27
1.2.1. Til malakalari
Til materiallarini (leksik va grammatik) o'rgatish nutq malakalarini shakllantirish vositasi hisoblanadi,
va
u tinglab-tushunish, gapirish, o'qish, yozish va tarjimaning muhim qismi sifatida qaraladi.
Fonetika sohasida talabalar quyidagilarni bilishi kerak :
-gapni sintegmatik qismlarga ajratish asnosida pauza normasiga rioya qilish, gap turlariga ko'ra to'g‘ri
intonatsiyani qo'llash;
-so'zni transkriptsiya qila olish va to'g‘ri aksent (urg‘u) berish .
Nutqning grammatik sohasi tomonidan talabalar quyidagilarni bilishi kerak :
-gap bo'laklari va o'z turkumlari orasidagi farqni aniq bilish;
-o'rganilayotgan tildagi asosiy gap
turlari qurilishini bilish;
-rad etish vositalarin qo'llashni o'rganish (shu bilan birga ta'kidni ifodalovchi vositalarni ham);
- aktiv minimumdagi zamonlar shaklini ifodalovchi vositalarni, modallikni, shuningdek
o'rganilayotgan tildagi fazoviy va vaqtli munosabatlarni bilish;
-og‘zaki va yozma shakldagi aloqa turlarida gapdagi so'z tartibi mehanizmini va matnlar turlarini
bilish;
-biror narsani mo'ljallash, baholash, munosabatini bildirishga hizmat qiluvchi asosiy til formalari va
nutq formulalarini bilish.
Leksik soha tomonidan talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
-1100 birlik hajmidagi aktiv leksikani; 2300 birlik hajmidagi reseptiv leksikani va 600birlik
hajmidagi professional leksikani;
- o'z sohasiga ayniqsa atamalar sohasiga tegishli bo'lgan so'z yasovchi morfemalar va modellarni
bilish;
- yangi nutqiy asarlardagi notanish yasama va murakkab so'zlarning ma'nosiga mustaqil ravishda
tushuna olish ;
- sohaga oid adabiyotlar bilan ishlay olish, buning uchun sohaga oid adabiyotlarga xos bo'lgan, ko'p
uchrab turadigan frazeologizmlar, qisqartmalar va belgilar bilish.1. Tinglab tushunish bo'yicha:
Kasbga yunaltirilgan matnni tinglash va uni tushunganligini aniqlash maqsadida testlar echish.
1.2.2.
Gapirish bo'yicha:
Kasbga yo'naltirilgan mavzu bo'yicha batafsil,
sinchiklab, argumentlar bilan boyitgan holda o'z fikrini
bayon etish.
1.2.3. O'qish bo'yicha:
Kasbiy yo'nalishdagi matnni o'qib, tushunganligi asosida test topshiriqlarini echish. O'qigan matn
mazmunini aniq va to'liq tushunganligini tekshirishni yozma tarjima bilan amalga oshirish mumkin.
Bunda lug‘atdan foydalanishga ruhsat beriladi.
1.2.4. Yozuv buyicha:
Sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan esse yozish.
Umumta'lim bosqich
Bu bosqichning vazifalari:
- talabalarning maktab kollej va litseylarda Xorijiy tilda olgan bilim, ko'nikma va malakalarini keng
til materillarida to'g‘irlash va tartibga keltirish;
-tanlangan soha bo'yicha til ko'nikmalarini va nutq faoliyati turlari malakalarini mukammallashtirish
yo'li bilan talabalarni kasbga yo'naltirilgan muloqatga tayyorlash.
Tinglab-tushunish
Talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
- kundalik muloqatdagi keng tarqalgan holatlarda haqiqiy til vakili nutqining asosiy mazmunini
tushuna olishi ;
-turli janrlardagi funktsional (e'lonlar, ko'rsatmalar va boshqalar) va voqeaviy-mavzuli (belgilangan
mavzu asosida) audio-video matnlardagi ma'lumotdan kerakli ma'lumotni tanlay olishi.
Eshittirish davomiyligi 3-4 minut.Nutq tezligi minutiga 120-140 so'z.
O'qish
Talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
-o'rtacha qiyinlikdagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarning asosiy mazmunini
tushunib o'qish;
-ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop harakterda o'qilgan matnlardagi kerakli ma'lumotni izohlash;
- maxsus adabiyotlar bilan ishlay olish.
Yozma nutq
Talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
28
-sohaga oid matnga annotatsiya yozish;
-o'qilgan yoki tinglangan matnning qisqacha
mazmunini aytib berish;
-anketa to'ldirish;
-berilgan vazifani bajarishda aktiv minimumga kiruvchi so'z va so'z iboralarini to'g‘ri yoza olish;
-e'lon yozish;
-ma'lumotning kalit so'zlarini yozib olish;
-blank va anketani to'ldirish;
-kalit so'zlarni gapda qo'llash;
-o'qilgan yoki tinglangan matnni yozma shaklda ifodalash;
-berilgan mavzuga ma'lumot yozish ;
-hususiy hatni yozish va hususiy hatga javob yozish;
- elektron shaklda ma'lumot yozish;
- tarjimai hol va rezyume yozish.
Tarjima
Talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
- maxsus matnni chet tilidan ona tiliga va aksincha tarjima
qilish usullari;
-tarjima birliklari;
-tarjimadagi o'zgartirishlar;
-o'rganilayotgan tildagi ko'p ma'nolilik hususiyatlarini ;
-sohaga oid atamalar hususiyatlarini ;
-frazeologizmlarni tarjima qilish yo'llari ;
-tarjima
tamoyillari;
-tarjimaning asliga to'g‘riligi va muqobilligi;
-tarjimaning pragmatik hususiyati;
-ikki tildagi to'g‘ri leksik va grammatik muqobillarni topish ;
-bir hil fikrni turli til vositalari yordamida ifodalash;
- maxsus atamali axborotnomalar va lug‘atlardan foydalanish.
Maxsus
bosqich
maxsus bosqich vazifalari
-nutq faoliyati turlari bo'yicha kasbiy faoliyat sohasida xorijiy tilni amalda qo'llashni rivojlantirish;
-talaba shaxsining ijodiyligin rivojlantirish;
-sohaga oid adabiyotlarni tarjima qilish ko'nikma va malakalarini shakllantirish.
Kurs davlat attestatsiyasi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: