan kelib chiqib, jami mahsulotni 
mehnat xarajatlari L, kapital K, tabiiy resurslar N, funktsiyasi Y sifatida ko’rish mumkin. 
Y = f(L,K,N) 
 Ishlab chiqarish omillaridan naqadar samarali foydalanilganini har bir omil evaziga 
olingan mahsulot orqali ifodalanadi. Bunda ana shu omillarni qo’llashdan olingan natijalarni 
ifodalovchi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. 
 Barcha  omillarni  ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan 
mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi.  
 Kilingan xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulotimiz o’rtacha mahsulot bo’lib, u 
aynan omillardan qay darajada samarali foydalanganimizni ko’rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik 
bilan bog’liq yana bir iqtisodiy ko’rsatkich bu me’yoriy mahsulotdir. U bir birlik qo’shimcha 
qilingan xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulot hajmini ko’rsatadi.  
 Iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydigan muhim ko’rsatkichi bo’lib, birinchidan, mehnat 
unumdorligi yoki unga teskari ko’rsatkich mehnat sig’imi hisoblanadi. Mehnat unumdorligini 
mahsulot hajmini mehnat xarajatlariga nisbati Y/L mehnat sig’imini esa mehnat xarajatlarini 
mahsulot hajmiga L/Y nisbati tarzida aniqlanadi.  
 Mehnat unumdorligi mehnatning natijasi, uning samaradorligini anglatadi. Mehnat 
unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va xizmatlar miqdori bo’lsa, mehnat sig’imi esa 
aksincha bir birlik mahsulot yaratish uchun sarflangan ish vaqtidir. 
 Mehnat unumdorligini oshirish o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondira borishning iqtisodiy 
jihatdan qulay yo’li hisoblanadi. Mehnat unumdorligiga ham juda ko’p omillar ta’sir etadi. 
Ularni asosan quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
 1. Jamiyatda erishilgan texnika-texnologiya darajasi, boshqacha aytganda ish qurollari 
naqadar mukammalligi. 
 2. Ishlovchilarning bilim saviyasi, mehnat malakasi va mahorati, ya’ni ish kuchining 
sifati. 
 3. Ishlab chiqarishning tabiiy-iqlimiy sharoiti. Tabiiy resurslarni ishlatishning naqadar 
qulayligi. 
 4. Resurslarni cheklanganligi sharoitida ularni qanday ishlatishni tanlash va qaror qabul 
qilish.  
 5. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, infrastrukturani tashkil etish va boshqalar. 
 Ish unumining ortishi, ish vaqtining tejalishi va bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. 
Jamiyat taraqqiyoti natijasida borgan sari ish vaqti tejalib bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. 
Masalan, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ish xaftasi asrimiz boshlarida 53 soat va undan 
ortiq edi. 50- yillarga kelib u 40 soatni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 35 soat. 
 Unumdorlik oshib, bo’sh vaqtning ko’payib borish vaqtning tejalish qonuni amal 
qilishidan dalolat beradi. Bu qonunga ko’ra har qanday tejash vaqtning tejalishi demakdir. 

 
 
 Bo’sh vaqtning ko’payishi, o’z navbatida, aholi farovonligiga ta’sir etadi. Bu jihatlarni 
mahsulot hajmi orqali ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ham iqtisodchilar ana shu tomonlarni 
ham hisobga olish yo’llarini topishga urinmoqda. 
 Kapital omididan foydalanish samarasini ko’rsatishda kapital unumdorligi yoki unga 
teskari ko’rsatkich kapital sig’imidan foydalaniladi. 
 Kapital unumdorligi mahsulot hajmini sarflangan kapitalga (odatda asosiy kapital) Y/K 
nisbati, kapital sig’imi esa aksincha kapital hajmini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati 
K/Y tarzida hisoblanadi. 
 Omillardan foydalanishning holatini ko’rsatadigan muhim ko’rsatkichlardan biri tabiiy 
resurslar er, energiya, material va boshqalarning unumdorligi yoki aksincha resurslar sig’imidir. 
 Resurslar unumdorligi mahsulot hajmini resurslar hajmiga nisbati Y/N yoki aksincha 
resurs sig’imi resurslar hajmini mahsulot hajmiga N/Y nisbati tarzida hisoblanadi.  
 
Er unumdorligi odatda qishloq xo’jaligida hisoblanadi. U olingan mahsulotni er 
maydoniga nisbati tarzida Y/N hisoblanadi. Bu ko’rsatkich erdan naqadar samarali 
foydalanilayotganini ko’rsatadi. 
 Undan tashqari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida omillarning bir-biriga nisbati tarzida 
ham ko’rish mumkin. Bunday ko’rsatkichlardan avvalo kapital xarajatlari bilan mehnat 
xarajatlari o’rtasidagi nisbat (K/L) ya’ni mehnatni kapital bilan qurollanish darajasi va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin.  
 Barcha  omillarni  ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan 
mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi.  
 Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi zamonda texnika ayniqsa axborot industrial 
texnologisi iqtisodiy o’sishning, ishlab chiqarishni samarasini o’sishining dvigateli hisoblanadi. 
Texnika taraqqiyoti o’z ichiga faqat texnika va ishlab chiqarish usullarinigina emas, balki ishlab 
chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllarini ham oladi.  
 O’z navbatida ishlab chiqarish uchun resurslar va ishlab chiqarish omillarining yangi 
nisbatlarini, udarning yangi-yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga imkoniyat yaratishni ham 
o’z ichiga oladi.  
 
Mamlakatimizda hozirgi erishilgan darajani hisobga olgan holda kelajakda ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga axborot industrial texnologiyasini vujudga keltirish, 
mahsulot hajmini ko’vaytirish mezonlari asosida uning tarkibini talabga moslashtirish, iste’mol 
mollari va xizmatlarning ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va 
sanoatlashtirish asosida amalga oshirish orqali erishish mumkin.    
 Jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichidan tashqari sotsial samaradorlik 
ko’rsatkichi ham mavjud. U jamiyat a’zolarining kayfiyati, yashash tarzi, turmush darajasining 
o’zgarishi, sotsial barqarorlik kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Qilingan xarajatlarning iqtisodiy 
jihatdan samarasi past bo’lishi mumkin, dekin sotsial jihatdan bu xarajatlar zarur va o’zini 
oqlaydi. Ayrim sohalar foyda keltirmaydi yoki zarar olib kelishi mumkin, lekin ular jamiyat 
uchun zarur. Masalan, aholini normal yashashini ta’minlaydi yoki ish bilan ta’minlashda katta 
ahamiyatga ega.  
 Shuning uchun jamiyat miqyosida samaradorlik haqida gapirar ekanmiz, iqtisodiy 
samaradorlik Bilan birga sotsial samaradorlikka ham ahamiyat berishimiz kerak. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
1. Ishlab chiqarish funktsiyasi  
 
2. Ishlab chiqarish 
3. 
Iqtisodiy 
faoliyat 
 
   4. 
Iste’mol 
 
5. 
Izokvanta 
 
    6. 
Iqtisodiy 
samaradorlik 
 
7. 
Me’yoriy 
mahsulot 
 
   8. 
Ayirboshlash 
9. 
Taqsimot 
 
    10. 
O’rtacha 
mahsulot 
 
11. Me’yoriy unumdorlik(daromad)ni pasayish qonuni.  
 

  
A)Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish 
jarayoni;  
B)Ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayoni; 
V)Insonni ehtiyojini qondirish, ya’ni hayot kechirish, tirikchilikni ta’minlashning vosita 
va usullari majmui;  
G)Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish 
omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini 
ko’rsatuvchi egri chiziq;  
D)Ishlab chiqarish omillarining har qanday to’plami Bilan shu omillar yordamida 
maksimal imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bog’lanishni 
ifodalovchi funktsiya; 
E)Qo’shimcha bir birlik har qanday o’zgaruvchi omil evaziga yaratilgan umumiy 
mahsulot (TR) hajmini o’zgarishi tushuniladi. Masalan,MP= TP/ L;  
 Yo)Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida resurslarni, ishlab chiqarish milarining 
egalari o’rtasida esa yaratilgan mahsulotni taqsimlanishinm ifodalaaydi;  
J)ma’lum miqdordagi ne’matlarni bir sub’ektdan boshqa sub’ekt ixtiyoriga o’tish 
jarayoni;  
Z)Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng 
har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum(daromad) olib kelishini 
ifodalaydi.  
I)Iqtisodiy xarajatlar evaziga erishilgan ishlab chiqarish natijasi, yaratilgan mahsulot.  
Y)Ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot(TR)ning o’zgaruvchi ishchlab chiqarish 
omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, AR=TR/ L 
 
 Takrorlash va munozara uchun savollar 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish