O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana01.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#285817
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
eritib payvandlash texnologik mashinalari va jihozlari fanidan uslubiy korsatma

 

 

 

 Hozirgi payitda tarmoq kuchlanishlarini o`zgarishiga sezgirligi past bo`lgan 

inventorli tok manbayi bilan ishlovchi yarim avtomatlar ham ishlab chiqarishga keng 

joriy qilinmoqda. 



 

 

Himoya gazlari ostida yarim avtomatlardan payvandlashda payvand choklariga qulay 

yaqinlashish, choklarni qo`yilishini kuzatib boorish, salt yurish paytida jixozlarni tez 

va havfsiz siljitish uchun yordamchi qurilmalardan foydalaniladi. 




 

Gаzli mаgistrаl jamlanmasiga: gаz bаlоni, qizdirgich vа quritgich, (faqat CO

gazi 


uchun),  rеduktоr,  sаrf  o„lchаgichlar  vа  bu  elеmеntlаrni    pаyvаndlаsh  gоrеlkаsigа 

ulоvchi shlаnglаrdаn ibоrаt bo‟ladi.  

Bаlоndаn  suyuq  kаrbоnаt  аngidrid  gazi  chiqаrilаyotgаndа  u  bug„lаnаdi,  gаz 

hаrоrаti  tеz  pаsаyib  kеtаdi.  Rеduktоr  kаnаllаridа  nаmlik  muzlаb  qоlishligini  vа  muz 

bilаn  to„lib  qоlmаsligi  uchun,  rеduktоr  vа  bаlоn  vеntili  оrаsigа  elеktr  qizdirgich 

o„rnаtilаdi  




 

4-rasm. Gaz quritgich. 

Gazni  elektr  qizdirgichi  korpusdan  (1),  g`ilofdan  (2),  quvurli  spiral  simon 

isitgichdan  (3),  issiqlikni  saqlash  izolyasiyasidan  (4)  va  qizdiruvchi  elementdan  (5). 

qisqichlarga (6) o`zgarmas (20 V) yoki o`zgaruvchan (36 V) kuchlanishlar uzatiladi. 

Gaz, quvurli spiralsimon isitgich (3)dan o`tib, 10...15 °C haroratgacha qiziydi.  



Quritgichlar  karbonat  angidrid  gazida  mavjud  bo`lgan  namlikni  yutish  uchun 

mo`ljallangan. Yuqori va past bosimli quritgichlar ishlatiladi. Ular korpus (1), panjara 

(2),  filtrlar  (3),  namyutgichlar  (4)  va  qopqoqlar  (5)  dan  iborat.  Bundan  tashqari, 

yuqori  bosimli  quritgich  prujina  (6)  ga  ega.  Prujina  namyutgichni  zichlash  uchun 

mo`ljallangan. Filtrlar (3) gazdan qattiq jismlarni ajratish uchun xizmat qiladi. 

 

5-rasm. Namyutgich. 



 Namyutgich  sifatida  silikagel  yoki  alyumoglikol  qo`llaniladi,  kam  hollarda  misli 

kuporos  va  kaltsiy  xlorid.  Silikagel  va  misli  kuporos  namlik  bilan  to`yintirilgani 

pechlarda 250...500 °C haroratda 1–2 soat davomida quritiladi.  



Yuqori bosimli quritgich reduktorgacha o`rnatiladi. U kichik o`lchamlarga ega va 

shuning  uchun  namyutgichni  tez-tez  almashtirib  turish  kerak  bo`ladi,  bu  esa  ish 

vaqtida noqulayliklar tug`diradi. Past bosimli quritgich reduktordan keyin o`rnatiladi. 

U katta o`lchamlarga ega va shuning uchun namyutgichni tez-tez almashtirishni talab 

etmaydi.  Uni  markazlashtirilgan  gaz  tarqatishda  asosan  ishlatish  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi.  



Reduktor  ballondagi  yoki  tarmoqdagi  gaz  bosimini  ish  bosimigacha  pasaytirish 

hamda  ballon  yoki  tarmoqdagi  gaz  bosimidan  qat‟iy  nazar,  ish  bosimini  avtomatik 

ravishda o`zgarmas kattalikda saqlab turish uchun xizmat qiladi 

 

6-rasm. Reduktor. 



Reduktorda  ikkita:  yuqori  bosim  va  past  bosim  (7)  kamerasi  bor.  Yuqori  bosim 

kamerasi  bevosita  ballonga  tutashadi  va  undagi  gaz  bosimi  ballondagi  gaz  bosimiga 

teng. Birinchi va ikkinchi  kameralar orasida  klapan  (16) bo`lib, unga  prujinalar  (15) 

va  (5)  ta‟sir  qiladi.  Gaz  klapan  (16)  dan  o`tib  katta  qarshilikni  yengadi  va  bosimni 

yo‟qotadi.  Bu  prujinalar  siqish  kuchlarining  nisbatiga  qarab  klapan  yopiq  (prujina 

(15)  kuchi  prujina  (5)  kuchidan  katta)  yoki  ochiq  (prujina  (5)  kuchi  prujina  (15) 

kuchidan katta) bo`ladi. Prujina (5) qancha ko`p siqilgan bo`lsa, klapan (16) shuncha 

katta ochiladi va kamera (7) dagi bosim shuncha yuqori bo`ladi. 

Prujinaning  siqilish  kuchi  vint  (4)  ni  burib  rostlanadi.  Vint  (4)  burab  kiritilganda 

prujina siqiladi, vint burab chiqarilganda prujinaning siqilish kuchi kamayadi. Klapan 

(16)  ni  yopish  uchun  prujina  (5)  ni  batamom  bo`shatish  kerak.  Reduktorda  saqlash 

klapani (14) mavjud. 

Ikkala kameradagi bosim manometrlar yordamida o`lchanadi. 

Agar  vint (4) ning qandaydir holatida sarflangan va reduktorga kelgan gaz miqdori 

teng  bo`lsa,  u  holda  ish  bosimi  o`zgarishsiz  qoladi  va  membrana  (3)  bir  vaziyatda 

turadi.  Agar  reduktordan  olinayotgan  gaz  miqdori  unga  kelgan  gaz  miqdoridan  ko`p 

bo`lsa,  u  holda  kamera  (7)  da  bosim  pasayadi.  Bunda  siquvchi  prujina  (5)  uzaya 

boshlaydi  va  membrana  (3)  ni  deformatsiyalaydi;  klapan  (16)  ochiladi,  natijada 

kamera  (7)  ga  keladigan  gaz  miqdori  ortadi.  Ishlash  jarayonida  gaz  sarfining 



kamayishi reduktor kamerasi (7) dagi bosimning oshishiga sabab bo`ladi,  membrana 

(3)  ga  ta‟sir  etayotgan  kuch  ortadi,  membrana  qarama-qarshi  tomonga  bukiladi  va 

prujina (5) ni siqadi. 

Klapan  (16)  bekila  boshlaydi  va  gaz  kelishi  kamayadi.  Shunday  qilib,  membrana 

gaz bosimini avtomatik ravishda saqlab turilishini ta‟minlaydi. 

Argon  gazi  himoya  muhitida  payvandlashda  АР-10,  АР-40,  АР-150  reduktorlar,  

karbonat angidrid uchun U-30 reduktori  ishlatiladi.  

Sarfo`lchagichlar  himoya  gazi  sarfini  o`lchash  uchun  mo`ljallangan.    qalqib 

turuvchi  va  drossel  turdagi  sarfo`lchagichlar  ishlatiladi.  qalqib  turuvchi  turidagi 

sarfo`lchagich  (rotametr)  oynali  quvurcha  (7)  shkalasi  bilan  (5)  va  konussimon 

teshikli bo`ladi. 

 

7-rasm. Sarflagichlar 



Rotametr  vetrikal  holatda  keng  tarafi  pastga  qaratilgan  holda  joylashtiriladi. 

quvurchani  ichiga  bemalol  harakatlana  oladigan  qalqoviq  (2)  joylashtiriladi.  Gaz 

quvurchadan  pastdan  yuqoriga  qarab  o`tayotganda,  qalqoviqni  shunday  holatgacha 

ko`taradiki quvurcha devori va qalqoviq orasidagi halqali tirkish gaz sharrasi ta‟sirida 

qalqoviqni massasini tenglashtiradi.  Gazning sarfi va zichligi qanchalik katta bo`lsa, 

shuncha  yuqoriga  qalqoviq  ko`tariladi.  Rotametrlarning  qalqoviqlari  alyuminiy, 

ebonit va po`latdan tayyorlanadi va ular turli og`irlikka egadi.   Har bir turli rotametr 

o`zining darajali shkalasiga egadir.  

Droselli  sarf  o`lchagich  3  (Р

1

  va  Р



2

)  xududlarda  bosim  o`zgarishlarini 

drosellashuvchi  diafragmaning  drossellashdan  oldin  va  drosellashgandan  keyin 

o`lchash  prinsipi  asosida  yasalgan,  bu  esa  gaz  sarfiga  bog`liq  va  manometr  bilan 

o`lchanadi. 




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish