Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

III. Leksema 
Til  birligi  bo`lgan  leksema  fonema  va  morfema  kabi  til  birliklaridan,  umumiylikdan  til  va 
nutq  dialektikasida  o`ziga  xos  voqelanishi,  muayyan  belgi-xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi. 
Uning  o`ziga  xosligi  shundaki,  u  ham  til  birligi,  ham  nutq  birligi  bo`la  olishi,  shunga  ko`ra 
murakkabligi bilan xarak-terlanadi. 
Ushbu  lisoniy hodisa  til  birligi  sifatida leksema-umumiy  bo`lsa,  ammo  nutq birligi  sifatida 
esa u so`zdir, xususiydir. 
Leksemaning til birligi sifatidagi o`ziga xosligi nimada? 
Leksema  til  birligi  sifatida  o`zaro  uzviy  bog‘liq  ikki  tomonning  yaxlitligidan,  bir 
butunligidan  ibo-ratdir.  «Bu  butunlikning  bir  tomonini  leksemaning  fonematik  —  akustik 
strukturasi  (nomema),  ikkinchi  tomonini  esa  ideal  birlik  —  ma‘lum  tushuncha  zami-nida 
shakllangan ma‘no (vazifa) - semema tashkil etadi». 
Demak,  leksema  ham  morfema  kabi  ikki  tomonning:  tovush  va  ma‘noning,  ifoda  va 
mazmunning o`zaro bog‘liqligidan, bir butunligidan tashkil topadi. 
Til birligi bo`lgan leksemaning tashqi-ifoda tomoniga uning shakli, tovush jihati — nomema 
kirsa,  leksemaning  semema,  ma‘no  —  mazmun  tomoniga  denotatlar  —  narsa,  hodisa,  harakat, 
holat,  belgi  —  keng  ma‘nodagi  muayyan  predmetlar  kiradi.  Demak,  leksema  ularni-keng 
ma‘nodagi  muayyan  predmetlarni  nomlaydi.  Boshqacha  aytganda,  «Ob‘ektiv  olamda  (daraxt) 
deb  nomlanuvchi  qattiq  tanali  o`simlik  turlari  (deno-tatlar)  mavjud.  Bu  denotatlar  bizning 
ongimizda da-raxt tushunchasini shakllantirgan. O`z navbatida (daraxt) tushunchasi esa (daraxt) 
leksemasining  ma‘nosiga  asos  bo`lgan,  bu  ma‘noning  o`z  navbatida  (d),  (a),  (r),  (a),  (x),  (t) 


 
156 
fonemalar  tizmasi  (kompleksi)  bilan  tarixiy  -ijtimoiy  bog‘lanishi  til  birligini  yuzaga  keltirgan. 
Albatta,  (daraxt)  tushunchasi  (daraxt)  leksemasining  ma‘nosi  bilan  aynan  teng  emas,  lekin  u 
bilan aloqada, munosabatdadir. 
Til  birligi  bo`lgan  leksemaning  mazmun  tomoni  semema  ham  leksemaning  tashkil  etuvchi 
tomoni (to-vush substansiyasi) kabi tarkibiy qismlardan iborat. Masalan, (aka) va (uka), (opa) va 
(singil) leksemala-rining ma‘no komponentlarini - semalarini olib ko`raylik: 
(aka) - qon-qarindosh, bevosita, bir avlod, erkak, katta. 
(uka) - qon-qarindosh, bevosita, bir avlod, erkak, kichik. 
(opa) - qon-qarindosh, bevosita, bir avlod, ayol, katta. 
(singil) - qon-qarindosh, bevosita, bir avlod, ayol, kichik. 
Ko`rinib turibdiki, bu leksemalar ma‘nosida o`zaro o`xshash, farqlanuvchi va takrorlanuvchi 
qismlarni — semalarni ko`rish mumkin. Bu semalar o`zaro birikib, yangi butunlikni, sememani 
—  leksemaning  ichki  tomo-nini  hosil  qilgan».  Leksemaning  eng  muhim,  yetakchi  xususiyati 
uning  jamiyat  a‘zolari  uchun  tayyorligi,  nakdligi,  umumiy  va  yaxlitligidir.  Qiyoslang:  vatan, 
zamon, ish, dunyo, rasm, kitob, ok, kuch, shamol, o`n, yuz, ol, ko`k kabi minglab tayyor birliklar 
voqeliqdagi muayyan  narsa, belgi,  miqdor,  harakat, holat, xususiyatlarni  nomlab, atab,  ifodalab 
keladi.  Demak,  leksemalar  nutq  faoliya-tida  o`zlariga  grammatik  qo`shimachalarni, 
umumlashma  ma‘noli  turlicha  affiksal  morfemalarni  birlash-tirib,  so`z  formasi  shaklida  nutq 
birligiga  aylanadi,  nutq  birligi  hisoblanadi.  Qiyoslang:  Bog’imda  gullar  o`sdi  gapida  bog‘,  gul, 
o`s leksemalari muayyan affiksal morfemalarni olib, turlicha vazifalarni bajarib kelmoqda. 
Professor  SH.Rahmatullayev  ta‘kidlaganidek  «lekse-ma-asosiy,  birlamchi  til  birligi  bo`lib, 
til  qurilishi-ning  lug‘at  boyligiga  mansub,  shunga  ko`ra  lug‘at  birligi,  leksik  birlik  deb  ham 
yuritiladi». 
Leksema  umumiyligi  aslida  til  umumiyligidan  ke-lib  chiqadi.  CHunki  til  nutqqa  nisbatan 
umumiy bo`lib, uning birliklari ham o`z-o`zidan, mantiqan umumiylik sifatida voqelanadi. 
Xullas, 
1.    Leksema  til  birligi  sifatida  tayyorligi,  yaxlit-ligi  va  jamiyat  a‘zolari  uchun  umumiyligi, 
ular xotirasida mavjudligi bilan o`ziga xosdir. 
2.    Leksema  ifoda  va  mazmun  tomonlarning  bog‘liq-ligidan,  bir  butunlikdan  tashkil  topib, 
muayyan predmetlarni atash, nomlash vazifasini bajaradi. 
3.      Leksema  fikr  almashish  jarayonida  so`z  birik-masi  va  gap  kabi  nutq  birliklari  uchun 
material vazi-fasini o`taydi. 
4.      Leksema  nutq  faoliyatida  so`z  (so`z  formasi)  sifatida  voqelashib,  nutq  birligi  bo`lish 
imkoniga ega bo`ladi. U til sistemasining leksik birligi, lug‘at boyligi hisoblanadi. 
5.  Leksemaning til birligi sifatidagi umumiyligi til umumiyligidan kelib chiqadi. CHunki til 
va nutq dialektikasida til umumiy, nutq esa xususiy hisob-lanadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish