1. 1-5 gacha bo`lgan raqamlarni yozishni o`rgatish metodikasi
2. +, - va = belgilarini yozishni o`rgatish metodikasi
Daftarning 3 sahifadan boshlanib, daftarning har bir sahifasida darsga ajratilgan
1- dars. Mustaqillik haqidagi suhbat bilan bir vaqtda olib boriladi. « Jonajon maktabim» to‘grisida.
2- dars. «Sanash» mavzusi o‘rganilganda giometrik figuralarni bo‘yash ishlari orqali sanashni
3- dars. «Ketma-ketlik» tartibini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ruchka va qalamdan
foydalanish qoidalari mustahkamlash va daftarlarda bajariladi, sabzavotlar o‘rniga ko‘ra
4-6- darslar. Bir xil, har xil. Uzun.Qisqa mavzusi o‘rganilganda rasmlardagi daftar va kitob, ruchka
va qalamlar sanog‘i, o‘rni taqqoslanadi, qovun va tarvuz ko‘p-kamligi, ruchka va qalamning ko‘p-
kamligi to‘g‘risidagi suhbat jarayonida sinfdagi boshqa o‘quv qurollari taqqoslanib, mavzu
mustahkamlanadi. Darslik betidagi yozuv malakalari mustahkamlanadi.
7- dars. «Balandda pastda yuqorida ichida yonida oldida» tushunchalarni mustahkamlash uchun
daftardagi uzum uzish, dalada o‘quvchilar mehnati to‘g‘risidagi suhbat jarayonida mevalarni
tartiblash qoidalari mustahkamlanadi. Yozuv malakalari mustahkamlanadi.
8- dars. Suhbat jarayonida daftardagi qush, ot, tuya, uy jihozlari va joylashtirilgan o‘rniga qarab
mavzu mustahkamlanadi va geometrik shakllarni boyash ishlari kabi topshiriq beriladi.
9- dars. O‘quvchining kundalik faoliyatini bayon qilish bilan birga daftardagi (tarixiy obidalar)
ertalabki quyosh nurlarida tovlanishi shuningdek, O‘zbekiston Milliy bog‘ida Alisher Navoiy
haykalining tungi jilosi va kuz oyidagi paxta terimi to‘g‘risida tarbiyaviy suhbat olib boriladi va
daftardagi yozuv mashqlarini o‘quvchilar bajarilishi nazorat qilib boriladi.
10- dars. «Naqshlar» mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘proq daftar bilan ishlashga vaqt ajratiladi.
O‘quvchilarning yozuv malakalarini shakllantirish, bezash didi, nutqi, ruchka va qalam, undan
to‘g‘ri foydalanish, raqamlashga tayyorgarlik bosqichi mustahkamlanadi.
11- dars. Birinchi raqam bilan o‘quvchi tanishtiriladi yozuv mashqlarini bajarish qoidalari
tushuntirilib, 1,2,3 qator yozuvlari to‘ldiriladi. Qalam va olma, pufak likopcha rasmlari bo‘yaladi.
Bo‘sh daftar katakchalarida yozuv mashqini mustaqil davom ettirish orqali 1 sonining bosma va
yozma shakllari mustahkamlanadi. Daftarda eng chiroyli yozuv uchun rag‘batlantirish belgisi
pastki qismda yoziladi.
12- dars. 2 raqami bilan tanishtiriladi 1 raqamini yozish qoidalari singari ham 2 raqami ham mashq
qilinadi.Narsalarni boyash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish , shuningdek, «katta»,
«kichik» belgilarining yozma shakllari mashq qilinadi. Eng chiroyli yozuv uchun rag‘batlantirish
belgisi daftarga qoyiladi.
13-14- darslar. 3 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni yozuv qoidalari mustahkamlanadi.
Daftardagi bo‘yash ishlari mustaqil bajarish uchun o‘quvchilarga havola etiladi.
15-16- darslar. 4 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni qoidalari mustahkamlanadi. Daftardagi
barglarni bo‘yash ishlari mustaqil bajarish uchun o‘quvchilarga havola etiladi.
17-18- darslar. 5 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni yozuv qoidalari mustahkamlanadi. 1-5 gacha
bo’lgan bosqich tugashi, yangi bosqich boshlanishiga tayyorgarlik sifatida misollar bajariladi,
geometrik shakllar bo’yaladi va ular orqali yozish , sanash, taqqoslash malakalari
mustahkamlanadi. 1 dan 5 gacha bo’lgan sonlarnig to’g’ri va teskari yozilishi mustahkamlanadi.
Bo’sh kataklarda mustaqil topshiriqlar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: