PEDAGOGIKA
2015, 2-son
44
o‘qitish dars mashg‘ulotlari talabalarning fanlarga qiziqishlarini orttirish
maqsadida olib borildi.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini integrativ materiallardan foydalanib
o‘qitishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi:
1. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘qituvchilariga integrativ materiallar
asosida o‘qitish uchun ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya
mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda metodik
ishlanmalar tayyorlandi.
2. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishda, fan-texnika taraqqiyotini
hisobga olgan holda integrativ materiallarni tanlash, umumlashtirish, mantiqiy
ketma-ketlikda sistemalashtirish ishlari amalga oshirildi.
3. Pedagogik tajriba-sinov o‘tkazish uchun tayyorlangan integrativ
materiallar asosidagi dars ishlanmalari, o‘quv-metodik qo‘llanma, ko‘rgazmali
illustratsion didaktik materiallar, namoyishli tajribalar uchun texnik vositalar,
ko‘rgazmali qurollarning ijobiy va salbiy tomonlari o‘rganildi.
Pedagogik tajriba-sinovning ikkinchi bosqichida integrativ asosda
o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari aniqlandi:
1. Umumkasbiy fanlarni ixtisoslik fanlariga oid integrativ bilimlardan
foydalanib o‘qitishning keng imkoniyatlari mavjudligi.
2. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini integrativ bilimlar yordamida
o‘qitishning talabalar uchun qiziqarli, tushunarli bo‘lishi.
3. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini boshqa tabiiy va gumanitar fanlar
bilan integrallashganlik darajasining amalda ma’lum miqdorda mavjudligi.
Tajriba-sinovdan aniqlandiki, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarida
integrativ materiallardan mashg‘ulotlarda foydalanish natijasida:
talabalarning fanlarga qiziqishi ortadi;
talabalar olamning moddiy birligi, tabiatdagi uyg‘unlik, jamiyatning
kompleks muammolarini oson bilish va hal etish mumkinligini anglab yetadi;
talabalar boshqa fanlardan olgan bilimlarini sintezlash, umumlashtirish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga imkon yaratiladi;
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishlari uchun sharoit yaratiladi;
talabalarning bilimi chuqurlashadi, dars samaradorligi oshadi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida, umumkasbiy va ixtisoslik
fanlarini integratsiyalab o‘qitishning ta’lim-tarbiya jarayoniga, xususan
talabalarning bilim sifatiga ta’siri, o‘qitishning samaradorligini oshirishga
bo‘lgan hissasi asoslandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |