Silur yotqiziqlari Shimoliy Nurota tog’larida keng tarqalgan, asosan pastki
qatlamlarda terrogen va yuqori qatlamlarda karbonatli jinslardan iborat. Silur
davrining yotqiziqlari Shimoliy Nurota tog’larida yuqori va quyi bo’limdan iborat.
Quyi silur yotqiziqlari tog’ massivining g’arbiy qismida ko’p uchrab slanets
qatlamlaridan va oxaktoshlardan iborat bo’lib, tog’ antiklinal yadrosining
tuzilishda qatnashadi.
Yuqori silur yotqiziqlari hudud relefiga nisbatan yotiq shakllar berib, tog’
tizmasining janubiy yonbag’rlarida keng tarqalgan.Shimoliy Nurota tog’larida
yuqori silur yotqiziqlari ko’proq marmarlashgan oxaktoshlar shaklida namoyon
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |