Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar,  
qonun-qoidalar va siyosat bilan bog’liqligi 
4. Iqtisodiy siyosat 
Iqtisodiy siyosat iqtisodiy faoliyat yoki uning oqibatlarini nazorat qiladi, ularga ta’sir 
o’tkazadi (turli chora-tadbirlar, dastaklar, vositalar orqali) 
 ↑ 
 3. Nazariya 
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish asosida, chiqarilgan umumiy xulosalar asosida iqtisodiy 
faoliyatning asosiy printsiplari ishlab chiqiladi, ya’ni nazariy jihatdan asoslab beriladi. 
   
2. Xususiy va umumiy xulosa 
Yig’ilgan ma’lumotlarni o’rganib chiqib, ular asosida xulosalar chiqariladi. Xususiy 
xulosalar umumlashtirilib umumiy xulosalar chiqariladi. 
 ↑ ↓  
 1. Dalillar 
Iqtisodiyot nazariyasi aniq muammoga yoki iqtisodiyotning u yoki bu aspektiga tegishli 
dalillar, ma’lumotlar to’playdi. 
 
 Nazariya siyosatning iqtisodiyotga qayta ta’sirini ham o’rganadi. Siyosat iqtisodga qarab 
shakllanadi. Shu ma’noda iqtisod siyosatga nisbatan birlamchi. Ammo, to’g’ri tanlangani yoki 
yo’qligiga qarab ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
 Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyot rivojlanishining qonun-qoidalarini o’rganar ekan, shu 
ma’noda u siyosatning ilmiy asosi bo’ladi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy borliqni bilish uchun ilmiy qo’llanmadir. 
 Iqtisodiyot nazariyasi dalillar asosida chiqargan xulosalarining naqadar to’g’riligi va 
uning hayotga tatbiq etilishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qudratli turtki bo’lib xizmat 
qilishi yoki aksincha, to’siq bo’lishi ham mumkin. 
 Iqtisodiyot nazariyasidan xabari yo’q kishining jamiyat miqyosidagi qator savollarga: 
«egizak taqchillik» — byudjet taqchilligi bilan tashqi savdo balansi taqchilligining sabablari 
nimada, u qanday oqibatlarga olib keladi? Nima sababdan fond birjalarida aktsiyalar kursining 
dramatik tarzda pasayib ketishi yuz beradi? Nima sababdan inflyatsiyaning oldini olish kerak? 
Ishsizlikni qanday qilib qisqartirish mumkin? Fermerlarni, umuman qishloq xo’jaligini 
subsidiyalash kerakmi? Bu savollarga javob topish qiyin. Siyosiy arboblar bu fanni chuqur 
bilmay turib, davlatni boshqarishlari mushkul. 
 Iqtisodiyot nazariyasi har bir inson uchun amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mavjud 
axborotlardan xo’jalik yuritishda (oiladan boshlab yirik korporatsiyalar miqyosigacha) zarur 
xulosalar chiqarish, ular asosida o’z faoliyatini tashkil etish uchun ham iqtisodiyot nazariya-sini 
bilish zarur. 
 Lekin shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiyotdagi muammolar individual nuqtai nazardan 
emas, balki ijtimoiy, jamiyat nuqtai nazaridan o’rganiladi. Ishlab chiqarish, taqsimot, 
ayirboshlash va iste’molga alohida shaxs fikri, qarashi tarzida emas, balki jamiyat miqyosida 
qaraladi. 
 Iqtisodiyot  nazariyasi  faktlar,  dalillarga tayanib, xulosa chiqarib va uni iqtisodiy siyosat 
yuritishga asos bo’lishi tufayli iqtisodiyot nazariyasi pozitiv nazariyadan keskin tarzda normativ 
iqtisodiyot nazariyasiga o’tadi. 
 Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillar yordamida tad-qiqot olib boradi. Ular 
asosida kishilarning iqtisodiy faoliyat jarayonida o’zlarini qanday tutishlarini ilmiy asoslashga 
harakat qiladi. 

  
 Normativ iqtisodiyot nazariyasi esa iqtisodiy jarayonlarni baholashga, iqtisodiyotda 
qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday iqtisodiy siyosat yuritish kerakligini 
ko’rsatadi. 
 Masalan, mamlakatda mehnatga yaroqli aholi 10 mln. kishi bo’lib, ishsizlar 600 mingdan 
800 mingga ko’paydi, deylik. 
 Pozitiv iqtisodiyot mamlakatda ishsizlik 6% dan 8% ga o’sdi, deb ko’rsatadi. 
 Normativ iqtisodiyot esa ishsizlik 6% dan 8% ga o’sishining sababi nimada ekanligi, u 
qanday oqibatga olib kelishini, ishsizlikni qisqartirish zarurligi va unga qanday erishish 
mumkinligini ko’rsatadi. 
 Qisqacha aytganda, pozitiv iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotning real holatini o’rgansa, 
normativ iqtisodiyot nazariyasi sub’ektiv tarzda qanday bo’lishi kerakligi haqidagi fikrni 
ifodalaydi. 
 Pozitiv iqtisodiyot nazariyasida fikrlar qarama-qarshiligi yo’q, iqtisodiy jarayonlarni 
talqin qilishda uncha katta farq yo’q. Lekin iqtisodiy siyosatni asoslashda, jamiyatning qanday 
bo’lishi kerakligi haqidagi qarashlari, tavsiyalar bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, daromadni 
qay tarzda taqsimlanayotgani haqida iqtisodchilar hamfikr, qanday taqsimlanishi haqidagi 
tavsiyalari esa bir-biridan katta farq qiladi. 
 Iqtisodiy siyosat esa iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslanishi kerak. Ko’pchilik tomonidan 
tan olingan iqtisodiy printsiplardan biri ma’lum chegarada xarajatlar va ish bilan bandlik 
o’rtasida bog’lanish. Xarajatlarning umumiy hajmi ortganda ish bilan band-lik o’sadi. Aksincha, 
umumiy xarajatlar hajmi qisqarsa, ishsizlik ko’payadi. Mana shu bog’lanish hukumatning 
iqtisodiy siyosat yuritishida bebaho xizmat qilishi, yordam berishi mumkin. 
 Agarda statistik ma’lumotlar umumiy xarajatlar hajmining pasayishini ko’rsatsa, demak, 
kelajakda ishsizlikning ko’payishi kutiladi. Mana shu kutilayotgan natijadan hukumat xulosa 
chiqarib, umumiy xarajatlarni ko’paytirish va kutilayotgan ishsizlikning oldini olish chora-
tadbirlarini belgilaydi. 
 Demak, samarali boshqarish uchun statistik ma’lumotlardan to’g’ri xulosa chiqarish va 
ularning o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’ra bilish kerak. 
Iqtisodiyot nazariyasi mana shunga o’rgatadi, hamda hushyorlik, aql-idrok bilan iqtisodiy siyosat 
yurgizishga asos bo’lib xizmat qiladi. 
 Agarda jamiyatning bosh maqsadi aholi farovonligini ta’minlash, turmush darajasini 
yuksaltirish bo’lsa, unga erishish uchun qator iqtisodiy muammolarni hal etish, maqsadlarni 
amalga oshirish kerak. 
 Qamiyat tomonidan amalga oshirilishi zarur, ko’pchilik tomonidan keng e’tirof etilgan 
quyidagi iqtisodiy maqsadlar mavjud. 
 1.  Iqtisodiy o’sish. Iloji boricha ko’proq va yaxshi sifatliroq tovar ishlab chiqarish, 
xizmat ko’rsatishning barqaror o’sishini ta’minlash. 
 2. To’la bandlik. Mehnatga layoqatli har bir ishlashni xohlagan kishi ish bilan 
ta’minlanishi kerak. 
 3.  Iqtisodiy samaradorlik. Mavjud cheklangan resurslarni minimal darajada sarflab, 
maksimal natijaga erishish. 
 4.  Narxlar barqarorligini ta’minlash. Narxlarning haddan tash-qari ko’tarilib 
(inflyatsiya) yoki tushib (deflyatsiya) ketishiga yo’l qo’ymaslik. 
 5.  Iqtisodiy erkinlik. Boshqaruvchilar, tadbirkorlar, ishchilar, iste’molchilar o’z 
iqtisodiy faoliyatlarida katta erkinlikka ega bo’lishlari kerak. 
 6.  Daromadni adolatli taqsimlash. Ba’zilar boylikka «cho’milganda» boshqalar haddan 
ziyod qashshoq bo’lmasligi kerak. 
 7.  Ijtimoiy ta’minot. Mehnatga layoqatsiz kasallarni, qarilarni va boshqalarning 
qaramog’ida bo’lganlarni hayot kechirishini ta’minlash.   
 8.  Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlarning oqilona balansiga 
ega bo’lish. 
 Bu maqsadlarning hammasini bir vaqtning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. 

 
 
 Birinchidan, ularni umumiy tarzda izohlash mumkin, lekin aniq mezonlarini belgilashga 
kelganda fikrlar har xil. Birini aniq o’lchash (1—4, 8) mumkin bo’lsa, boshqasini (5—7) aniq 
o’lchab bo’lmaydi. Bularning hammasini turlicha yondashish natijasida turlicha talqin qilish 
mumkin. 
 Ikkinchidan, bir maqsadning amalga oshirilishi ikkinchisiga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Masalan, to’la bandlikni ta’minlash, kam daromadga ega bo’lish iqtisodiy ta’minlanganlikka 
ham ta’sir qiladi. 
 Uchinchidan, ba’zi maqsadlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Masalan, to’la bandlik (2) 
bilan inflyatsiya (4) yoki iqtisodiy o’sish (1) bilan daromadlarni adolatli taqsimlash (6). 
 Agarda to’la bandlik ma’lum darajada inflyatsiyani yoki barqaror narxlar ishsizlikni 
keltirib chiqarsa, bu holatda jamiyat ikkisidan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashi kerak. Bunda 
albatta, iqtisodchilar uchun keng munozara maydoni vujudga keladi. 
 Shuni ham qayd etish kerakki, iqtisodiyot nazariyasini o’rganayotganda boshlovchi 
iqtisodchi duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar mavjud. Bular ayrim faktlarni noto’g’ri 
tasavvur etish (aytaylik, biznesdan olingan foydaga shubha bilan qarash yoki taqchil 
moliyalashtirishni doimo yomon deb tushunish), noaniq iboralar ishlatish (masalan, hukumat 
ilgari surgan loyihalarni har bir guruh o’z manfaatidan kelib chiqib turlicha nom bilan atashi), 
yoki mantiqiy xulosalar chiqarishda adashish (chunki individual nuqtai nazardan chiqarilgan 
xulosa to’g’ri bo’lishi mumkin, lekin jamiyat miqyosida tatbiq etish to’g’ri emas). Masalan, 
individual dehqon qancha ko’p hosil olsa, shuncha ko’p daromad oladi. Sababi, uning bitta o’zi 
olgan hosili narxlarga deyarli ta’sir qilmaydi (lekin barcha dehqonlar hosilining ko’payishi 
narxni pasaytirib, daromadni ko’paytirmasligi mumkin), aniq sabab-oqibatli bog’lanishlarni 
ajratib olish qiyinchiligi, ulardan qaysi biri sabab, qaysi biri oqibat ekanligini ajratish 
mushkulliklaridir. 
 
Kvant fizikasi asoschisi, Nobel mukofoti laureati 
 
Maks Plank kamtarlik bilan o’z faoliyatini iqtisodchilikdan boshlagani, lekin uni tashlagani, 
sababi iqtisodchilik unga haddan tashqari qiyin ko’ringanini aytgan. Buni hozirgi zamon 
mantiqiy matematikasi «pioneri» Bertran Rosselga aytishganida, u taajjub, men iqtisodiy 
nazariyani haddan tashqari sodda deb tashlab ketgandim, deydi. 
 Har ikki fikrda ham haqiqat bor, deydi P. Samuelson, shu bilan birga xato ham. Quda 
ko’p marta ta’kidlanadiki, har qanday zehni o’tkir 16 yoshga etgan inson iqtisodiy qonun-
qoidalarni yaxshi o’zlashtirishi mumkin. Bu ma’noda Rossel haq. Lekin inson hayotining 
iqtisodiy kuchlarini bilish san’atida faqat aqlga taya-nish bilan Plank his qilganidek uzoqqa borib 
bo’lmaydi. 
 Demak, dalillar, ma’lumotlar o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to’g’ri 
xulosa chiqarishni o’rganish iqtisodiyot nazariyasining asosiy maqsadi bo’lib, uni egallash oson 
ish emas. 
 

  
3-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining tahlil uslubi 
 
Iqtisodiy  
qonun- 
Iqtisodiy qonun deganda nimani tushunamiz, degan savolga 
lar va kategori- 
 
javob berish uchun av valo qonunga berilgan  falsafiy  
lar  
   ta’rif 
ni 
eslaymiz. 
  
 «Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, 
umumiy, sifat va miqdor bog’lanishini ifodalovchi, barqaror takrorlanuvchi hodisadir». 
 Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qonunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: 
 Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror 
takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor 
bog’lanishlari, aloqalaridir. 
 Iqtisodiy qonunlar ayrim kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi. Bu 
jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o’xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat 
qonunlaridan farqlay bilish kerak. Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud: 
 1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun 
ham umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning 
xo’jalik faoliyati qonunlaridir. 
 2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega. 
 3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha 
tekis, silliq yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda 
yuzaga chiqadi. Iqtisodiy qonunlar esa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o’zi murakkab, 
undan tashqari, har bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga 
chiqadi. Natijada iqtisodiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga 
duch keladi. Iqtisodiy qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum 
vaqt o’tgandan keyingina yuzaga chiqadi. 
 Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof etgan bo’lsalar, 
marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokining 
sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy faoliyatga kirishar 
ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l tutishi kerakligini 
«aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol o’ynaydi. Agarda 
inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yuritish faoliyati bilan o’tar ekan, unda albatta iqtisodiy 
psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik yuritish sabablari va 
insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molda qatnashuvining sababi 
bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. 
 
Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya 
aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. 
 Erkin tanlash imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun 
avvalo iqtisodiy fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo’jalik yuritish jarayo-
nida ma’lum psixologik qonunlarning amal qilishi namoyon bo’ladi. 
 Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil 
sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini tushunib, shu yo’nalishda faoliyat 
ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z manfaatlaridan kelib chiqib, qarshi faoliyat olib 
boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan kam yoki yuqori 
barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida 
amal qi-ladi. 
 Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular birgalikda jamiyat 
taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
 Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. 
Ular aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, 
«sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. 
 Alohida  yoki  davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy 
davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda 

 
 
turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarga xosdir. Masalan, 
bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga kiradi. 
 Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, 
iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, 
jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib 
borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va boshqalar. 
 Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda 
ma’lum mantiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. 
 Iqtisodiy  kategoriyalarni  iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. 
 Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) 
tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. 
Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. 
 Iqtisodiy  kategoriyalar  iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) 
umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga 
xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. 
 Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa 
bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu 
sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan 
kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va 
hokazo. 
 Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda 
olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo 
etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. 
 
Iqtisodiyot nazari-   
Iqtisodiyot nazariyasi qator iqtiso diy fanlarga 
yasi va boshqa iqti- 
 
 
metodologik (uslubiy) asos bo’lib xizmat qiladi. O’z 
sodiy fanlar   
 
navbatida boshqa fanlar iqtisodiy nazariyani boyitadi, uni to’g’ri 
xulosalar chiqarishiga yordam beradi. 
 Lekin iqtisodiyot nazariyasi faqat iqtisodiy fanlar bilan emas, balki boshqa ijtimoiy va 
tabiiy fanlar bilan ham bog’liq. 
 Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga: umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotni 
yaxlit o’rganuvchi fanlar hamda xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotning u yoki bu sohasini 
o’rganuvchi fanlarga bo’lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi birinchi guruhga kiradi. Nomi ham 
ko’rsatib turibdiki, iqtisodiyotga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun-qoidalarni 
o’rganadi. Nazariya shu fanning tanho o’zida ko’riladi, lekin bu u monopol mavqega ega degani 
emas. Boshqa fanlar ham nazariy yondoshadi, lekin xususiy iqtisodiy fanlarda nazariya 
hodisalarning faqat ayrim xususiy jihatlariga tegishli, ularda nazariya bosh masala emas. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy faoliyat qaerda, qanday ijtimoiy shaklda, qanday 
miqyosda va qanday shiddat bilan yuz berishidan qat’i nazar, unga xos bo’lgan jamiki aloqa, 
bog’lanishlarni, ularga xos qonun-qoidalarni o’rganadi. Uning boshqa iqtisodiy fanlardan farqi 
ham ana shunda. 
 Tarixiy marjinalizm maktabi vakili K. Minger o’z vaqtida qayd qilib o’tganidek, iqtisodiy 
bilim beradigan fan bitta emas, balki bir qator mustaqil xususiy iqtisodiy fanlar bo’lib, ular 
o’zining maxsus vazifa, predmet va mantiqiy uslublariga ega. Ular amaliy faoliyat uchun zarur 
bo’lgan qoidalar tizimini ishlab chiqadi, shuning uchun ham umumiy nazariya jumlasiga emas, 
balki xo’jalik yuritish san’atiga kiradi. 
 Xususiy iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim xususiy tomonlariga ega bo’lgan 
murakkab munosabatlarni va qonuniyatlarni o’rganadi. Masalan, moliya, kredit, pul muomalasi, 
buxgalteriya hi-sobi, marketing, statistika va hokazolar — iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi 
faoliyatni tahlil etadi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq qator iqtisodiy fanlar orasida alohida e’tiborga 
sazovor fan bu statistika. Davlat muassasalari, tashkilotlar, tadbirkorlar, korxonalar nihoyatda 

  
katta hajmda iqtisodiy axborot beradilar. Iqtisodiyot nazariyasi bu axborotlarsiz, yig’ilgan 
ma’lumotlarni puxta, sinchiklab statistik tahlil qilmay turib, reallikni ifodalay olmaydi. 
 Quda ko’plab ehtimollar nazariyasi va statistikada qo’llaniladigan matematik uslublar 
aynan iqtisodiyot sohasida tobora keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasining 
murakkab bo’limlarida matematikaning ahamiyati katta. 
 Asosiy iqtisodiy qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli o’rganishda mantiqiy fikrlash muhim 
o’rin tutadi. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini amaliyotga muvaffaqiyatli qo’llash uchun 
empirik (hayot tajribasidan olingan) ma’lumotlarni aniq baholash zarur. 
 Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar, ayniqsa xususiy iqtisodiy fanlar hisobiga nazariy 
jihatdan boyisa, o’z navbatida boshqa iqtisodiy fanlarga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. 
 
Iqtisodiyot naza- 
 
 Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish- 
riyasi fanining   
da ilmiy tadqiqotning turli uslublaridan 
uslubi  
 
  
foydalaniladi. Ularni umumiy yoki falsafiy, umummilliy (tarixiy, 
mantiqiy, matematik va hokazolar), maxsus (har bir fanning o’zini tatbiq etadigan) uslublarga 
bo’lish mumkin. 
 Umumiy uslub bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki falsafiy uslub — metafizika  va 
dialektikadan iborat. 
 Metafizika,  hodisa,  voqealarni  alohida o’zgarmas, tinch holatida o’rganadi. Iqtisodiyotni 
o’rganishda metafizik yondashuv tizimning biron-bir tomonini yoki xo’jalik munosabatlarining 
ichki tuzilishini, ularning o’zgarishini hisobga olmagan holda o’rganish talab etilganda tatbiq 
qilinadi. 
 
Masalan, Amerika siyosiy iqtisod maktabining asoschisi 
 
Q. Klark o’zining, «Boylikning taqsimlanishi» kitobida texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni 
tashkil etish va jamiyat daromadlarini taqsimlashni statik (o’zgarmagan) va dinamik (progressiv 
o’zgarishlar ta’sirini hisobga olib) ko’rib chiqadi.  
 Iqtisodiyot nazariyasi hodisani dialektika asosida o’rgansa haqiqatni to’laroq aks ettiradi. 
 Dialektika — tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari 
haqidagi ta’limot bo’lib, uning asoschisi buyuk nemis faylasufi Georg Gegel (1770—1831 yillar) 
hisoblanadi. U dialektika tizimi nazariyasining markaziga qarama-qarshiliklarni qo’yadi. U 
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunini ifodalar ekan, qarama-qarshilikni har qanday 
rivojlanishning «miqdori» sifatida baholaydi. Bu, albatta, ikki sifatga ham tegishli. 
 Dialektik uslub faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi 
natijasida bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko’rish imkonini beradi. Biz 
masalan, ishlab chiqarish omillarini (statik), ishlab chiqarish imkoniyati, ishlab chiqarishning 
rivojlanish bosqichlarini (dinamik) o’rganganimizda bu uslublardan foydalanamiz. 
 Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda foydalaniladigan asosiy uslublardan yana biri ilmiy 
abstraktsiyalash uslubidir. 
 Iqtisodiy faoliyatda aloqa-bog’lanishlar g’oyat ko’p bo’lganidan hodisalarning rivojlanib 
borishini ma’lum tizimga solib, xulosa chiqarib bo’lmaydi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy-texnikaviy fanlarga o’xshab o’z gipotezalarini laboratoriya 
tajribalari orqali sinab ko’ra olmaydi. U ijtimoiy fan bo’lgani uchun iqtisodiyotdagi g’oyat ko’p 
qirrali, bir-biriga bog’lanib ketgan aloqa-bog’lanishlar bilan tadqiqot olib boradi. 
 Iqtisodiy hodisalar, jarayon o’rganilganda ularni tasodifiylari emas, balki asosiylari 
boshqalaridan ajratilib, ma’lum chegarada olib qaraladi. 
 Ilmiy abstraktsiya (lotincha — abstractio — so’zidan olingan) diqqatni chetga tortish 
ma’nosini beradi. Ilmiy abstraktsiya yordamida ilmiy kategoriyalar ta’riflab beriladi, tadqiq 
etilayotgan ob’ektlarning mohiyatini ko’rsatuvchi tomonlari ifodalanadi, iqtisodiy modellar 
ko’riladi. 
 Iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda iqtisodiy kategoriyalar kabi, iqtisodiy hodisalarning 
eng barqaror bog’lanishlarini ko’rsatuvchi iqtisodiy qonunlar ochiladi, ta’riflab beriladi, ilmiy 
muomalaga kiritiladi. 

 
 
 Abstraktsiyalash asosida iqtisodiyotga oid asosiy, muhim, yuzaga chiqib turadigan faktlar 
ajratib olinadi, taqqoslanadi, ular o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Bularning hammasi ong, 
tafakkur orqali bajariladi. Abstraktsiyasiz g’oyat ko’p, tartibsiz faktlar, dalillar asosida nazariy 
xulosa chiqarish qiyinlashadi yoki umuman xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, narx, talab va 
taklif o’rtasidagi bog’lanishni o’rganganimizda narxdan boshqa omillarni o’zgarmaydi deb 
olishimiz yoki iqtisodiy resurslarni cheklanganligi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish 
imkoniyati darajasini tahlil qilganda mavjud resurslardan faqat 2 turdagi mahsulot ishlab 
chiqaramiz deb faraz qilib, iqtisodiy muammoni tadqiq qi-lish mumkin. 
 Iqtisodiyot nazariyasida induktiv va deduktiv uslublardan keng foydalaniladi. Induktiv 
uslubda empirik bilimdan abstraktsiyaga o’tiladi. Buning uchun iqtisodiyotni aks ettiruvchi 
ma’lumotlar to’planadi, jamlanib baholanadi. Dalillar to’plab, xususiy xulosa chiqariladi, 
xususiy xulosadan umumiy xulosaga o’tiladi. Dastlabki sinab ko’rilmagan xulosa-gipoteza olg’a 
suriladi. Ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlari aniqlanadi, faktlar umumlashtirilib, 
abstraktsiyaga o’tib, fikr-mulohaza sinalgan nazariy xulosalar, qonun-qoidalar darajasiga 
ko’tariladi. So’ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o’tiladi. 
 Deduktiv uslub qo’llanilganda nazariyadan iqtisodiy faktlar, dalillar tahliliga o’tiladi. 
Umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqariladi. Har ikki uslub bir-birini to’ldiradi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy bo’lganidan unda tarixiylik va mantiqiylik usullari 
ham qo’llaniladi. 
 Tarixiylik uslubi asosida iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, qanday 
natijaga olib kelishi o’rganiladi. Tarixiylik uslubidan ko’proq klassik siyosiy iqtisod vakillari 
foydalanishgan. Tarixiy yondashuvning kamchiligi shundaki, tarixiy faktlarning ko’pligi 
iqtisodiyotni jiddiy tarzda nazariy o’rganishni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish tizimining tipik 
xususiyatlarini aniqlashga erishib bo’lmaydi. Tarixiylik uslubining bu kamchiligi mantiqiylik 
uslubi yordamida bartaraf qilinadi. Iqtisodiy hodisalarning ichki va o’zaro aloqalari mantiqiy 
fikrlash orqali aniqlanadi. Bu usul bilan iqtisodiy hodisalarning mohiyati, tub belgilari 
aniqlanadi. Ular tarixan rivojlanib, o’zgarib turuvchi deb qaraladi. Masalan, neft qazib 
chiqarishning qisqarishi o’z navbatida qator salbiy oqibatlarga olib keladi — neftni qayta 
ishlaydigan korxonalar, neft-kimyo korxonalari to’xtaydi, yonilg’i ishlab chiqarilmagach, bu 
yonilg’ini ishlatadigan sohalarda ham qiyinchiliklar vujudga keladi. Demak, neft qazib 
chiqarishning qisqarishi nimalarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida mantiqiy xulosa chiqarish 
mumkin. 
 Iqtisodiyot  nazariyasida  iqtisodiy tahlil uslublari, matematik, statistik uslublardan ham 
keng foydalaniladi. Ular hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini o’rganib, yangi sifat 
darajasiga ko’tarilishini aniqlashga yordam beradi. Bunda hozirgi zamon hisoblash texnikasi, 
jumladan, kompyuterlar keng qo’llaniladi. Ayniqsa, iqtisodiy-matematik modellashtirish 
muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotning barcha uslublaridan foydalanib, iqtisodiy hodisa-
jarayonlarning bog’lanishini aniqlash, iqtisodiy jarayonlarning qanday o’zgarishini taxmin qilish 
mumkin. 
 Bu uslub yordamida iqtisodiy modellashtirish amalga oshiriladi. Iqtisodiy model — bu 
iqtisodiy jarayon va hodisalarning bir tomondan ob’ektiv xususiyatlariga, ikkinchi tomondan, 
tadqiqotning sub’ektiv maqsadi, xarakteriga ko’ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan 
reallikning konstruktsiyasi, obrazidir. 
 Modellashtirishda 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish