Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

90 
 
15-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida investitsion siyosat va 
investitsiya muhiti 
15.1.Investitsiyalar va investitsion faoliyat tushunchalari. Investitsiyalar bozori.  
15.2.Mamlakatni  modernizatsiyalatsiyalash  yo‘lida  amalga  oshirilayotgan  faol 
investiya siyosati va o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar tahlili. 
15.3.Korxonalarning investitsion siyosati va uni shakllantirishning asoslari. 
15.4.Iqtisodiyotda  investitsiya  investitsion  muhit  jozibadorligini  oshirishning  asosiy 
yo‘nalishlari 
 
15.1.Investitsiyalar va investitsion faoliyat tushunchalari. Investitsiyalar bozori.  
 
Investitsiyalar 

  iqtisodiyot  va  korxonalar  miqyosida  yangi  ishlab  chiqarish 
korxonalari  yaratish  yoki  mavjud  korxonalarni  zamonaviylashtirish,  ilg‘or  texnika  va 
texnologiyalarni  o‘zlashtirish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  foyda  (daromad)    olishni 
ko‘paytirish  maqsadida  uzoq  muddatli  mablag‘lar  kiritilishidir.  Investitsiyalar  ijtimoiy 
ishlab  chiqarish  tuzilmasini  yaxshilash,  ishlab  chiqarishdagi  nomutanosibliklarini  bartaraf 
qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega. 
O‘zR  24.12.1998  y.    “Investitsiya  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonuniga  muvofiq 
investitsiyalar  deganda  iqtisodiy  va  boshqa  faoliyat  ob’ektlariga  kiritiladigan  moddiy  va 
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tushuniladi. Investitsiya faoliyati sifatida 
esa  investitsiya  faoliyati  sub’ektlarining  investitsiyalarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq 
harakatlari  majmui  qabul  qilinadi.  Ushbu  faoliyatning  asosiy  figura  bo‘lgan  investorlar 
qatoriga  o‘z  mablag‘larini,  qarzga  olingan  va  jalb  etilgan  mablag‘larni,  mulkiy  boyliklarni 
va  ularga  doir  huquqlarni,  shuningdek  intellektual  mulkka  doir  huquqlarni  investitsiya 
faoliyati  ob’ektlariga  investitsiyalashni  amalga  oshiruvchi  investitsiya  faoliyati  sub’ektlari 
kiritiladi.  Investitsiya  faoliyati  ishtirokchisi  deganda  investorning  buyurtmalarni 
bajaruvchi  sifatida  investitsiya  faoliyatini  ta’minlovchi  investitsiya  faoliyati  sub’ekti 
tushuniladi. 
Investitsiyalarning  iqtisodiy  mazmun  -  mohiyati  to‘g‘risida  iqtisodchi  olimlar 
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.  
Investitsiyalarga  aniq  bir  ta’rif  berilmagan.  Jumladan,  professor  D.G‘.  G‘ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, 
quyidagicha  ta’rif  berib  o‘tgan:  “Investitsiyalarning  mazmuni  aniq  va  ishonchli 
manbalardan  mablag‘lar  olish,  ularni  asosli  holda  safarbar  etish,  rikslar  darajasini  hisobga 
olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.
20
 
Professor  N.H.  Haydarov  investitsiyalar  mazmun  –  mohiyatiga  quyidagi  ta’rifni 
beradi:  “Investitsiya  –  bu  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar,  tadbirkorlik  asosida  faoliyat 
ko‘rsatayotgan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  yoki  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  samara 
olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga 
sarflashidir”.
21
 
Lorens  Dj.  Gitman  va  Maykl  D.  Djonkning  «Investitsiyalash  asoslari»  (M.:  «Delo» 
nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy 
                                                 
20
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. Т.: “Молия” нашриёти. 2003. 26 бет. 
21
Ҳайдаров Н.Ҳ. Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида корхоналар инвестицион фаолиятидаги молия-
солиқ муносабатларини такомиллаштириш масалалари. И.ф.д илмий даражасини олиш учун ёзилган 
диссертация. / Т.: 2003. 29 б.  


 
91 
natijalar  olishni  ko‘zlab  aksiya  va  obligatsiyalarni  sotib  olishni  anglatadi:  bular  real 
aktivlarni  belgilaydi,  masalan,  u  yoki  bu  molni  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun 
mashinalarni  olishni  nazarda  tutadi.  Umuman  keng  ma’noda  investitsiyalar  mamlakat 
iqtisodiyotini  o‘stirish  va  rivojlantirishni  moliyalashtirish  uchun  zarur  bo‘ladigan 
mexanizmlarni ta’minlaydi. 
Investitsiyalarni  moliyaviy  investitsiyalar  va  real  investitsiyalar  ko‘rinishidagi  ikkita 
katta guruhga  ajratish mumkin.  
Investitsion  jozibadorlik  -  mamlakat,  tarmoq  yoki  alohida  olingan  biror  bir  korxona 
investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai 
nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk 
darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. 
Bu  kabi  ko‘rsatkichlarga  baho  berish  orqali  investitsiyalarning  maqsadga  muvofiqliligi 
hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi 
investitsion muhitga bevosita, to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish