1.2. Quyosh elementlarining ishlash prinsipi, asosiy parametrlari.
Elektron – kovak sohasida potensial barer mavjud bo„lib, ushbu maydon
asosiy tok tashuvchilarning p – n orqali diffuziyasidan ro„y beradi. O„tish sohasiga
yorug„lik tushirilmagan holda, ya‟ni termodinamik holatida, p – n o„tishdan tok
oqimi kuzatilmaydi. Aytaylik, p – n o„tishga energiyasi man qilingan zona
kengligidan kattaroq bo„lgan foton tushdi deylik. Elektron – kovak o„tishning ichki
maydoni ta‟sirida, yorug„likdan generatsiyalangan zaryadlar qarama – qarshi
yo„nalishlarda harakat qila boshlaydilar (1.2.1 – rasm): kovaklar – “p” sohaga,
elektronlar esa – “n” sohaga tomon. Natijada, ushbu o„tishda zaryadlar qo„shimcha
ravishda maydon hosil qiladilar [7]. Chunki, “p” – sohaga o„tgan “ortiqcha”
kovaklar manfiy hajmiy zaryadni kamaytiradi va “p – sohadagi” energetik sathlar
pasayadi, bu esa potensial barerning pasayishiga olib keladi. Demak, yorug„lik
ta‟sirida generatsiyalangan tok tashuvchilarning o„tish sohasida saralanishi
oqibatida shunday potensiallar farqi vujudga keladiki, ushbu potensiallar farqi “p –
n” o„tishga to„g„ri yo„nalishda qo„yiladi. Bu hodisa U potensiallar farqi
yoritilmagan elektron – kovak o„tishga to„g„ri yo„nalishda “U potensial” qo„yish
bilan ekvivalentdir. Elektron sohadagi elektronlar va kovak sohadagi kovaklar
“pasaygan” potensial barerdan o„tib, o„zlari uchun asosiy bo„lmagan sohaga
tushadilar va mos ravishda rekombinatsiyalanadilar. Bunda diffuziyalangan tok
tashuvchilar keltirib chiqargan tok “p” sohadan “n” sohaga yo„nalgan bo„ladi.
Yorug„lik ta‟sirida generatsiyalangan elektron – kovak juftlari soni, “pasaygan” p –
n barerdan chiqib ketuvchi tok tashuvchilar soniga tenglashganda stasionar holat
o„rnatiladi. Agar “p – n” o„tish tashqi zanjirga ulansa, foto EYuKni o„lchash
mumkin bo„ladi. Demak, yoritilgan “p – n” o„tish fotoelement yoki Quyosh
elementi vazifasini bajara boshlar ekan.
Soddaroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin: agar tushirilayotgan
yorug„lik fotonlari energiyasi yarimo„tkazgichning aktivlanish energiyasiga (∆E)
teng yoki undan katta bo„lsa, har bir foton yarimo„tkazgich atomidagi bittadan
elektronni uzib olib uni “erkin” elektron holatiga o„tkazishga qodir bo„ladi. Shu
bilan birga uzib olingan elektron o„rnida “erkin” zarra – kovak ham paydo bo„ladi.
Bu jarayon elektron – kovak juftlari generatsiyasi deyiladi. Agarda elektron va
kovaklar hosil bo„lish jarayoni berkituvchi qatlamga yaqin sohada amalga oshsa,
berkituvchi qatlam elektr maydoni tufayli elektronlar “ n ” sohaga tomon, kovaklar
esa “p” sohaga tomon o„tkazib tashlanadi. Bu hodisa tok tashuvchilarning “p – n”
kontaktida ajralishi (saralanishi) deyiladi. Bu hodisa tufayli “p” yarimo„tkazgich
musbat, “n” yarimo„tkazgich esa manfiy zaryadlanadi (1.2.2 – rasm).
Natijada, yarimo„tkazgichning “p” va “n” sohalari orasida potensiallar farqi,
ya‟ni, elektr yurituvchi kuch vujudga keladi. Bunday “p – n” o„tish fotoelement
yoki Quyosh elementi deyiladi.
Ma‟lum bir yarimo„tkazgich asosiga qurilgan Quyosh elementi uchun EYuK
qiymati yorug„lik intensivligiga hamda elektron kovak juftlari hosil bo„layotgan
soha “p – n” o„tishga qay darajada yaqinligiga bog„liq. [7]
Chunki, berkituvchi qatlamdan uzoq masofada generatsiyalangan elektron –
kovak juftlari “p – n” o„tishga yetib kelgunlariga qadar rekombinatsiya tufayli
yo„qolib qoladilar, ya‟ni elektron “o„z o„rni”ga (kovakka) tushib bog„langan
holatga o„tadi va tok tashishda yoki EYuK hosil bo„lish jarayonida ishtirok eta
olmaydi.1.2.3 – rasmda esa Quyosh batareyasining ishlash prinsipi berilgan.
1.2.1 – rasm. Yorug„lik tushirilgan holatda p – n o„tishning energetik sxemasi.
1.2.2 – rasm. “n – p” o„tishning tekislikdagi sxemasi. ● yarimo„tkazgich atomi; – elektronlar;
+ kovaklar; , ionlashgan atomlar; d berkituvchi qatlam qalinligi.
1.2.3 – rasm. Quyosh batareyasining ishlash prinsipi.
Yarimo„tkazgichli fotoelementlarni Quyosh batareyasi sifatida ishlatishda
Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning spektral tarkibini bilish masalaning asosiy
tomonlaridan biri bo„lib hisoblanadi. Quyosh batareyasini tayyorlashda Quyosh
energiyasini elektr energiyasiga aylantirib bera olish xususiyatlariga ta‟sir qiluvchi
parametrlardan biri – man qilingan zona kengligi E
g
ni bilish kerak. [2]
Ma‟lumki, elektron – kovak juftini hosil qilish uchun energiyasi E
g
ga teng
yoki undan katta bo„lgan foton yutilishi kerak, ya‟ni:
hν = E
g
, (1.2.1)
bunda E
g
dan kichik bo„lgan energiyali fotonlar valentlik zonasidan
o„tkazuvchanlik zonasiga elektron chiqara olmaydi. Eng yaxshi yarimo„tkazgichlar
E
g
= 1,1 – 1,5 eV bo„lgan yarimo„tkazgichlar bo„lib hisoblanar ekan. Agar
atmosferaning ta‟siri juda kichik deb ko„rilsa, J
p
P, Ga As va Cd Te lar Quyosh
batareyasini tayyorlash uchun eng yaxshi yarimo„tkazgichlar bo„la oladilar. Lekin
atmosferaning ta‟siri ortishi bilan bularga qaraganda kremniy (Si) afzalroq bo„lib
qoladi. [2]
Quyosh elementining asosiy parametrlardan biri bo„lgan foydali ish
koeffitsiyenti, Quyosh elementi chiqishidan ajraluvchi maksimal quvvatning
element yuzasiga tushuvchi nurlanish quvvatiga nisbati bilan aniqlanadi:
η = χ ∙ ( I
qt
U
xx
/ E S ) (1.2.2)
bu yerda I
qt
– qisqa tutashuv toki; U
xx
– salt yurish kuchlanishi, ya‟ni “p – n” o„tish
uchlari ochiq bo„lgan holdagi potensiallar farqi; E – yoritilganlik, lyuksmetr
yordamida aniqlanadi; S – Quyosh elementining aktiv yuzasi; χ – ichki kvant
chiqishi deb atalib, yorug„lik tufayli generatsiyalangan elektron – kovak
juftlarining qancha qismi berkituvchi qatlamga yetib kelib unda saralanganini
ko„rsatuvchi doimiy. [7]
1.3. Quyosh elementlarini tayyorlash texnologiyalari.
Yuqori samarali Quyosh elementlari tayyorlash, yarimo„tkazgichli
materiallarning xususiyatlariga bog„liqdir. Haqiqatdan, Quyosh elementi ideal
effektivligi (harorat T=300 K uchun) man qilingan soha kengligining o„zgarishiga
nisbatan olinganda yer sharoiti uchun maksimal F.I.K man qilingan soha kengligi
E
g
≈ 1,4 eV ga teng bo„lgan yarimo„tkazgichga to„g„ri keladi. Bu tenglikni taqriban
qanoatlantiradigan materiallar jumlasiga Si, InP, GaAs, CdTe, AlSb, hamda Α
3
B
5
,
Α
2
B
6
yarimo„tkazgichlar asosidagi qattiq qotishmalar kiradi.
Quyosh elementi materiali o„ta yuqori darajada toza bo„lishi zarur, ya‟ni
99,99 % gacha. Yarimo„tkazgichli materiallarni o„stirish usulini tanlash ularning
fizik va kimyoviy xususiyatlarini o„rganishga bog„liqdir. Agar moddaning erish
harorati yuqori, kimyoviy aktiv va bug„ bosimi katta bo„lsa, bunday moddalar
kristallini o„stirish juda qiyin. Yarimo„tkagich materiallarni o„stirishning bir necha
usullari mavjud bo„lib, ulardan asosiylari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Toza moddalardan va legirlangan kirishmali o„ta to„yingan eritmalardan
o„stirish;
Eritmalardan o„stirish;
Bug„ fazasidan o„stirish.
Stexiometrik tarkibdagi suyuq fazadan kristallarni o„stirish usullari 2 ga
bo„linadi. Tigyel yordamida o„stirish usullari va tigyelsiz usullar. Bu usul bir necha
ko„rinishga bo„linadi. Jumladan, yo„naltirilgan kristallizatsiya usuli, «gorizontal»
va «vertikal» Bridjmen usuli, sohali eritish usuli va Choxralskiy usuli. [3]
Bu usullarning asosini issiqlikni yo„naltirilgan holda uzatish tashkil qiladi.
Bunga misol tariqasida 1.3.1 – rasmda Choxralskiy usuli keltirilgan.
Sohali o‘stirish (1.3.2 – rasmga qarang). Bu usulning Bridjmen usulidan
farqi shundaki, bu usulda ikkita pech ishlatiladi, biri harorati T
er
, ikkinchisi
harakatchan konstruksiyali qisqa zonali harorati T>T
er
. Bu usulda erigan modda
tigyel devorlari bilan kamroq kontaktda bo„lgani uchun o„stirilayotgan kristall
kamroq ifloslanadi. Eriyotgan va erigan soha qalinligini va uning siljish tezligini
o„zgartirish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bu usul yarimo„tkazgich
materiallarni yaxshiroq tozalash imkoniyatini beradi.
Choxralskiy usuli. Bu usul asosan sanoat ko„lamida Ge va Si ishlab
chiqarishda ishlatiladi. 1.3.1 – rasmda Choxralskiy usulining prinsipial sxemasi
berilgan. Yuqoridagi usuldan uning farqlaridan biri bu tigyelsiz usul bo„lib,
o„stirilayotgan kristall o„lchamini nazorat qilish mumkin, hamda o„sish sur‟atini
nazorat qilish imkoniyati mavjud. [1]
1.3.1 – rasm. Kristallarni Choxralskiy usuli bilan o„stirish qurilmasi.
1 – vakuum yoki inert gaz muhit; 2 – kristallni tortuvchi sterjen; 3 – dastlabki o„stirishni
belgilovchi kristall; 4 – o„sib borayotgan kristall; 5 – kvarsdan qilingan tigyel; 6 – yuqori
chastotali induktor; 7 – induksion tok ta'sirida qizdiriluvchi grafit; 8 – kremniy kristali; 9 –
kristallizatsiya fronti; 10 – suyuq kremniy.
1.3.2 – rasm. Monokristallarni eritmalardan o„stirishning tigyelsiz usullari. a – Varneyl usuli;
b – vertikal sohali eritish; d – “tomchidan” tortish usuli; e – “ko„lmakdan” tortish usuli. 1,5 –
shtoklar, 2 – kristall manba, 3 – erigan kristall, 4 – o„sayotgan kristall, v` va v``– shtoklarning
aylanish tezliklari.
Kristallar o„stirilgandan keyin materiallarga mexanik va kimyoviy ishlov
berish texnologiyasiga o„tiladi.
Yarimo„tkazgichli materiallarni qirqish. Yarimo„tkazgichli materiallar
asosan yombi ko„rinishda o„stiriladi (slitok). Yombining diametri, vazni, uzunligi
har xil bo„lishi mumkin. Undan tashqari materiallar qattiqligi bilan ham katta farq
qilishi mumkin. Qirqish usullari asosan sim orqali qirqish, olmos yuritilgan gardish
(disk) orqali qirqish va nisbatan yangi usul lazer nuri yordamida qirqishlarga
bo„linadi. Bu usullarni ishlatish davomida asosan qirqish jarayonida hosil
bo„ladigan chiqindilarni kamaytirish, qirqish jarayonida plastinalar sifatini saqlash
va qirqish samaradorligini oshirishga ahamiyat beriladi.
Kimyoviy ishlov berish. Bu texnologik jarayon davomida asosan
yarimo„tkazgichli materiallar yuzasiga ta‟sir qilinadi va ular qatoriga kimyoviy va
mexanik sayqal berish, kimyoviy tozalash va kimyoviy yemirish jarayonlari kiradi.
Ishlov berish tartibi quyidagilardan iborat: taglikka o„rnatish, yuvish va shliflash.
Sayqallash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi. Avvaliga namuna
taglikka o„rnatiladi, keyin shlifovka jarayonida ishlatilgan dastgohga yoki alohida
dastgohga yumshoq matoh (M: baxmal, zamsh, batist, satin va shunga o„xshashlar)
tortiladi. So„ngra namuna matohga ma‟lum bosim bilan yarimo„tkazgichli material
kontaktga keltiriladi va ma‟lum tezlikda aylantiriladi 60 – 100 ayl/min. Matoh
bilan namuna orasiga tarkibida olmos bo„lgan suspenziya (olmos pastalar asosida
tayyorlangan quyuq massa) quyiladi. Ishlatiladigan asosiy olmos pastalar markalari
ASM 3, ASM 1. va hokazolar. Ishlov berish sifati va darajasi optik mikroskop
yordamida nazorat qilinadi. [4]
Kimyoviy yemirish jarayoni. Yarimo„tkazgichli materiallar sirtida mexanik
ishlov natijasida hosil bo„lgan deformatsiya bo„lgan qatlamlarni sof yuza
chegarasigacha olib tashlash uchun ishlatiladi. Ayrim hollarda yarimo„tkazgich
qalinligini kamaytirishda ham ishlatiladi. Kimyoviy yemiruvchilar uch turga
bo„linadi:
1.
Selektiv (tanlovchi) yemiruvchilar. Bular yordamida kerakli ma‟lum
kristallografik yo„nalishdagi yuzalarni, sirtlarni chiqarish mumkin.
2.
Sayqallovchi yemiruvchi. Bu izotropik, ya‟ni har xil yo„nalishda
o„zgarmas ma‟lum yemirish tezligiga ega bo„lgan yemiruvchi.
3.
Noselektiv yemiruvchi. Bu yemiruvchi material yuzasini nisbatan
sayqallaydi va yuzada notekisliklar ham hosil qiladi.
Yemiruvchilar tayyorlash uchun ximikatlar ularning tozaligiga qarab tanlab
olinadi. Ximikatlar tozaligiga qarab quyidagi turlarga bo„linadi. Τ – texnik toza,
XCh – ximiyaviy toza, ChDA – analiz uchun toza, OSCh – alohida spektral toza.
Keyingi texnologiya – Quyosh elementi tuzilmalariga omik kontaktlar olish
texnologiyasi.
Agar yarimo„tkazgich va metall orasidagi kontaktning volt – amper
xarakteristikasi noldan boshlab kuchlanishning katta qiymatlariga teng kT largacha
(V>>kT) chiziqli xususiyatga ega bo„lib, tok kuchini qarama – qarshi tomonga
o„zgartirilganda ham bu qonuniyat saqlansa, kontakt omik deb hisoblanadi. [1]
Omik kontaktga qo„yiladigan talablar. Omik kontakt quyidagi xususiyatlarga
ega bo„lishi shart:
a) katta elektr o„tkazuvchanlikka;
b) yuqori issiqlik o„tkazuvchanlikka;
c) mexanik mustahkamlikka.
Quyosh elementlariga kontakt olish jarayonining o„tkazilish tartibi
quyidagicha amalga oshiriladi:
– Si p – n tuzilmasini kontakt olishga tayyorlash (kimyoviy yoki kimyoviy –
mexanik usul bilan kontakt olinadigan yuzani tozalash);
– strukturaga fotorezist o„tqazish;
– fotoshablon yordamida kontakt rasmini tushirish;
– fotorezistni mustahkamlash;
– vakuum qurilmasidan foydalanib ketma – ketlik bilan kontakt materiallarini
uchirish;
– kontakt adgeziyasini yaxshilash uchun kontaktga issiqlik bilan ishlov berish;
– fotorezistni yuzadan olib tashlash;
– kontakt kesim yuzasini oshirish uchun qalaylash;
– frontal yuzadan nur qaytarishini kamaytirish uchun uni oksid bilan qoplash;
– Quyosh elementi tuzilmasidan shunt beradigan qismlarni kesib olib tashlash;
– Quyosh elementining parametrlarini o„lchash.
1.4. Bugungi kunda Quyosh batareyalarining qo‘llanilish sohalari.
Bugun kunda Quyosh batareyalarining qo„llanilish sohalari juda keng bo„lib,
ulardan ayrimlarini ko„rib chiqamiz:
Quyosh elementi yordamida qo„l telefonlarni zaryadlash qurilmasi.
Qurilma kichik hajmga ega bo„lib, ketma – ket ulangan bir qancha quyosh
elementlaridan tashkil topgan. Tushayotgan yorug„lik energiyasi intensivligi
qancha yuqori bo„lsa fotoelementlarda quvvat shuncha katta bo„ladi. Bunda asosiy
parametrlaridan hisoblangan salt yurish kuchlanishi U
xx
= 5 V va qisqa tutashuv
toki I
qt
= 500 mA maksimal qiymatlarni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadiki,
maksimal quvvat P = U ∙ I = 5 ∙ 500 = 2,5 W ni tashkil etadi. Qo„l telefonlarini
zaryadlovchi qurilmalar 2,5 – 10 W oraliqda bo„lib, asosan klaviaturali nokia
telefonlari 2,5 W quvvatda zaryadlanadi. Smartfon telefonlar esa 10 W quvvatli
zaryadlash qurilmalarida zaryadlanadi. Quyosh nurlari Quyosh batareyasiga
tushadi. Bunda batareya yuzini quyosh nurlariga tik qilib qaratib qo„yish va
foydalanish jarayonida vaqti – vaqti bilan Quyosh nurlari tik tushishi ta‟minlab
turish kerak. Batareyada hosil bo„lgan kuchlanish to„g„ridan – to„g„ri telefonlarni
zaryadlash qurilmasi “USB”ga uzatiladi (1.4.1 – rasm).
1.4.1 – rasm. Quyosh elementi yordamida qo„l telefonlarni zaryadlash qurilmalaridan biri.
Quyosh elementi yordamida ishlaydigan audioplayer va fonar.
Ushbu qurilma Quyosh elementi yordamida audioplayer va unga o„rnatilgan
fonarni bemalol zaryad bilan ta‟minlay oladi. U ochiq havoda elektr energiyani
o„zida to„playdi. Unda radio ham o„rnatilgan bo„lib, musiqaga bo„lgan ehtiyojni
to„laqonli ravishda qondira oladi. Uning qo„shimcha zaryadlash qurilmasidan
kundalik hayotimizda zarur bo„lgan kichik quvvatli elektr tokidan foydalanish
mumkin (1.4.2 – rasm).
1.4.2 – rasm. Quyosh elementi yordamida ishlaydigan audioplayer va fonar.
Quyosh elementlari yordamida ko„chalarni yoritish tizimlari.
Bu loyiha asosan ko„chalarni kechasi yorug„lik bilan ta‟minlashda keng
qo„llanilib kelinmoqda. Undan tashqari u hosil qilgan elektr energiyasidan bekatlar
orasidagi chiroqlar va bekat uchun energiya manbai sifatida foydalaniladi.
Qorong„u tushgan paytda chiroqlar avtomatik tarzda fotorezistorlar yordamida
yonadi va ertalab Quyosh tusha boshlaganda, chiroqlar avtomatik o„chib, u o„ziga
zaryad to„play boshlaydi (1.4.3 – rasm).
1.4.3 – rasm. Quyosh elementlari yordamida ko„chalarni yoritish tizimlari.
Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta‟minlash.
Quyosh batareyalari yordamida uylardagi maishiy texnika asboblari
jamlanmasi elektr energiyasi bilan ta‟minlanadi. Shunga ko„ra maishiy texnika
asboblari iste‟mol qiladigan elektr energiyasiga mos ravishda, Quyosh batareyalari
tanlanadi. Bu esa uzluksiz elektr energiyasiga ulanish demakdir. Ushbu bitiruv
malakaviy ishida aynan shu mavzuni yoritib berish va u bilan bog„liq bo„lgan
hisob – kitoblar maqsad qilib olingan (1.4.4 – rasm).
1.4.4 – rasm. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta‟minlash.
Quyosh elementi yordamida harakatlanuvchi avtomashina.
1.4.5 – rasmdagi bu avtomobil to„liq Quyosh energiyasi orqali quvvat oladi.
Bunga sabab, uning old korpusida o„rnatilgan Quyosh batareyalaridir. Italyan
olimlarining mahsuloti sanalgan bu avtomobil va undagi g„oya “Hy Solar Kit” deb
nom oldi. Quyosh energiyasini to„plash uchun mo„ljallangan panel yo„ldagi
harakatni bevosita ta‟minlay olish imkoniyatiga ega va avtomobil dvigatellarini
soatiga 2 kW energiya bilan to„ldiradi. “Quyosh energiya to„plash texnikaning eng
katta yutug„i va shu sohadagi haqiqiy inqilob bo„ldi” deydi mutaxassis Solarne
universiteti professori Gianfranco Rizzo. Bu avtomobillarning narxi 3 000 euro ni
tashkil etadi. G„oya o„z samarasini berdi, Yevropa ko„chalarida bu turdagi
avtomobil tez suratlarga ko„payishi ajab emas. Bu avtomobillar nafaqat Quyosh va
elektr toki bilan quvvat olib, yo„lda ma‟lum muddat harakat qila oladi.
Shuningdek, o„zida zaxira quvvat to„play olish qobiliyatiga ham egadir.
1.4.5 – rasm. Quyosh batareyalari yordamida harakatlanuvchi “Hy Solar Kit” g„oyali
nomlangan avtomashinasi.
1.4.6 – rasmda keltirilgan samolyot muqobil energiya bilan yo„liq
ta‟minlanadi. Bunga sabab, uning qanotlariga o„rnatilgan Quyosh batareyalaridir.
“Solvay impulse 2” Gavayi ko„chalaridan havoga ko„tarildi. Bu samolyot
injenerlar tomonidan 9 oy davomida tayyor holatga keltirildi va u o„z parvozini
muvafaqqiyatli yakunladi. Samolyot to„liq Quyosh energiyasidan quvvat olib,
parvoz etadi. Juda ko„p mutaxassislar bunday parvozni qo„llab – quvvatlagan
edilar va injenerlar Shvetsariyada bu samolyotni yig„ishga muvaffaq bo„lishdi.
1.4.6 – rasm. “Solvay impulse 2” samolyoti.
Kosmik stansiyalarda Quyosh batareyalaridan foydalanish
Bunda qo„llaniladigan Quyosh batareyalari sifati va F.I.K o„ta yuqori
bo„lgan materiallardan tayyorlanadi, chunki u barcha tizim elementlarini elektr
energiyasi bilan ta‟minlashi lozim. Ular o„ta yuqori aniqlikda ishlanadi va maxsus
raketalar yordamida koinotga olib chiqarilib, o„rnatish ishlari olib boriladi (1.4.7 –
rasm).
1.4.7 – rasm. Kosmik stansiyalarda Quyosh batareyalaridan foydalanish.
II – bob. Uylarni Quyosh batareyalari yordamida elektr energiyasi bilan
ta’minlash.
2.1. Quyosh batareyasi yordamida olingan elektr energiyani turli maishiy
texnika asboblari jamlanmasiga tadbiqi.
Quyosh batareyasi fotoelementlar to„plamidan iborat bo„lib, yorug„lik
energiyasini elektr energiyaga aylantirish qurilmasi hisoblanadi. Quyosh
batareyalari ekologiyaga zararsizligi, tuzilishining oddiyligi, o„rnatishning
osonligi, ko„p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan
boshqa muqobil energiya manbalaridan ajralib turadi. Quyosh batareyalarini ishlab
chiqarishda foydalaniladigan asosiy hom – ashyo kremniy elementi bo„lib, tabiatda
boshqa elementlarga nisbatan keng tarqalgan.
Elektr energiyasi hisobiga ishlaydigan maishiy texnika asboblarining asosiy
qismi 220 V kuchlanish “U” va 50 – 60 Hz chastotali “ν” o„zgaruvchan tokka
mo„ljallangan. Lekin Quyosh batareyalari esa o„zgarmas tok hosil qiladi. Demak,
o„zgarmas tokni o„zgaruvchan tokka aylantirish kerak. O„zgarmas tokni
o„zgaruvchan tokka aylantirish invertorlar orqali amalga oshiriladi.
Quyosh batareyalariga yorug„lik nuri tik tushadigan qilib joylashtirilsa,
ochiq havoda maksimal quvvatli elektr energiyani olishga erishiladi. Quyosh bir
sutka davomida uzluksiz charaqlab turmaganligi sababli energiya uzluksizligini
ta‟minlash maqsadida elektr energiyasiga talab kamroq bo„lgan kun davomida
akkumulyatorlarga yig„ib turiladi. Bu esa bulutli havoda biror muddatga yetarli
elektr energiyasi hisoblanadi. Akkumulyator sonining oshishi elektr energiya
zaxirasini oshishiga olib keladi. Quyosh batareyalari yordamida olingan elektr
energiya kontroller yordamida akkumulyatorlarga va invertorlarga uzatiladi.
Kontrollerning vazifasi akkumulyator zaryadlanishini nazorat qilish, tok
stabilligini ta‟minlash va elektr tokini invertorga uzatishdan iborat.
Iste‟molchilarga zarur bo„lgan o„zgaruvchan va o„zgarmas elektr toki invertor
yordamida uzatiladi.
Quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsiyenti katta ahamiyatga ega.
Quyosh batareyalarining yaroqlik muddati 20 – 25 yillar atrofida bo„lib, bizga
uzluksiz elektr energiya manbai bo„lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |