Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

SHaxsiy ekranlovchi komplektlar 
2.1.65.  SHaxsiy  ekranlovchi  komplektlar  xodimlarni  50  Gs  chastotali 
kuchlanishi  500  kV  bo‗lgan  elektr  uskunalari  yuzaga  keltiradigan,  kuchlanganligi 
500  kV/m  gacha  bo‗lgan  elektr  maydoni  ta‘siridan  shaxsiy  himoya  qilish  uchun 
mo‗ljallangandir. 
2.1.66.  Kuchlanish  ostida  bo‗lgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlarga  tegish 
mumkin  bo‗lgan  hollarda,  chunonchi  panellarda,  elektr  yuritmalarda,  ishlab  turgan 
yig‗malarda  va  1000  V  kuchlanishgacha  bo‗lgan  zanjirlarda  ishlashda,  elektr 
asbob-uskunalarni  profilaktik  sinashda  (bevosita  sinov  o‗tkazayotgan  shaxslar 
uchun),  elektr  payvandlash  ishlarida  shaxsiy  ekranlovchi  komplektlardan 
foydalanish  man  qilinadi.  Havo  harorati  42°  S  dan  yuqori  bo‗lganda  ekranlovchi 
komplektlarni  ishlatish  tavsiya  qilinmaydi.  Bunday  hollarda  statsionar  yoki 
ko‗chma ekranlovchi  uskunalarni  ishlatish  maqsadga muvofiqdir. 
2.1.67.  Ekranlovchi  komplektga  maxsus  ish  kiyimi,  maxsus  poyabzal,  qo‗l 
va  boshni  himoya  qiluvchi  vositalar,  yuzni  himoya  qiluvchi  ekran  (kerak  bo‗lgan 
taqdirda), strubsinali  erga ulagich  simlari  kiradi. 
2.1.68. Ekranlovchi  komplektlar  3 xilda  tayyorlanadi: 
EPR  podstansiya  va  havo  elektr  uzatish  tarmoqlarini  ta‘mirlash  ishchilari 
uchun (yozgi); 
EPX podstansiyaning navbatchi ishchilari  uchun (yozgi); 


342 
 
EPZ havo elektr  uzatish  tarmoqlarini  ta‘mirlovchi  ishchilar  uchun (qishgi). 
2.1.69. 
EPR 
ekranlovchi 
komplektga 
kapyushonli 
kurtka 
va 
yarimkombinezon,  elektr  o‗tkazuvchi  qoplamali  kaska  yoki  uning  ustidan 
kiyiladigan  elektr  o‗tkazuvchi  toladan  to‗qilgan  jild,  elektr  o‗tkazuvchi  tagi  charm 
poyabzal,  elektr  o‗tkazuvchi  rezinadan  qilingan  rezina  etik,  elektr  o‗tkazuvchi 
qo‗lqop (2 juft), strubsinali erga ulagich  simlari  kiradi. 
2.1.70.  EPX  ekran  komplekti  EPR  komplektiga  o‗xshash  bo‗lib, 
ekranlovchi  ish  kiyimi  bilan  farq  qiladi  (kurtka,  yarimkombinezon  o‗rniga  elektr 
o‗tkazuvchi toladan qilingan  kapyushonli  xalat  ishlatiladi). 
2.1.71.  EPZ  ekranlovchi  komplekt  tarkibiga  kapyushonli  kurtka  va  issiq 
astarli  shim,  elektr  o‗tkazuvchi  qoplamali  yoki  jildli  kaska,  kigiz  etik  ustidan  kiyish 
uchun  elektr  o‗tkazuvchi  rezinali  kalish;  elektr  o‗tkazuvchi  rezinadan  qilingan 
rezinali  etiklar,  elektr  o‗tkazuvchi  qo‗lqoplar  yoki  engli  qo‗lqoplar,  strubsinali erga 
ulagich  simlari  kiradi. 
2.1.72.  Yilning  sovuq  vaqtlarida  EPR  va  EPX  yozgi  ekranlovchi 
komplektlarni  qishgi  umumiy  foydalaniladigan  ishchi  kiyim  ustidan  kiyib  ishlatish 
mumkin. 
2.1.73.  Ekranlovchi  komplektlarning  barcha  elementlari  o‗zaro  ishonchli 
ulanishi  hamda  oyoq  kiyim  yoki  strubsinali  sim  orqali  ekranlovchi  ishchi  kiyimlar 
erga  ulanganda  elektr  zanjiri  hosil  qilishi  uchun  kontaktli  chiqish  tugmalari  bilan 
ta‘minlanadi. 
2.1.74.  Har  bir  ekranlovchi  komplekt  inventar  raqami  bilan  belgilangan 
bo‗lishi  zarur.  Ekranlovchi  komplektlarni  ishlatish  «SHaxsiy  ekranlovchi 
komplektlarni  ishlatish  yo‗riqnomasi» talablari  asosida olib borilishi  lozim. 
2.1.75.EPR  va  EPZ  ekranlovchi  komplektlari  shaxsiy  foydalanish  uchun 
berilishi  va  aniq  ishchilarga  biriktirilishi  lozim.  EPX  ekranlovchi  komplektlari 
umumiy  foydalanishga  mo‗ljallangan  bo‗lishi  mumkin,  lekin  komplektga  kiruvchi 
maxsus oyoq kiyimlar  esa alohida har bir ishchiga  biriktirilgan  bo‗lishi zarur. 
2.1.76.Ekranlovchi  komplektlar  havo  harorati  2°  S  —  30°  S,  namligi  80 
foizdan  oshmagan,  quruq  isitiladigan  xonalardagi  maxsus  javonlarda  saqlanishi 
kerak.  Ekranlovchi  kiyimlar  ilgaklarda,  oyoq  kiyimlar  va  kaskalar  esa  taxta 
tokchalarda saqlanishi  zarur. 
2.1.77.  Komplektlarni  kontaktlar  chiqishlari  orqali  ko‗tarib  yurish  va  osib 
qo‗yish man qilinadi. 
2.1.78.  Maxsus  kiyim  va  poyabzallarni  muntazam  ravishda  tozalab,  o‗z 
vaqtida ta‘mirlab  turish lozim. 
2.1.79.  Ekranlovchi  komplektdagi  maxsus  kiyim  elementlarini,  elektr 
o‗tkazuvchanligini  tiklash  va  tashqi  ko‗rinishini  yaxshilash  uchun  (kurtka,  shim, 
xalat,  cho‗ntaklardagi  so‗kilgan  choklarni  hamda  yirtilgan  joylarini  yo‗qotish  va 
kontaktli  chiqarishlarni  tiklash),  shuningdek,  kaska  jildi  va  ekranlovchi 
qo‗lqoplarni  ta‘mirlashga  ijozat  beriladi.  Ta‘mirlash  jarayonida  elektr  o‗tkazuvchi 
gazlamani  elektr  o‗tkazmaydigan  gazlama  bilan  almashtirish  man  qilinadi. 
Ekranlovchi  poyabzalni  elektr  o‗tkazuvchanligini  tiklash  maqsadida  ta‘mirlash 


343 
 
man  qilinadi.  Faqat  uning  tashqi  ko‗rinishini  yaxshilash  uchun  ta‘mirlash  ishlariga 
(tagcharmni  qoqish, so‗kilgan choklarni tikish  va boshq.) ruxsat etiladi. 
2.1.80.  Ekranlovchi  komplekt  bilan  yomg‗ir  paytida  plashsiz  yoki  ivib 
ketishga  qarshi  boshqa  himoya  vositasiz  ishlash  man  etiladi.  Ivigan  maxsus  ishchi 
kiyimni  siqib quritish  man qilinadi,  ularni  ilgakga  osib quritish zarur.   

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish