Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib,
ishchi muhitini yaratish.
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
III.Yangi mavzuning bayoni: Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning
evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi
zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini ko‘rsatadi. Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln
yil mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli ikki tarmoqqa –
hozirgi odamsimon maymunlar va odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining
kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan. Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning
ba’zilari ikki oyoqlab yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Ularda
ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan.
Ular o‘rmon-dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg,
kalla suyagining hajmi 500–600 sm3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab
harakatlanganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan 5,5
mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo
habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650–680 sm3 bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh, yog‘och
qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini
kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu
sababli ular «uquvli odam» deb atalgan. Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam
– homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun
odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm3 bo‘lgan. Pitekantroplar
toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda
Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan.
Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm3, bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni
bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar
sanaladi
Do'stlaringiz bilan baham: |