O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.12.2019
Hajmi1,66 Mb.
#28394
  1   2   3   4
Bog'liq
quyosh elementi yordamida ujlarn


 

 

 



                                  

 

 



 

 

 



1 – ilova. Bitiruv malakaviy ishining titul varag„i 

 

O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

URGANCH  DAVLAT  UNIVЕRSITЕTI 

 

 

 

Fizika – matematika fakultеti  

 

 



 

Fizika kafedrasi 

 

 

 

 

 

 

Mavzu:  Quyosh  elementi  yordamida  uylarni  elektr  energiya  bilan 

ta’minlashning tajribaviy modelini yaratish 

 

 

 



 

 

Bajaruvchi:                                _______________ Sabirov R. Y. 



 

Ilmiy rahbar:      _______________ kat. o„qit. Abdikarimov A. E. 

 

 

 



 

 

 



«Urganch – 2016 yil» 

2 – ilova 

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 

Fizika – matematika fakulteti 

 

Fizika kafedrasi 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH BO„YICHA 



TОPSHIRIQLAR RЕJASI: 

 

 



Talaba Sabirov Ravshanbek Yuldashbayevichga univеrsitеt rеktоrining 2015 

yil  3  –  noyabrda  chiqarilgan  199  –  Т  sоnli  buyrug„i  bilan  bitiruv  malakaviy  ish 

bajarish uchun  

1. “Quyosh  elementi  yordamida  uylarni  elektr  energiya  bilan  ta‟minlashning 

tajribaviy modelini yaratish” mavzusi tasdiqlangan. 

2. Kafеdra  majlisining  qarоriga  binоan  katta  o‘qituvchi  Abdikarimov  A.  E 



bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbar qilib tayinlangan. 

3. Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilmasi:  kirish  qismi,  ikki  bob, 



birinchi bob to‘rt rejadan, ikkinchi bob ikki rejadan iborat. 

4. Bitiruv  malakaviy  ish  uchun  ma‟lumоtlar:  ilmiy  jurnallar,  kitoblar  va 



internet ma’lumotlaridan оlinadi. 

5. Bitiruv malakaviy ishga __________________________________________ 

___________________________________________________ ilоva qilinadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 


Bitiruv malakaviy ishni bajarish jadvali 

 

№ 

Lоyiha bоsqichlarining nоmi 



Nazоrat vaqti 

Mavzuni kafеdrada tasdiqlash 



20.11.2015 

Malakaviy  bitiruv  ishi  tоpshirig„i  mavzusini  va  hajmini 



aniqlash 

10.12.2015 

Intеrnеtdan fizikaga оid saytlardan  Quyosh elementlari  va 



batareyalari to„g„risida matеriallar to„plash 

11.01.2016 

Mavzu bo„yicha malakaviy bitiruv ishi mazmuni, hajmi va 



tartibini aniqlashtirish 

28.01.2016 

Malakaviy  bitiruv  ishi  lоyihasining  dastlabki  eskizlarini 



tasdiqlash 

09.02.2016 

Barcha  eskizlarni,  malakaviy  bitiruv  ishi  lоyihasi  nazariy 



va amaliy qismlarini tasdiqlash. 

06.03.2016 

Quyosh  elementi  yordamida  uylarni  elektr  energiya  bilan 



ta‟minlashning tajribaviy modelini yaratish 

29.03.2016 

Malakaviy  bitiruv  ishi  lоyihasini  bajarishning  bоrishi 



nazоrati  va  uning  nazariy  qismining  kafеdradagi 

muhоkamasi 

26.04.2016 

Kafеdra  mudiri  va  rahbar  tоmоnidan  tugallangan  BMI  ni 



ko„rikdan o„tkazish 

17.05.2016 

10 

Tugallangan  ishni  malakaviy  bitiruv  ishi  lоyihasi  rahbar 



хulоsasi  va  uni  himоyaga  tavsiya  bilan  birgalikda 

kafеdraga taqdim qilish 

03.06.2016 

 

 



Bitiruv malakaviy ish rahbari:         ______________ kat. o„qit. Abdikarimov A. E. 

Bajaruvchi talaba:        ______________                           Sabirov R. Y

 

201_ yil “__” ___________ 



Tоpshiriqlar rеjasi va jadvali kafеdra majlisida

 

201_ yil tasdiqlandi. 



( __ – sоnli bayonnоma) 

Kafеdra mudiri:   

   ______________ dots. Aminov U. A.  

                                                                                   (imzо) 



7 – ilоva 

Urganch davlat univеrsitеti 

Fizika – matematika fakultеti 

Fizika kafеdrasi 

 

Bitiruv malakaviy ish



 

2016 – 01 – 11 –

 

sоnli tartib raqam bilan qayd qilindi. 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajaruvchining  familiyasi,  ismi  va  sharifi:  Sabirov 

Ravshanbek Yuldashbayevich.

 

Bitiruv  malakaviy  ishning  mavzusi:



 

“Quyosh  elementi  yordamida  uylarni 

elektr energiya bilan ta‟minlashning tajribaviy modelini yaratish”

 

Ilmiy  rahbar  (maslahatchi)ning  familiyasi,  ismi  va  sharifi:  Abdikarimov 



Azamat Egamberganovich.

 

Bitiruv  malakaviy  ish  kafеdraning



 

201_  yil  “__”  ___________

 

o„tkazilgan 



majlisi qarоriga muvоfiq DAK majlisida himоya qildi.

 

Bitiruv malakaviy ishga taqrizchi qilib: TATU Urganch filiali qoshidagi 1 – 



akademik litsey o„qituvchisi Safayev R. Q tayinlandi.

 

 



Kafеdra mudiri:               ______________ dots. Aminov U. A. 

 

Kafеdra majlisining qaroriga binoan bitiruv malakaviy ishni DAK majlisida 



himоya qilish bo„yicha tavsiyasiga roziman. 

 

Fakultеt dеkani:   ______________



 

dots. Xujamov J.U. 



Urganch davlat univеrsitеti 

Fizika – matematika fakultеti 

Fizika kafеdrasi 

5140200 – fizika bakalavr ta’lim yo‘nalishi 

Tasdiqlayman 

fakultеt dеkani 

________ dots. Xujamov J.U. 

“____”_____________ 2015 y

 

BITIRUV MALAKAVIY ISH BO‘YICHA TОPSHIRIQ 

Talaba Sabirov Ravshanbek Yuldashbayevich 

1. Ishning mavzusi:

 

Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan 



ta‟minlashning tajribaviy modelini yaratish.

 

Univеrsitеt  rеktоrining



 

2015  yil  3  –  noyabrda  chiqarilgan  199  –  Т  sоnli 

buyrug„i bilan tasdiqlangan. 

2. Ishni tоpshirish muddati:

 

3 iyun 2016 y. 



3. Mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumоtlar bеruvchi adabiyotlar ro‘yхati: 

1. Мамадолимов  А.  Т.,  Турсунов  М.  Н.  Яримўтказгичли  Қуѐш 

элементлари физикаси ва технологияси. Тошкент – 2003; 

2. М. А. Азизов. Яримўтказгичлар физикаси. «Ўқитувчи» Tошкент – 1974; 

3. С.  Зайнобиддинов,  А.  Тешабоев.,  Яримўтказгичлар  физикаси. 

«Ўқитувчи» Tошкент – 1999; 

4. A.  Teshaboyev,  S.  Zaynobiddinov,  E.  A.  Musayev.  Yarimo„tkazgichlar  va 

yarimo„tkazgichli asboblar texnologiyasi. “Qaldirg„och” Toshkent – 2006. 

5. С.  Зайнобиддинов,  Х.  Акромов.,  Яримўтказгичлар  параметрларини 

аниқлаш усуллари. «Ўқитувчи» Tошкент – 1999; 

6. С.Зи. Физика полупроводниковых приборов 1, 2. «Мир» Москва – 1984. 

4. Ishning  maqsadi:

 

Quyosh  batareyalari  yordamida  uylarni  elektr  energiya 



bilan  ta‟minlash,  olingan  elektr  energiyani  maishiy  texnika  –  asboblari 

jamlanmasiga tatbiq qilish, u bilan bog„liq bo„lgan xarajatlarni hisob – kitob qilish, 

tajribaviy modelini yaratish va uni amaliyotda qo„llash. 

5. Chizma matеriallar ro‘yхati: ____________________________________ 


__________________________________________________________________ 

6. Maslahatchilar: _______________________________________________ 

 

Bo‘limlar 



Maslahatchi F. I. SH. 

Imzо, sana 

Tоpshiriq 

bеrildi 

Tоpshiriq 

qabul qildi 

Kirish 


kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 



1.1. 

kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 

1.2. 



kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 



1.3. 

kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 

1.4. 



kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 



2.1. 

kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 

2.2. 



kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 



Xulosa 

kat. o„qit. Abdikarimov A. E 

 

 

 



Ishga  taqriz  yozuvchining  F.  I.  Sh.,  ilmiy  darajasi,  unvoni:

 

TATU 



Urganch filiali qoshidagi 1 – akademik litsey o„qituvchisi Safayev R. Q. 

 

7.

 

Ilmiy rahbar:              kat. o„qit. Abdikarimov A. E.            _____________ 

 

BMI bajaruvchi talaba:

                   

Sabirov R. Y.

                   

_____________  

 

Kafеdra mudiri:

                         

dots. Aminov U. A.                _____________

 

                            



 

 

 



 

 

 



Mundarija 

 

Kirish........................................................................................................................9 



I – bob. Quyosh elementlari va batareyalarining fizikaviy asoslari.................11 

1.1. Quyosh elementlarining tuzilishi va ularni yig„ish....................................11 

1.2. Quyosh elementlarining ishlash prinsipi, asosiy parametrlari....................18 

1.3. Quyosh elementlarini tayyorlash texnologiyalari.......................................22 

1.4. Bugungi kunda Quyosh batareyalarining qo„llanilish sohalari..................27 

II  –  bob.  Uylarni  Quyosh  batareyalari  yordamida  elektr  energiyasi  bilan 

ta’minlash...............................................................................................................32 

2.1.  Quyosh  batareyasi  yordamida  olingan  elektr  energiyani  turli  maishiy 

texnika asboblari jamlanmasiga tadbiqi..................................................................32 

2.2.  Quyosh  elementi  yordamida  uylarni  elektr  energiya  bilan  ta‟minlashning 

tajribaviy modeli......................................................................................................40 

Xulosa.....................................................................................................................43 

Adabiyotlar............................................................................................................44 


Kirish 

Ishning  dolzarbligi:  XX  asrning  oxiriga  kelib  atrof  –  muhitni  muhofaza 

qilish  hamda  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  masalasi  eng  dolzarb 

muammoga  aylandi.  Bugun  jahon  ilm  –  fani  muqobil  energiya  manbalarini  izlab 

topish,  yaratish,  foydalanish  samaradorligini  oshirish,  bu  borada  targ„ibot  – 

tashviqot  ishlari  olib  borishga  alohida  e‟tibor  qaratmoqda.  Chunki  bosqichma  – 

bosqich  muqobil  energiyadan  foydalanishga  о„tilmas  ekan,  tabiiy  boyliklarimiz 

bo„lgan  –  neft,  gaz,  ko„mir  zaxiralari  tugashi  va  keyinchalik  narxlarining  oshishi 

natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan yuzma – yuz keladi.  

O„zbekistonda  noan‟anaviy  energiya  manbalari,  birinchi  navbatda,  quyosh 

energiyasidan 

foydalanishni 

kengaytirishga 

katta 

e‟tibor 


berilmoqda. 

Prezidentimiz  Islom  Abdug„aniyevich  Karimovning  2013  –  yil  1  –  martda  qabul 

qilingan  “Muqobil  energiya  manbalarini  yanada  rivojlantirish  chora  –  tadbirlari 

to„g„risida”gi  farmonida  muqobil  energetika  sohasidagi  ilmiy  salohiyatni  yanada 

rivojlantirish, 

malakali 

kadrlar 

tayyorlash, 

bu 

boradagi 



qonunchilikni 

takomillashtirish,  muqobil  energiya  manbalarini  ishlab  chiqaruvchilar  va 

foydalanuvchilarni  rag„batlantirish,  ularga  soliq  va  bojxona  imtiyozlari  berish, 

“Muqobil  energiya  manbalari  to„g„risida”gi  qonun  loyihasini  ishlab  chiqish 

vazifalari belgilangan. 

Ishning  maqsadi  va  vazifalari:  Bu  bitiruv  malakaviy  ishida  Quyosh 

batareyalari  yordamida  uylarda  xizmat  qilayotgan  turli  maishiy  texnika  asboblari 

to„plamlarini elektr energiya bilan ta‟minlash, u bilan bog„liq bo„lgan xarajatlarni 

hisob  –  kitob  qilish,  tajribaviy  modelini  yaratish  va  uni  amaliyotda  qo„llash 

maqsad qilib  olindi. 

Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi:  Quyosh  elementi  yordamida  uylardagi  turli 

xil  maishiy  texnika  asboblari  jamlanmasini  elektr  energiyasi  bilan  ta‟minlash 

bo„yicha hisob – kitoblar va uni amaliyotda qo„llash loyihasi ishlab chiqilgan.  

Tadqiqot ob’ekti. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan 

ta‟minlash bo„yicha qilingan amaliy ishlar  va yaratilgan tajribaviy modeli ob‟ekti 

bo„lib xizmat qiladi. 


Tadqiqot  predmeti:  Uylarni  elektr  energiya  bilan  ta‟minlashda  Quyosh 

elementlaridan foydalanish bo„yicha qilingan qilinishi kutilayotgan amaliy ishlarni, 

yaratilgan  tajribaviy  modelini  adabiyotlar  bo„yicha  hisob  –  kitoblar  qilish  va 

harajatlarni taqqoslash. 



Tadqiqotning  ilmiy  –  amaliy  ahamiyati.  Hozirgi  zamon  muammolaridan 

biri juda katta miqdordagi quyosh radiyatsiya energiyasidan maksimal foydalanish 

masalasidir.  Shunday  ekan,  Quyosh  batareyalari  tuzilishining  oddiyligi,  ishlash 

prinsipi, asosiy parametrlari, o„rnatishning osonligi, ko„p xizmat talab etmasligi va 

uzoq  muddat  foydalanish  mumkinligi,  u  bilan  bog„liq  bo„lgan  hisob  –  kitoblarni 

bilish katta ahamiyat kasb etadi. 



Ishning  tuzilishi  va  qisqacha  mazmuni:  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish, 

ikkita bob, xulosa  va foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat.  Kirish qismida 

mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi shakllantirilgan, asosiy qo„yilgan vazifalar 

yoritilib, uning ilmiy – amaliy ahamiyati va ilmiy yangiligi nimadan iborat ekanligi 

ko„rsatilgan. 

Birinchi  bobda,  Quyosh  elementlari  va  batareyalarining  fizikaviy  asoslari: 

Quyosh elementlarining tuzilishi va ularni yig„ish; Quyosh elementlarining ishlash 

prinsipi,  asosiy  parametrlari;  Quyosh  elementlarini  tayyorlash  texnologiyalari; 

Bugungi  kunda  Quyosh  batareyalarining  qo„llanilish  sohalari  haqida  ma‟lumotlar 

berilgan. 

Ikkinchi  bobda  esa  Quyosh  batareyasi  yordamida  olingan  elektr  energiyani 

turli  maishiy  texnika  asboblari  jamlanmasiga  tatbiqi  va  Quyosh  elementi 

yordamida  uylarni  elektr  energiya  bilan  ta‟minlashning  tajribaviy  haqida 

ma‟lumotlar va natijalari keltirilgan.  

Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida ishning natijalari bo„yicha asosiy 

xulosalar keltirilgan bo„lib,  ish yakunida adabiyotlar ro„yxati kiritilgan. 



I – bob. Quyosh elementlari va batareyalarining fizikaviy asoslari. 

1.1.  Quyosh elementlarining tuzilishi va ularni yig‘ish. 

Quyosh  energiyasidan  foydalanishning  juda  ham  ko„p  usullari  mavjud 

bo„lib,  bulardan  eng  effektivrog„i  –  nurlanish  energiyasini  boshqa  ko„rinishdagi 


energiyaga  aylantirishda  foydali  ish  koeffitsiyenti  eng  katta  bo„lgan  qurilma 

yarimo„tkazgichli quyosh batareyasi bo„lib hisoblanadi [2]. 

Quyosh  elementlari  yorug„lik  energiyasini  elektr  energiyaga  aylantirib 

beradi.  Quyosh  elementlari  to„plami  esa  Quyosh  batareyasini  hosil  qiladi  (1.1.1  – 

rasm). 

Xo„sh, Quyosh elementi qanday tuzilgan? 



Yarimo„tkazgichning  elektr  o„tkazuvchanligiga  begona  ta‟sirini  eng  ko„p 

qo„llaniladigan, 

hamda 

sodda 


yarimo„tkazgich 

hisoblangan 

kremniy 

yarimo„tkazgich materiali misolida ko„raylik. 

Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan va inson ehtiyoji uchun elektr manbai 

sifatida  qo„llanilayotgan  Quyosh  elementlarining  aksariyati  kremniy  (Si

materialidan  tayyorlanmoqda.  Bunga  asosiy  sabab,  hozirgi  zamon  xalq  xo„jaligi 

ehtiyoji  uchun  ko„p  qo„llaniladigan  mikroelektron  asboblarning  asosi 

kremniyligidir. Ikkinchidan, kremniy elementar yarimo„tkazgich material bo„lib, u 

yer  tarkibining  30  %  ga  yaqinini  tashkil  qilishi,  hamda  texnologiyasining 

rivojlanganligidadir [7]. 

Bizga  ma‟lumki,  sof  holatdagi  yarimo„tkazgichlar  elektr  tokini  deyarli 

o„tkazmaydi. Bunga xususiy o„tkazuvchanlik deyiladi. Xususiy o„tkazuvchanlikda 

elektr tokini teng miqdordagi elektronlar va kovaklar tashiydi. Lekin unda juda oz 

miqdorda 

aralashma 

kiritilsa 

yarimo„tkazgich 

materialning 

elektr 


o„tkazuvchanligini  keskin  o„zgartirib  yuboradi.  Sof  kremniy  kristallidagi  har  bir 

atom  to„rttadan  qo„shni  atomlari  bilan  tashqi  valent  elektronlari  yordamida 

kovalent  yoki  atomar  bog„lanish  hosil  qilib  birikadi.  Buni  1.1.2  –  rasmda 

keltirilgan  sodda  chizma  yordamida  tasavvur  qilish  mumkin.  Bunda  har  bir 

kremniy atomi  o„zlarining  elektronga bo„lgan ehtiyojlarini (elektromanfiylik  yoki 

elektronga  moyilliklarini) qo„shni atomlar hisobiga qondiradi.  Tugunlar orasidagi 

fazoda birorta ham erkin zaryad tashuvchi (elektron yoki kovak) yo„q. [1] 

Aytaylik, kremniy kristaliga, ma‟lum bir konsentratsiyada begona kirishma 

sifatida,  Mendeleyev  davriy  sistemasining  III  guruh  elementlaridan  biri,  masalan, 

galliy kiritilgan deylik. Galliy 3 valentli atom bo„lgani sababli uning tashqi, valent, 



elektron  qobig„ida  3  ta  elektroni  mavjud.  Demak,  kremniy  atomlaridan  birining 

o„rnini  egallagan  galliy  atomi  qo„shni  kremniy  atomlari  bilan  kovalent 

bog„lanishda  faqat  uchta  elektron  bilangina  ishtirok  qila  oladi.  Kovalent 

bog„lanishda galliy atomida bitta elektron o„rni egallanmay, bo„sh qoladi. Bu bo„sh 

o„ringa  (kovakka),  yuqorida  ko„rganimizdek  qo„shni  atom  elektronlari  ko„chib 

o„tishi  mumkin.  Lekin,  qiziq  tomoni  shundaki,  bu  bo„sh  o„ringa  kremniy 

atomlariga  tegishli  valent  elektronlardan  birortasi  o„tishi  uchun  ma‟lum  bir 

darajada energiya sarflanishi kerak (E



a

)

Shuni  ta‟kidlash  lozimki,  bunda  sarflanadigan  energiya  miqdori  kremniy 

atomi  birorta  valent  elektronini  tugunlararo  fazoga,  ya‟ni  erkin  holatga  o„tkazish 

uchun  sarflanadigan  energiya  miqdoridan  (∆E)  ancha  kichik  bo„ladi:  E



a

  <<  ∆E

Shunday  qilib,  ma‟lum  bir  (E



a

)  energiya  sarflab  galliy    atomidagi  bo„sh  o„rinni 

egallagan  kremniy  atomiga  tegishli  valent  elektron  o„rniga  endi  qo„shni  kremniy 

atomi  elektronlari  hech  qanday  energiya  sarflamasdan  o„taverishlari  mumkin. 

Demak, kremniy yarimo„tkazgichiga oz miqdorda galliy kirishmasini kiritish bilan 

unda kovaklar soni muvozanatli holatdagiga nisbatan oshadi va yarimo„tkazgichda 

asosiy  tok  tashuvchilar  rolini  kovaklar  bajaradigan  bo„ladi.  Bunday 

o„tkazuvchanlik  kovakli  o„tkazuvchanlik  yoki  positive  “p”  tipli  o„tkazuvchanlik 

deyiladi.  Bunda  kovaklar  sonini  ko„payishiga  olib  kelgan  begona  kirishm



“akseptor” deyiladi. [2] 

Endi,  aytaylik,  shunday  kremniy  yarimo„tkazgichiga  Mendeleyev  davriy 

sistemasining  V  guruh  elementi,  masalan,  fosfor  (P)  oz  miqdorda  kiritildi  deylik. 

Fosfor 5 valentli element, ya‟ni uning tashqi valent elektron qobig„ida 5 ta elektron 

mavjud. Kremniy kristall tugunchalarining biriga joylashgan fosfor atomi qo„shni 

4  ta  kremniy  atomlari  bilan  kovalent  bog„lanish  hosil  qilishda  o„zining  5  ta 

elektroni  bilan  ishtirok  qiladi.  Tabiiyki,  fosfor  atomining  bitta  elektroni  bilan 

kovalent  bog„da  ishtirok  qila  olmay,  fosfor  atomiga  uning  boshqa  elektronlariga 

nisbatan  ancha  zaifroq  bog„langan  holda  qoladi.  Bunday  elektronga  ancha  kichik 

miqdordagi  energiya  berilishi  bilan  u  “erkin”  elektron  holatiga  o„tadi.  Kremniy 

atomidagi valent elektronlarni “erkin” holatga o„tkazish uchun esa ancha katta (∆E 


≈  1  eV)  energiya  berilishi  kerak  edi.  Bunday  elektronni  «osongina»  erkin 

elektronlar  qatoriga  beruvchi  atom  (ko„rilayotgan  holda  kremniyda  fosfor  atomi) 



donor  turdagi  atom  deyiladi.  Bunday  holda  hosil  bo„lgan  o„tkazuvchanlik  esa 

elektron tipli o„tkazuvchanlik yoki negative “n” tipli o„tkazuvchanlik deyiladi. 

Endi 


“p”  va  “n”  tipli  o„tkazuvchanlikka  ega  bo„lgan  ikkita 

yarimo„tkazgichni kontaktga keltiraylik. Kontakt sohasida zaryad tashuvchilarning 

o„zaro  diffuziyasi:  “n”  yarimo„tkazgichdan  “p”  yarimo„tkazgichga  va  aksincha, 

“p” yarimo„tkazgichdan “n” yarimo„tkazgichga kuzatiladi. Natijada esa p – n o„tish 

sohasi yuzaga keladi (1.1.3 – rasm). [5] 

Bir  –  biriga  qarama  –  qarshi  bo„lgan  talablarni  kompromiss  texnik 

yechimlarga keltirish natijasida tushayotgan yorug„lik nurlanishiga perpendikulyar 

joylashgan  p  –  n  o„tishli  Quyosh  elementi  konstruksiyasi  tanlab  olingan.  Hozirgi 

zamonda ayrim qo„shimchalar kiritilgan holda (tortuvchi elektr maydoni kiritilishi, 

orqa  tomondagi  kontaktga  izotip  to„siqlar  olish,  butun  qoplamali  kontaktni 

to„rsimon  kontaktga  almashtirish,  sirtki  yuzani  teksturalash,  orqa  tomonga 

akslantiruvchi qoplamalar yasash) yuqoridagi konstruksiya saqlab qolingan. 

Quyosh  elementini  samaradorligini  oshirish  maqsadida  uning  frontal 

yorug„likni  qabul  qiluvchi  tomoniga  radiatsion  –  himoya  qoplamasi,  haroratni 

boshqaruvchi  va  yuzani  tiniqlashtiruvchi  qoplamalar  hosil  qilinadi.  Quyosh 

elementining ishlashi jarayonida bu qoplamalar  material ichiga kiruvchi nurlanish 

miqdorini  ko„paytiradi,  ortiqcha  issiqlikni  nurlantirish  hisobiga  kamaytiradi. 

Bundan  tashqari  qoplamalar  yerda  noqulay  iqlim  sharoitlarida  va  koinotda  ularni 

radiasiyadan himoya qiladi. [13] 

Quyosh elementi frontal, optik nurlanishga qaratilgan yuzasini, odatda fosfor 

atomlari  kiritilgan  kremniyning  yupqa  qatlamidan  tayyorlanadi  va  uni  10

20

  sm



-3

 

gacha va undan ham ko„proq darajagacha legirlashadi. 



Elementning  bazasiga  esa  bor  kirishmasi  10

15

  –  10



16

  sm


-3

  darajagacha 

kiritiladi. Quyosh elementining optik nurlanishga qaratilgan frontal sirtini 5  – 7 % 

gacha  egallagan  har  xil  topologiyali  to„rsimon  kontakt  bilan  qoplanadi. 



Elementning  orqa  sirtining  yuzasi  esa  butunlay  qoplama  yoki  to„rsimon  qoplama 

bilan qoplanadi. 

Ρ  –  n  o„tishdan  elektr  maydoni  vositasida  ajratilayotgan  asosiy  bo„lmagan 

zaryad tashuvchilar tashqi zanjirga o„tishi kerak. Yarimo„tkazgich material frontal 

sirtida  (“n”  tur  qoplamada)  zaryadlar  qoplama  bo„ylab  harakatlansa,  quyosh 

elementi  bazasida  (“p”  tipdagi  materialda)  ularning  harakati  perpendikulyar 

yo„nalishda bo„ladi. 

Tayyorlanadigan  omik  kontaktning  birinchi  qatlami  alyuminiydan  qilinadi. 

Alyuminiy  “p”  materialda  kirishma  bo„lgani  uchun,  u  kremniyga  yaxshi  omik 

kontakt  beradi  va  keyin  uning  ustiga  Ti,  Pd,  Ag  yoki  Ni  va  kerakli  pripoy 

qotishmasi qoplanadi. [1] 

Ilmiy  tadqiqotlar  shuni  ko„rsatadiki,  agar  frontal  yupqa  qatlamga  kontakt 

materiali dastlab butun sirtga qoplama sifatida olinib, keyin ma‟lum shaklli rasmni 

fotolitografik jarayon vositasi bilan ximik yemirish orqali bajarilsa, frontal yuzada 

ko„plab mikro teshilgan hududlar paydo bo„lar ekan. Bu esa o„z navbatida, shunt 

qarshiligini  kamaytirib  teskari  to„yinish  toki  I

0

  ni  oshirib  yuborar  ekan.  Shuning 



uchun  frontal  kontaktlar  topologiyasini  niqob  orqali  yoki  fotolitografik  jarayonni 

kontakt olinishidan oldin o„tkazilishi talab qilinadi. 

Agar  hisob  –  kitob  aniq  bo„lib,  texnologik  jarayonlar  mukammal  bajarilsa, 

Quyosh  elementining  volt  –  amper  xarakteristikasi  (VAX)  keskin  yaxshilanadi. 

Quyosh  elementi  ishiga  yorug„likning  qaytish  va  yutilish  koeffitsientlari  ta‟sir 

ko„rsatadi.  Quyosh  elementi  sirtiga  har  xil  qoplamalar  qoplash  bilan  uning  optik 

xarakteristikalarini,  buning  oqibatida  foydali  ish  koeffitsiyenti  (FIK)  ni  oshirish 

mumkin.  Tabiiyki  spektrning  ishchi  zonasida  yorug„lik  qaytishini  kamaytirish 

muhim hisoblanadi.  Quyosh elementlarning sovitilishini ta‟minlash uchun maxsus 

qoplamalar  yaratish  kerak.  Kosmosda  ishlaydigan  Quyosh  batareyalari  uchun  bu 

dolzarb  masala  hisoblanadi,    Quyosh  elementlarning  sovushi  faqat  atrof  muhitga  

nurlanish hisobiga bo„ladi. [13] 

 


 

1.1.1 – rasm. Quyosh batareyasining umumiy ko„rinishi. 

 

 

1.1.2 – rasm. Kovalent bog„lanishli kremniy kristalining soddalashtirilgan chizmasi. 

 

1.1.3 – rasm. Quyosh elementini tuzilishi, elektron va elektr toki oqimi yo„nalishi. 

Quyosh  elementlarni  batareya  qilib  yig„ish  katta  miqdorda  elektr  ulashlarni 

bajarishni talab qiladi, sababi Quyosh elementlarning batareyadagi soni o„n  ming, 

ba‟zan  yuz  ming  donani  tashkil  qiladi.  [1]  Quyosh  elementlarini  yig„ish  asosan 

ishlab  chiqarish  korxonalarida  amalga  oshiriladi.  1.1.4  –  rasmda  Quyosh 

elementlarni  guruhlarga  birlashtirish  sxemasi  keltirilgan  bo„lib,  bu  sxema 

elementar  batareya  deyiladi.  Quyosh  elementlarini  ehtiyojga  qarab  ularni  turli  xil 

ulashlar  yordamida  yig„ish  mumkin.  Masalan,  1.1.4  a  –  rasmda  ikkita  Quyosh 

elementini  bir  –  biriga  parallel  ulash  orqali  ulardan  Quyosh  batareyasi  hosil 

qilingan. 1.1.4 b – rasmda esa ikkit Quyosh elementi ketma – ket ulangan. 1.1.4 – d 

rasmdan ko„rinib turibdiki, ikkita  Quyosh  elementi ketma  – ket  va  o„z navbatida 

ular bir – birlariga o„zaro parallel ulangan. 1.1.4 e – rasmda uchta Quyosh elementi 

parallel ulanib, ular yana parallel ulangan uchta Quyosh elementiga o„zaro ketma – 

ket  ulangan.  Demak,  to„liq  batareya  bir  –  biriga  ketma  –  ket  ulangan  bir  nechta 

elementar  batareyalardan  tashkil  topar  ekan.  Bunday  ulashlar  ulash  qoidalariga 

asosan  amalga  oshiriladi.  Elektr  bo„limidan  bizga  ma‟lumki,  elementlar  ketma  – 

ket ulanganda umumiy kuchlanish  har bir  elementning kuchlanishlari  yig„indisiga 

teng,  tok  kuchi  esa  o„zgarmas  bo„lib,  bitta  element  orqali  oqib  o„tayotgan  tok 

kuchiga teng: 

U

um

 = U

1

 + U

2

 + U

3

 + … + U

n

 


I

um

 = I

1

 = I

2

 = I

3

 = … = I

n

 = const 

Parallel  ulanganda  esa,  kuchlanish  o„zgarmas  bo„lib,  bitta  element  hosil 

qilgan  kuchlanish  qiymatiga  teng,  umumiy  tok  kuchi  har  bir  elementdan  oqib 

o„tayotgan tok kuchlari yig„indisiga teng bo„ladi, ya‟ni: 



U

um

 = U

1

 = U

2

 = U

3

 = … = U

n

 = const 

I

um

 = I

1

 + I

2

 + I

3

 + … + I

n

 

Aralash  ulashda  U

um 

va  I


um

  lar  yuqoridagi  formulalarni  zanjir  qismlariga 

qo„llash orqali aniqlanadi. 

 

 



1.1.4 – rasm. Quyosh elementlarni guruhlarga birlashtirish sxemasi. a) – parallel ulash, b) – 

ketma – ket ulash, d) va e) lar aralash ulash. 


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish