Himoya gazlari muhitida payvandlashning tasniflanishi
Yoyning turi bo`yicha
Turg`un
Impulsli
Payvandlash simining turi bo`yicha
Butun kesimli
Kukunsimon
Payvand chokini shakllantirish usuli
bo`yicha
Erkin
Majburiy
Gazli himoyalash usuli bo`yicha
Bir tarkibli gaz bilan
Gaz aralashmasi bilan
Ikki oqimli himoya gazi bilan
Himoya gazining turi bo`yicha
Inert
Faol
Avtomatlashganlik darajasi bo`yicha
Mexanizatsiyalashgan
Avtomatlashgan
2. Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаsh mеtаllurgiyasi
Gаzlаr pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаlini hаvоning аzоti vа kislоrоdidаn
himоya qilish xоssаsigа qаrаb inеrt hamda fаоl gаzlаrgа bo„linаdi.
Inеrt gаzlаrgа аrgоn vа gеliy kirаdi, ulаr pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаli
bilаn dеyarli tа‟sirlаshmаydi.
Fаоl gаzlаrgа kаrbоnаt аngidrid, аzоt, vоdоrоd vа kislоrоd kirаdi.
Fаоl gаzlаr pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаll bilаn kimyoviy tа‟sirlаshishigа
qаrаb nеytrаl vа tа‟sirlаnuvchi bo„lishi mumkin. Mаsаlаn, аzоt misgа nisbаtаn nеytrаl
gаzdir, ya‟ni mis bilаn hеch qаndаy kimyoviy birikmа hоsil qilmаydi. Fаоl gаzlаr
yoki ulаrning pаrchаlаnish mаhsulоtlаri yoyning zаryadsizlаnish jаrаyonidа,
pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаll bilаn birikishi vа undа erishi mumkin, buning
nаtijаsidа pаyvаnd chоkning mеxаnik xоssаlаri kеskin pаsаyadi, kimyoviy tаrkibi esа
bеlgilаngаn tаlаb vа stаndаrtlаrgа mоs kеlmаydi. Аmmо shuni hаm tа‟kidlаb o„tish
lоzimki, mеtаlldа eriydigаn bа‟zi bir gаzlаr hаmmа vаqt zаrаrli qo„shilmа
bo„lаvеrmаydi. Mаsаlаn, аzоt uglеrоdli po„lаtlаrdа zаrаrli qo„shilmа hisоblаnаdi
(nitridlаr hоsil qilаdi), buning nаtijаsidа pаyvаnd chоkning mеxаnik xоssаlаri vа
eskirishgа chidаmliligi kеskin pаsаyib kеtаdi vа hоlаnki, аustеnit sinfidаgi po„lаtlаrdа
аzоt fоydаli qo„shilmа hisоblаnаdi. Uglеrоdli po„lаtlаrni аrgоn-yoy bilаn
pаyvаndlаshdа puflаsh uchun fаqаt аrgоn yoki kаrbоnаt аngidriddаn emаs bаlki
аzоtdаn hаm fоydаlаnish mumkin, lеkin bundа pаyvаndlаsh vаnnаsigа krеmniy vа
mаrgаnеs kаbi оksidsizlаntiruvchi qo„shimchа elеmеntlаr kiritilishi kеrаk. Shuning
uchun tаnlаngаn gаz vа qo„shimchа mаtеriаl pаyvаnd chоkning bеlgilаngаn mеxаnik
xоssаlаrini, kimyoviy tаrkibini vа strukturаsini tа‟minlаshi zаrur. Inеrt gаzlаrning
himоya muhitidа pаyvаndlаshdа pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаll hаvо
kislоrоdi vа аzоtdаn himоyalаngаn bo„lаdi, shuning uchun mеtаllurgik jаrаyonlаr
fаqаt pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаlidа bo„lgаn elеmеntlаr оrаsidа sоdir
bo„lishi mumkin.
Mаsаlаn, аgаr pаyvаndlаsh vаnnаsidа kislоrоdning tеmirning chаlа оksidi FeО
tаrzidаgi bir оz miqdоri bo„lsа, u hоldа uglеrоdning yеtаrli miqdоri mаvjud bo„lgаndа
mеtаlldа erimаydigаn uglеrоd оksidi (is gаzi) CО hоsil bo„lаdi:
[C]+[O]=CO
Pаyvаndlаsh vаnnаsining suyuqlаngаn mеtаll kristаllаnib, gаz chiqib kеtishgа
ulgurа оlmаsligi nаtijаsidа, mеtаlldа g„оvаklаr hоsil bo„lаdi.
Pаyvаndlаsh vаnnаsining erigаn mеtаli inеrt gаzdа erkin kislоrоd yoki suv bug„lаri
ko„rinishidа bo„lgаn kislоrоd bilаn to„yinishi mumkin. Shuning uchun pаyvаnd
chоkining erigаn mеtаli kristаllаnishi dаvridа so„ndirish uchun pаyvаndlаsh vаnnаsigа
qo„uglеrоdning оksidlаnish rеаksiyasini qo`shimchа mаtеriаl оrqаli (yordаmidа)
krеmniy vа mаrgаnеs kаbi оksidsizlаntiruvchi elеmеntlаrni kiritish kеrаk. Tаrkibidа
yеtаrli miqdоrdа оksidsizlаntiruvchilаr bo„lgаn lеgirlаngаn po„lаtlаr uglеrоdning
оksidlаnish rеаksiyasini so„ndirаdi. Shundаy qilib, himоya gаzlаri muhitidа
pаyvаndlаshdа uglеrоdning pаyvаnd chоkidа g„оvаklаr hоsil qilа оlаdigаn оksidlаri
hоsil bo„lishini so„ndirish vа pаyvаnd chоkning аzоtlаnishini bаrtаrаf qilish uchun
pаyvаndlаsh vаnnаsigа оksidsizlаntiruvchi elеmеntlаrni kiritish zаrur.
Kаrbоnаt аngidrid gаzining himоya muhitidа pаyvаndlаshdа, bu gаz pаyvаndlаsh
vаnnаsining erigаn mеtаllini hаvо kislоrоdi vа аzоtidаn himоya qilish bilаn birgа o„zi
yoy zаryadsizlаnishidа pаrchаlаnib mеtаllni оksidlоvchi bo„lib qоlаdi:
CО
2
=CО+1/2О
2
Fe
c
+1/2О
2
=[FeO]
CО
2
+Fe
c
=[FeO]+CO
bundа FeO – tеmirning tеmirdа eriydigаn chаlа оksidi.
Shundаy qilib, inеrt gаzlаri himоya muhitidа pаyvаndlаshdаgidеk, bu hоldа hаm
uglеrоd оksidi hоsil bo„lаdi, u pаyvаndlаsh vаnnаsi mеtаlining kristаllаnish
jаrаyonidа mеtаlldа g„оvаkliklаr hоsil qilаdi. Is gаzi (CО) hоsil bo„lishini so„ndirish
uchun pаyvаndlаsh vаnnаsining suyuqlаngаn mеtаligа qo„shimchа sim оrqаli
оksidsizlаntiruvchi elеmеntlаr krеmniy vа mаrgаnеs kiritilаdi.
MIG/MAG – payvandlashning bu usulini himoya/inert gazlari muhitida
(GMAW) payvandlash deb ataladi, bunda payvandlash materiali sifatida butun
kesimli po`lat simdan va tashqi manbaadagi (odatda gaz ballonidagi) himoya gazidan
foydalaniladi. Payvandlash simi odatda kam uglerodli po`latdan tayyorlangan bo`ladi
va uning ustki yuzasi yupqa mis qobiq bilan qoplangan bo`ladi. Bu qobiq payvand
chokni zanglashdan himoya qiladi, tok o`tkazuvchanligini yaxshilaydi, elektrod
uzatkichi kontakt uchining xizmat muddatini uzaytiradi, yoyning yonish turg`unligini
oshiradi.
Payvandlash rejimi o`zgarmas tokda va teskari qutblilikda (DC+) bo`lishi talab
etiladi. Himoya gazi sifatida, odatda, karbonat angidrid gazidan yoki uni argon bilan
aralashmasidan foydalaniladi va u suyuq metallga uning atrofini o`rab turgan
havoning zararli ta‟siridan himoya qiladi. Himoya gazlari payvandlash uchastkasiga
maxsus ballonlarda yetkazib beriladi. Ballondagi himoya gazi reduktor, gaz shlangi
va gorelka orqali gorelkaning uchidagi mundshtukning maxsus teshigidan o`tib
payvandlash vannasiga saplo orqali yuboriladi. Ma‟lumki payvandlash vannasidagi
suyuq metall yuqori temperatura sababli atrof muhitdagi kislorod, azot va vodorod
kabi gazlar bilan oson reaksiyaga kirishadi va payvand chok metali sifatini keskin
yomonlashtirib yuboradi. Shuning uchun payvandlash jarayonining boshidan
oxirigacha va undan keyin ham bir oz vaqt davomida payvandlash vannasiga himoya
gazi yuborib turiladi. Ba‟zan, masalan ochiq joylarda, shamol yelib turganda himoya
gazi payvand chokni havoning zararli ta‟siridan saqlab qolaolmasligi mumkin.
Himoya gazlari muhitida payvandlash yuqori payvandlash-texnologik
ko`rsatkichlarni ta‟minlaydi, payvand chokning ko`rinishi sifatli bo`ladi va shuning
uchun ham ko`pgina malakali payvandchilar himoya gazlari muhitida payvandlashni
afzal ko`radilar. Payvandlash texnikasini mukammal egallash – yuqori sifatli payvand
chok olishni ta‟minlovchi asosiy omil hisoblanadi. To`g`ri bajarilgan payvandlash
natijasida shlak hosil bo`lmaydi, elektrod metalining atrofga sachrashi nisbatan oz
bo`ladi. Agar metallning payvandlanadigan yuzasi kir bilan qoplangan, rang bilan
bo`yalgan yoki zanglagan bo`lsa, payvand chokni sifatli bo`lishi uchun uni yaltiroq
holga kelguncha tozalash kerak. Himoya gazlari muhitida payvandlash ko`p
qo`llaniladigan metallarni, ayniqsa, kam uglerodli, kam legirlangan va zanglamas
po`latlarni payvandlash uchun yaroqli hisoblanadi.
Himoya gazlari muhitida payvandlash boshqa usullarga qaraganda bir qator
afzalliklarga ega bo`lishi bilan birga bir qator kamchiliklarga ham ega, bular:
Payvandlash zonasidagi atmosfera havosining nisbatan yuqori darajadagi
oksidlovchi ta‟siri oqibatida tarkibida qaytaruvchi elementlari ko`p bo`lgan
payvandlash simidan foydalanishni talab etishi;
Payvandlash zonasidan ko`p metall sachrashi;
Payvand chok sifatining doimo ham qoniqarli emasligi;
Dastaki yoy bilan payvandlashga nisbatan ancha murakkab va vazmin
payvandlash apparaturasidan foydalanilishi kabilardan iborat.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish himoya gazlari muhitida payvandlash
usulini yanada keng qo`llanilishini ta‟minlaydi. Shunga ko`ra keltirilgan
kamchiliklarni bartaraf etishning ba‟zi yo`llariga to`xtalib o`tamiz.
Payvandlash zonasidagi atmosfera havosining nisbatan yuqori darajadagi
oksidlovchi ta‟siri metallni ortiqcha oksidlanishi va g`ovaklar hosil bo`lishiga olib
keladi. Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlashda qo`shimcha oksidlanish va
g`ovaklar paydo bo`lishining sabablari quyidagilar. Payvandlashda karbonat angidrid
gazi payvandlash zonasiga tushganda parchalanib atom xoldagi kislorod va
uglerodlarga ajraladi:
CO
2
↔ CO + O
CO ↔ C + O
Atom xoldagi kislorod po`lat tarkibidagi temirni va legirlovchi elementlarni
oksidlaydi:
Fe + O → FeO
Buning natijasida payvandlash vannasidagi metall kislorod bilan to`yinadi va
metallning xossalari yomonlashadi. Suyuq metallni sovish jarayonida po`lat
tarkibidagi uglerod ham oksidlanib uglerod ikki oksidi (is gazi) hosil bo`lishiga sabab
bo`ladi:
FeO + C → CO
↑
+ Fe
Metallni kristallanish jarayonida hosil bo`lgan CO pufaklar ko`rinishida metall
yuzasiga ajralib chiqib turadi, uning bir qismi metall ichidan chiqib ketishga ulgirmay
qoladi va g`ovaklar hosil qiladi. Agar payvandlash simi kremniy va marganes bilan
legirlangan bo`lsa, temir oksidi uglerod hisobigagina qaytarilmasdan, ko`proq
elektrod simi tarkibidagi kremniy va marganes hisobiga qaytariladi. Natijada uglerod
ikki oksidi hosil bo`lishining oldini olinadi va kristallanish jarayonida payvand
chokda g`ovaklar hosil bo`lmaydi. Bu yerda qaytarilish jarayoni quyidagicha kechadi:
2FeO+Si→SiO2+2Fe,
FeO+Mn→MnO+Fe
Temir oksidini qaytarilish jarayonida hosil bo`lgan kremniy va marganes
oksidlari shlak shaklida payvandlash vannasi ustida yig`iladi.
Shunday qilib, karbonat angidrid gazi muhitida payvandlashda g`ovaklar hosil
bo`lishining oldini olish uchun payvandlash simi materiali orqali payvandlash
vannasiga kremniy va marganes ko`rinishidagi qaytaruvchi elementlar kiritilishi yoki
tarkibida ma‟lum miqdorda kremniy va marganeslari bo`lgan Св-08ГС, СВ-08Г2С,
Св-12ГС kabi payvandlash simlarini qo`llash tavsiya etiladi.
Payvandlash vannasiga kiritiladigan kremniy va marganeslarning uglerod ikki
oksidi hosil bo`lishini kamaytirishi suyuq metallni atrofga sachrashini ham
kamaytiradi. Ammo qaytaruvchilarning payvandlash zonasidan atrofga suyuq
metallning sachrab isrof bo`lishini kamaytiruvchi xossalari ham borligiga qaramasdan
himoya gazlari muhitida payvandlash ancha miqdordagi metallni atrofga sachrab isrof
bo`lishi bilan kechadi. Suyuq metall zarralari payvand chok va uni atrofiga o`tirib
payvandlanib qotib qoladi. Ularni tozalash ishlari ancha mehnat va material sarfiga
olib keladi.
Suyuq metallni atrofga sachrashiga olib keluvchi asosiy sabab uglerodni
oksidlanish reaksiyasi hisoblanadi.
C + O → CO
↑
Uglerod ikki oksidini suyuq metall ichida portlashga o`xshab hosil bo`lishi
metall tomchisini atrofga sachrashini kuchaytiradi.
Sachrashni kelib chiqishiga yana bir sabab elektrod uchidagi o`sib boruvchi
suyuq metall tomchisini payvand chok vannasi yuzasi bilan qisqa tutashib qolishi
hisoblanadi. Tomchini qisqa tutashuvi payvandlash tokini keskin ortib ketishiga olib
keladi va suyuq metalldan iborat o`tkazgich ko`prigi portlab ketadi. Natijada yoy
razryadi orasidan atrofga suyuq metall tomchilari sachrashi yuz beradi. Ular
payvandlanayotgan chok atrofiga tushib qotib qoladi. Bu o`z navbatida payvand chok
sifatini buzilishiga va metall sarfini ortishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun himoya gazlari muhitida payvandlashda suyuq metallni atrofga
sachrashi usulning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Sachrashni kamaytirishga turli
yo`llar bilan erishish mumkin.
Shunday yo`llardan biri payvandlash tokini impulsli xolga keltirishdan iborat.
Ishchi tokka kuchli tok impulsini qo`shish elektrod uchidagi o`sib boruvchi suyuq
metall tomchisini payvand chok vannasi yuzasi bilan qisqa tutashib qolishidan avval
elektrod uchidan uzilib ketishini ta‟minlaydi va jarayon mayda tomchili ko`chishga
o`tib qoladi.
Agar payvandlash toki orttirilsa ham shunday hodisa yuz beradi:
elektrodinamik kuchni ortib borishi suyuq metall tomchisini siqadi va mayda holda
elektrod uchidan uzilib chiqishini, xatto metallni elektroddan chokka oqib o`tishini
ta‟minlaydi. Ammo payvandlash tokini orttirish doim ham mumkin bo`lmaydi.
Xususan, yupqa metallarni payvandlashda yoki vertikal va ship choklarni
payvandlashda tokni orttirib bo`lmaydi.
Suyuq metallni elektrod uchidan payvand chokka mayda tomchili o`tishini
himoya gaziga kislorod qo`shish orqali ta‟minlash ham mumkin. Kislorod suyuq
metall tomchisini elektrod uchida ushlab turuvchi yuza tortishish kuchini pastlashini
ta‟minlaydi. Bu chora ham suyuq metallni atrofga sachrashini ma‟lum darajada
kamaytiradi.
Yana bir qo`shimcha chora bo`lib suyuq metall tomchisini metall yuzasiga
payvandlanib qolishining oldini olish uchun po`lat buyumning payvandlanadigan
choki atrofiga bo`r surkab qo`yish hisoblanadi.
Shuni ta‟kidlash lozimki, himoya gazlari muhitida payvandlashda payvandlash
zonasidan suyuq metall tomchilarini atrofga sachrab isrof bo`lishini kamaytirishning
yuqorida keltirilgan yo`llari sachrashni va uning oqibatlarini butunlay bartaraf eta
olmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash usulida
payvand chok sifatini orttirish va uning natijasida usulni ishlab chiqarishda keng
qo`llanilishini ta‟minlashning asosiy yo`nalishlari bo`lib texnik, texnologik va
metallurgik takomillashtirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |