XII FOYDALANILGAN MANBALARNING BIBLIOGRAFIK RO‘YXATI
Magistrlik dissertatsiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan «Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati» xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Bu qism talabaning ilmiy-
ijodiy ishlashi mustaqil faoliyati, qobiliyatini va o‘tkazgan tadqiqotining darajasini
ko‘rsatadi.
Ro‘yxatda faqat nashr qilingan va dissertatsiya ishida foydalanilgan (mavzuga
taalluqli)
adabiyotlar,
qonunlar,
farmonlar,
qarorlar,
yo‘riqnomalar,
buyruqlar,
maqolalar va olingan patentlar keltirilishi mumkin. Foydalanilmagan, asosiy matnda
keltirilmagan manbalar, entsiklopediyalar, ma’lumotnomalar va ilmiy-ommabop
nashrlar ro‘yxatga kiritilmaydi.
Har bir nashrni birinchi (yoki oxirgi) betida keltirilgan bibliografik nomi va
keltirilgan rekvizitlari aniq berilib, quyidagi tartibda kiritiladi:
-ro‘yxat tartib raqami;
-muallifning familiyasi, ismi-sharifi;
-kitob nomi;
-kitob chop qilingan shahar nomi;
-nashriyot nomi;
-chop etilgan yil;
-kitob jami qancha betdan iboratligi ko‘rsatilishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar bibliografik ro‘yxati quyidagi tartibda (alfavit
bo‘yicha) guruhlashtirilishi tavsiya
-
qilinadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ilmiy ishlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
5. Alfavit ketma-ketligida joylashgan adabiyotlar, maqolalar va chop qilingan tezislar;
6. Me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar;
16
7. Statistik materiallar va to‘plamlar;
8. Xo‘jalik tashkilotlari, vazirliklar muassasalar va boshqalarning
buyruqlari va yillik hisobotlari;
9. CHet elda chop etilgan adabiyotlar,
10. Olingan patentlar;
11. Muallif chop etgan asarlar, maqolalar va qo‘llanmalar.
XIII JADVALLAR
Dissertatsiya ishida ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri jadvallarning noto‘g‘ri
aks ettirilishi. Bu borada keltirilgan adabiyotlardan ham o‘rgansa bo‘ladi. Lekin jadval
qaysi ko‘rinishga ega bo‘lmasin, undagi tartibga rioya qilingan holda bo‘lishi shart.
Birinchi navbatda jadval tartib raqami yuqoridan chap tarafda qo‘yilib, keyin
uning nomi yoziladi. Jadvalning yuqori qismidagi katakchalar (yacheykalar) nomlari
bosh harf bilan, pastki katakchalarniki — kichik harflarda yoziladi.
Jadvalning ko‘rsatkichlarining har biri alohida bosh harf bilan yozilib, tartib raqami
ham ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rsatkichlarni ifodalovchi raqamlar jadval ustunlarida
birlik, o‘nlik, yuzliklar ketma-ketligida yozilishi talab etiladi. Albatta, jadval
ko‘rsatkichlari qaysi o‘lchamda (son, so‘m,..,) aks ettirilishi alohida qayd etiladi.
Har bir jadval bo‘yicha matnda (jadval matnning qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar)
jadvaldan oldin yoki keyin ko‘rsatkichlar va natijalari bo‘yicha xulosa yozilib borilishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |