ishlov berish uchun ShEHMga kiritiladi.
Mashinali tashuvchilarga axborotlarni yozish mustaqil prosedura
sifatida ham yoki ishlov berish natijasi sifatida ham ShEHMda amalga
oshiriladi.
Axborotlarni saqlash va to’plash undan ko’p martali foydalanish,
shartli-doimiy, ma’lumotnoma va axborotlarni boshqa turlarini qo’llash
hamda boshlang’ich ma’lumotlarni ularga ishlov berilgancha ularni tuplash
zaruriyati sababli tashkil etilgan. Axborotlarni saqlash va to’plash axborot
bazalarda, axborot to’plam kurinishdagi mashinali tashuvchilarda amalga
oshiriladi, bu yerda ma’lumotlar loyihalar tartibidagi belgilangan jarayon
bo’yicha joylashtiriladi.
Axborotlarni saqlash va to’plash bevosita ma’lumotlarni qidirish bilan
bog’liq, ya’ni tuzatishlar kiritishga yoki almashtirish uchun axborotlarni
qidirishni qo’shib, saqlanadigan axborotlardan kerakli ma’lumotlarni tanlab
olish. Axborotlarni qidirish prosedurasi foydalanuvchi tomonidan tuzilgan
yoki ShEHMga kerakli axborotlarni qidirish bo’yicha so’rov asosida
avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Axborotlarni qayta ishlash nafaqatgina avtonom tarzda, balki
funksional vazifalarini yechish uchun axborot to’plamlar va ShEHMda
dasturiy vositalar to’plamidan foydalanib, hisoblash tarmoqlarida ham
amalga oshiriladi. Dasturga mos ravishda kompyuterda masalalarni yechish
jarayonida ekranda aks ettiriluvchi yoki mashina yordamida kog’ozda chap
etiladigan natijaviy ma’lumotlar shakllantiriladi.
Ma’lumotlarni chop etishni nusxalashtirish prosedurasi bilan birga
kuzatilishi mumkin, agar hujjat natijaviy axborotlar bilan birga bo’lsa uni
bir necha foydalanuvchilarga taqdim etish zaruriyati bo’lsa.
Tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimda
qarorlar qabul
qilish texnik vositalardan foydalanib yoki foydalanmasdan mutaxassis
tomonidan amalga oshiriladi, biroq ikkinchi holatda ShEHMdan olingan
natijaviy axborotlar sinchiklab tahlildan o’tqaziladi. Qaror qabul qilish
vazifasi shu bilan murakkablashadiki, ko’p qarorlar ichidan mutaxassisga
resurslarni (vaqt, moddiy, mehnat resurslari) optimal darajaga keltiruvchi
yanada maqbul variantini izlab topish talab etiladi.
Shahsiy kompyuterlar va terminal qurilmalarini qo’llash tufayli ishlov
beriladigan ma’lumotlarni foydaligi ortadi, hamda foydalanuvchini
hisoblash tizimi bilan o’zaro munosabati jarayonida optimal qarorlarni
avtomatik ishlab chiqishga uzluksiz o’tish ta’minlanadi. Bunga esa qarorlar
qabul
qilishni
qo’llab quvvatlovchi ekspert tizimlarning yangi
texnologiyasidan foydalanish tufayli erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: