Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

3.1. Elektr sinovlari 
Umumiy  nizomlar 
3.1.1.  Himoya  vositalari  elektr  sinovlaridan  oldin  ularning  o‗lchami,  but  va 
rasoligi,  jihozlanganligi,  izolyasion  yuzasining  holatini  tekshirish  uchun  tashqi 
ko‗rikdan  o‗tkazilishi  zarur.  Ushbu  Qoidalar  talablariga  to‗g‗ri  kelmagan 
kamchiliklar  bartaraf qilinmaguncha  himoya  vositalari  sinovdan o‗tkazilmaydi. 


349 
 
3.1.2.  Hamma  sinovlar,  odatda,  15° S — 20° S haroratda 50 Gs chastotali 
o‗zgaruvchan tok bilan  o‗tkaziladi. 
Kuchlanishni  ko‗paytirish  tezligi  sinov  kuchlanishini  1/3  qismiga  qadar 
ixtiyoriy,  undan  keyin  kuchlanishni  ko‗paytirish  tez  va  bir  me‘yorda  olib  borilishi 
lozim,  lekin  sinov  kuchlanishi  3/4  qismdan  oshganda  o‗lchov  asbobining 
ko‗rsatgichi  hisobini  olib  borish  uchun  imkoniyat  tug‗ilsin.  Kuchlanish  talab 
qilingan  darajaga  ko‗paytirilgandan  keyin  ma‘lum  vaqt  o‗tishini  kutmasdan  (bir 
maromda  ko‗paytirish)  yoki  ma‘lum  vaqt  saqlab  turib  (1  minut  mobaynida) 
kuchlanish  zudlik  bilan  nolgacha  pasaytirilishi  yoxud  kuchlanish  1/3  miqdorga 
yoki  sinov  kuchlanganidan  kam  miqdorga  etganda  o‗chirilishi  zarur  (GOST 
1516.2-76).  Rezinadan  yasalgan  himoya  vositalarini  o‗zgarmas  (to‗g‗rilangan)  tok 
bilan  sinovdan  o‗tkazish  mumkin.  O‗zgarmas  tok  bilan  sinov  o‗tkazganda  sinov 
kuchlanishi  miqdori  o‗zgaruvchan  tok  kuchlanishining  2,5  barobariga  teng  bo‗lishi 
darkor.  Bunda  mahsulotdan  o‗tayotgan  tok  aniq  belgilanmaydi.  Sinov  vaqti  esa 
o‗zgaruvchan tok bilan  sinash vaqtiga  teng. 
3.1.3.  Sinovlarda  yuqori  kuchlanish  himoya  vositasining  izolyasiyalovchi 
qismiga  berkitadi.  Himoya  vositasini  to‗liq  sinash  uchun  kerakli  yuqori  kuchlanish 
manbai  bo‗lmaganda,  uning  izolyasiyalovchi  bo‗laklarini  alohida  sinashga  ijozat 
beriladi.  Bunda  himoya  vositasini  izolyasiyalovchi  qismi  ko‗pi  bilan  4  bo‗lakka 
bo‗linadi;  har  bir  bo‗lakka  uning  uzunligiga  proporsional  bo‗lgan  va  20  foiz 
qo‗shilgan miqdordagi to‗liq sinov kuchlanishining  qismi berilishi  lozim. 
3.1.4.  1000  V  dan  110  kV  kuchlanishgacha  bo‗lgan  yuqori  kuchlanishli 
elektr  uskunalarida  qo‗llaniladigan  asosiy  izolyasiyalovchi  himoya  vositalari 
tarmoq  kuchlanishining  3  hissasiga  teng  bo‗lgan  kuchlanish  bilan  sinaladi,  lekin bu 
40  kV  dan  kam  bo‗lmasligi  lozim.  110  kV  va  undan  yuqori  kuchlanishli  elektr 
uskunalari  uchun  mo‗ljallangan  asosiy  himoya  vositalarini  sinash  kuchlanishi  esa 
faza  kuchlanishining  3  hissasiga  teng  bo‗lishi  lozim.  Elektr  uskunalarida 
foydalanishi  kerak  bo‗lgan  qo‗shimcha  izolyasiyalovchi  himoya  vositalari  elektr 
uskunalaridagi  kuchlanishdan  qat‘i nazar, kuchlanish  sinovidan  o‗tkaziladi. 
3.1.5.  CHinnidan  va  ba‘zi  bir  o‗ziga  nam  tortmaydigan  materiallar  uchun 
(masalan,  shishaplastika)  berilgan  to‗liq  sinov  kuchlanishi  davomiyligi  1  minutni 
va  qattiq  organik  materiallardan  qilingan  izolyasiyalar  uchun  (masalan,  bakelitdan) 
esa  5  minutni  tashkil  qiladi.  Rezinaga  izolyasiyalar  uchun  ishlatish  sinovlarida 
berilgan  kuchlanish  davomiyligi  1  minutni  tashkil  qiladi,  qabul  qilish-topshirish 
sinovlarida  esa texnik  shartlar bilan  aniqlanadi. 
3.1.6.  Teshilish,  elektr  yoy  bilan  chokni  qoplab  o‗tish  va  yuzadagi 
razryadlar  o‗lchov  asboblari  ko‗rsatishi  hamda  ko‗rik  natijalari  bo‗yicha 
aniqlanadi.  Buyum  orqali  o‗tuvchi  toklar  kuchlanish  ko‗rsatgichlari  uchun 
me‘yorlanadi,  rezinali  buyumlar  va  izolyasiyalovchi  uskunalar  kuchlanish  ostida 
ishlashga  mo‗ljallangan  kuchlanish  bilan  me‘yorlanadi. 
3.1.7.  Qattiq  organik  materiallardan  tayyorlangan  izolyasiyalovchi  vositalar 
darhol  sinovdan  keyin  dielektrik  yo‗qotish  natijasida  mahalliy  qizish  yo‗qligi 
ushlab ko‗rib tekshirilishi  lozim. 


350 
 
3.1.8.  Teshilish,  elektr  yoy  bilan  chokni  qoplab  o‗tishlar  va  yuzadagi 
razryadlar  sodir  bo‗lganda,  sizib  kamayish  toki  qiymati  me‘yordan  oshganda, 
dielektrik  yo‗qotish  natijasida  mahalliy  qizishlar  sodir  bo‗lsa,  himoya  vositasi 
yaroqsiz deb topiladi. 
3.1.9. Elektr  sinovlarining  me‘yori va davriyligi 
5-ilovada
  keltirilgan. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish