15- mashg'ulot
Mavzu: Dunyo okeani, uning qismlari va okean tubi relefi.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Olimlarning fikricha ―okean‖ atamasi finikiyaliklar so`zidan olingan bo`lib, yunoncha ―qirg`oqsiz
dengiz‖, ―yerni aylanib o`uvchi buyuk daryo‖ degan ma`noni anglatadi. ―Dunyo okeani atamasini birinchi
bo`lib rus olimi Y.M.Shokalskiy 1917 yilda fanga kiritgan.
Dunyo okeani yer sharining 361 mln. Km. kv maydonini egallaydi. 3/2qismini egallaydi. Yerni
Simoliy, Janubiy, G`arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratishlardan tashqari, yana okeanlar yarimsharlari
va materiklar yarimsharlariga ham bo`linadi. Okeanlar yarimsharlarida Yer yuzining 95,5 qismini suv
qoplagan.
Dunyo okeanini o`rganilish davri. Buyuk geografi kashfiyotlar davridan boshlanadi. Bu davrda
Xristofor Kolumb, J. kabot, Vasko Da Gamma, Amerigo Vespuchchi, F.Magelan, A.Tasman va boshqalar
Dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qildilar. Shu bilan birga, o`imlar, materik va orollar, quriqlik
qirg`oqlari, suvning sho`rligi, harorati, hayvonot olami to`g`risida qimmatli ma`lumotlar to`pladilar. XVII
– XIX Osrlarda Dunyo okeanini o`rganish ilmiy asosda olib borildi. J. Kuk, I.V.Kruzenshern,
F.F.Bellinsgauzen va Lazarev, S.O.Makarov, ―Chelenjer‖ kemasi a`zolari Dunyo okeani geografiyasi
uchun katta xizmat qildilar va ullar ―Okeanografiya‖ faniga asos soldilar.
XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini halqaro hamkorlik asosida
o`rganish ishlari tashkil etiladi.1960 yilda Jan pikar Marianna cho`kmasini aniqladi. Har bir okean
dengizlar, o`ltiqlar, bo`g`ozlardan iborat.
Dunyo okeanini birinchi bo`lib gollandiyalik olim B.Varenius 1650 – yilda beshta qismga ajratdi.
Dunyo okeanida jami 66 ta, quruqlikda esa2 ta dengiz ajratilgan.
Dunyo okeani tagi yirik litosfera plitalaridan tashkil topgan Tinch okean tubi mustaqil plitaga
ajratiladi. Okean tubi relefi juda murakkab tuzilgan. Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag`ri,
materik etagi, okean relefi shakllari mavjud.
Dunyoning tabiy xaritasida beshta havza ajratilgan. Ular Tinch okeani (178 mln km.kv), Atlantika
okeani (91,7 mln km.kv), Hind okeani (76,2 mln km.kv) Shimoliy muz okeani (14,1 mln km.kv) va berk
havzalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: