Korxonaning axborot muhiti
Boshqaruv hisobotini tor ma’noda rahbar topshiriklari bo’yicha bajarilgan
harakatlar to’g’risidagi hisobot sifatida tushunish mumkin. Yanada kengroq
ma’noda esa bu korxona faoliyatining barcha jihatlari to’g’risida korxona rahbariga
tarkiblashtirilgan axborotlarni taqdim etishni korxonada yo’lga qo’yilgan tizimdir
(hujjatlar, ma’lumotnoma, hisobot, yozuv va h.q. shaklda). Korxona faoliyatining
ikki tomoni – tashki va ichki yo’nalish turlariga mos raviщda, rahbariyatga taqdim
etiladigan hisobotlarni ham ikki qismga ajratish mumkin.
Tashqi muhit to’g’risidagi axborotlar. Marketing axborotlarni marketing
bilan shug’ullanuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadigan, bozorning barcha
xarakteristikalari bo’yicha ma’lumotlardan tashkil topgan marketing axborot
tizimini (MAT)ni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Marketing bo’yicha
mutaxassislar bozor holati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish bilan
shug’ullanadilar. Marketing axborotlarni yig’ishning asosiy yo’nalishlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
mijozlar va ularni xarid hatti - haraqatlarini o’ziga hos xususiyatlari;
raqobatchilar (haqiqiy, potensial);
mahsulot yetqazib beruvchilar;
Marketing axborotlarining manbalari bo’lib:
so’rov natijalarida olingan ma’lumotlar, statistika, boshlang’ich
ma’lumotlardan tashkil topgan manbalar;
ikkalamchi ma’lumotlar – ishonchlilikning turli darajalariga ega bo’lgan,
ikkinchi manbadan olingan turli ma’lumotlar.
Tabiiyki, marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishini bajarish uchun yanada
to’liq va batafsil axborotlar zarur. Barcha marketing axborotlari marketing axborot
tizimiga kiritilishi hamda unda ishlash uchun ochiq bo’lishi kerak. Biroq, korxona
rahbariyatiga maydalashtirishni chuqur, ortiqcha darajasi kerak emas. Shuning
uchun korxona rahbariyati uchun marketing axborotlarni taqdim etish, marketing
bo’limi xodimlarning o’zlari foydalaniladigan ishchi axborotlarni taqdim etishdan
farq qilish zarur.
Korxonaning ichki muhiti to’g’risida axborotlar korxonaning barcha
faoliyatini qamrab oladi. Korxona faoliyati to’g’risidagi to’liq hisobot rejalarning
uch turi bo’yicha hisobotlar asosida shakllantiriladi:
byudjet (va mos pravishda moliyaviy va buxgalteriya hisobolari);
ishlab chiqarish rejasi – ishlab chiqariladtgan mahsulot hajmi va
assortimenti bo’yicha reja;
tadbirlar rejasi – jami korxona va har bir bo’linmani kvartal (choralik) yoki
oylik harakat rejasi.
Rejalarning mazkur uch turiga mos keluvchi aniq ishlab chiqilgan hisobot
tizimning mavjudligida, korxona rahbariyati korxonada nima yuz berayotganligi
to’g’risida barcha to’liq axborotga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |