Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


  YOng‗inga qarshi suv tarmoqlarining holati



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

1.7. 
YOng‗inga qarshi suv tarmoqlarining holati 
1.7.1.  YOng‗inga  qarshi  suv  tarmoqlari  doimo  soz  bo‗lishi  va  yong‗inlarni 
o‗chirish paytda talab darajasidagi  suv bilan  ta‘minlay  olish kerak.   
Ularning  ishga  yaroqliligi  yiliga  kamida  ikki  marotaba  tekshirilishi  lozim 
(bahor va kuzda).  
 
O‗t  o‗chirish  gidrantlari  ishga  yaroqli holda bo‗lishi, qish kunlari esa muzlab 
qolishdan saqlanishi,  qor va muzlardan  tozalab turilishi  kerak.   
 
Suv  tarmoqlari  bo‗limi  yoki  gidrantlari  uzib  qo‗yilganda  yoki  suv  bosimi 
talab darajasidan  past bulganda, yong‗in xavfsizligi  xizmatiga  xabar berish lozim.   
 
Korxonalardagi  elektr  ta‘minoti  o‗t  o‗chirish  nasoslarining  elektr 
dvigatellarini  kerak bulgan  vaqtda to‗xtovsiz ishlashini  ta‘minlashi  kerak.  
 
1.7.2.  Gidrantlar  va  suv  havzalari  yonida  va  ularga  olib  boruvchi  yo‗llarda 
tegishli  ko‗rsatkichlar  o‗rnatishi  lozim.  Ulardan  suv  manbaigacha  bo‗lgan 
masofani bildiruvchi  raqamlar  aniq yozilishi  shart.  
 
1.7.3.  Ichki  o‗t  o‗chirish  jumraklari  suv  englari  va  dastaklar  bilan 
jihozlangan  bo‗lishi  lozim.  O‗t  o‗chirish  jumraklaridagi  suv  englari  dastaklarga 
ulab  qo‗yilgan  bo‗lishi  lozim.  Ipli  (lnyaniy)  suv  englarini  har  6  oyda  kamida  1 
marotaba  yangi  uramda  (sladki)  o‗rnalishi  lozim.  Suv  englaridan  xo‗jalik  va 
boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.   
 
1.7.4.  Nasos  stansiyasi  xonalarida  yong‗inga  qarshi suv ta‘minotlari umumiy 
chizmasi  va  nasoslarning  bir-biriga  ulanish  chizmasi  osib  qo‗yilgan  bo‗lishi  kerak. 
Suv  bosimini  ko‗tarib  beruvchi  har  bir  nasos  va  zadvijkalarning  bajaradigan 
vazifasi  ko‗rsatilishi  kerak.  Suv  bosimini  ko‗tarib  beruvchi  nasoslarning  ishga 
tushirish  tartibi  yo‗riqnomada ko‗rsatilishi  kerak.  


243 
 
 
Aholi  yashash  joylaridagi  yong‗inga  qarshi  suv  tarmoqlari  nasos  stansiya 
xonasi  o‗t  o‗chirish  qismi  bilan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  telefon  aloqasi  bilan 
ta‘minlanishi  kerak.  
 
1.7.5.  Suv  o‗lchash  moslamalarining  aylanma  quvurlariga  o‗rnatilgan  elektr 
simli  zadvijkalarining  ishga  yaroqliligi  yiliga  kamida  2  marotaba,  o‗t  o‗chirish 
nasoslari  esa  har  oyda  1  marotaba  tekshiruvdan  utkazilishi  va  doimo  ishga  yaroqli 
holda bœlishi  kerak. 
 
1.7.6.  Korxona  hududida  yoki  unga  200  metr  radius  yaqinlikda  tabiiy  yoki 
sun‘iy suv havzalari  bœlsa, (ariq, kœl, hovuz va boshqalar) ularga borish uchun 
qattiq  qoplamali  yo‗l  va  yilning  har  faslida  doimo  œt  œchirish  avtomobillarining 
o‗rnashib,  suv  olishini  ta‘minlash  uchun  12x12  metr  ulchamdan  kam  bo‗lmagan 
qattiq qoplamli  maydon qurilishi  kerak.   
 
1.7.7.  Suv  bosimini  ko‗tarib  beruvchi  minoralar  yilning  har  vaqtida  o‗t 
o‗chirish  texnikalari  suv  olishi  uchun  mo‗ljallangan  bo‗lishi  kerak.  YOng‗inni 
o‗chirishga  mo‗ljallangan  zaxira  suvlardan  ishlab  chiqarish  yoki  xo‗jalik  ishlarida 
foydalanish  taqiqlanadi.   
 
1.7.8.  Suv  havzalari  bo‗yidagi  maydonchalar,  hovuz,  motopompa,  elektr 
nasoslari,  gidrant  jumraklari,  birlamchi  o‗t  o‗chirish  vositalari,  suv  manbalariga 
olib  boruvchi  yo‗llar,  yo‗lakchalar  doimo  soz  holatda  bo‗lishi  va  ularning  oldi 
qismi to‗sib qo‗yilmasligi  lozim.   
         1.8.  YOng‗indan  xabar  berish  va  yong‗in  o‗chirish  uskunalari,  tutundan 
himoyalash,  odamlarga  yong‗in  haqida  xabar  berish  va  qutqarish  ishlarini 
boshqarish moslamalariga  bo‗lgan talab 
 
 
1.8.1.  Avtomatik  ravishda  yong‗inni  o‗chirish,  xabar  berish  moslamalari, 
tutundan  himoyalash,  insonlarga  yong‗in  haqida  xabar  berish  tizimlari,  yong‗in 
holatida  insonlarning  binoni  tark  etishini  boshqarish  moslamalariga  texnik  xizmat 
ko‗rsatish  ishlari,  moslama  va  qurilmalarni  ishlab  chiqargan  korxonaning  texnik 
hujjatlari  hamda  ta‘mirlash  ishlarining  o‗tkazish  muddatlarini  hisobga  olgan  holda 
tuzilgan  yillik  ish  reja  asosida  amalga  oshiriladi.  Texnik  xizmat  ko‗rsatish, 
ta‘mirlash  ishlari,  korxonaning  maxsus  ma‘lumotga  ega  bo‗lgan  xizmatchi  yoki 
shartnoma  bo‗yicha  maxsus  litsenziyaga  ega  bulgan  tashkilot  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Uskunalar  o‗chirib  qo‗yish  yo‗li  bilan  (alohida  liniya  tashvishgoh) 
ta‘mirlash  yoki  texnik  xizmat  ko‗rsatish  ishlari  amalga  oshiriladigan  davrda, 
korxona  rahbari  bino,  inshoot,  xona,  texnologik  uskunalarning  yong‗indan  himoya 
qilish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirishi  kerak.   
 
1.8.2.  Dispetcherlar  xonasida  o‗t  o‗chirish  posti  yong‗in  sodir  bo‗lgan  va 
yong‗inni  avtomatik  ravishda  sezuvchi  moslamalar  nosozligi  to‗g‗risida  xabarni 
olgan  tezkor  navbatchi  va  xizmatchilarning  qanday  harakat  qilish  yo‗riqnomasi 
bo‗lishi kerak. Dispetcher punkti (o‗t o‗chirish posti) telefon aloqasi va soz holdagi 
elektr  fonarlari  (kamida  3 ta) bilan  jihozlangan  bo‗lishi kerak.  
 
1.8.3.  YOng‗in  avtomatikasi  moslamalari  loyiha  hujjatlariga  to‗g‗ri  kelishi, 
doimo soz  holda bo‗lishi kerak.   


244 
 
 
Me‘yoriy  va  qoida  xujjatlarida  ko‗rsatilgan  hollardan  tashqari  yong‗in 
avtomatikasi  moslamalarining  avtomatik  holatidan  qul  yordamida  ishga  tushirish 
holatiga  o‗tkazishga ruxsat berilmaydi.   
 
1.8.4.  O‗t  o‗chirish  moslamalarining  sig‗imlaridagi  o‗t  o‗chirish  vositasining 
og‗irligi  yoki  bosimi  hisobdagi  ko‗rsakichlardan  10%  kam  bo‗lsa,  ularni  to‗ldirish 
yoki almashtirish  kerak.  
 
1.8.5.  Sprinkler  (drencher)  uskunalarining  suv  purkagichlariga  mexanik 
shikast  etkazilish  xavfi  bor  joylar  issiqlik  va  suv  yo‗nalishiga  ta‘sir 
ko‗rsatmaydigan  va  uni  o‗zgartirmaydigan  ishonchli  to‗siq  bilan  himoyalanishi 
kerak.  
 
Ochilib  ketgan  yoki  nosoz  purkagichlar  o‗rnini  qopqoqlar  yoki  boshqa 
narsalar  bilan  bekitish  taqiqlanadi.   
 
1.8.6.  O‗t  o‗chirish  tizimi  stansiyasi  ulanish  chizmasi  va  yong‗in  vaqtida 
moslamaning  boshqarish yo‗riqnomasi bilan t‘minlangan  bo‗lishi kerak.   
 
Har  bir  boshqarish  nuqtasi  himoyadagi  xonalar  va  ulardagi  suv 
purkagichlarning  soni,  rusumi  ko‗rsatilgan  jadvali  bilan  ta‘minlanishi  kerak.  Kran 
va ventellar  ulanish  chizmasida  ko‗rsatilgan joyga  ulangan  bo‗lishi lozim.   
 
1.8.7.  YOng‗indan  xabar  berish  moslamalari  qutqarish  rejasi  asosida  bir 
vaqtning  o‗zida  butun  bino,  inshoot  bo‗yicha  yoki  alohida  qismlar bo‗yicha qavat 
bo‗limlari  va boshqalarni amalga  oshirishni  ta‘minlay  olishi  kerak.   
 
Davolash,  maktabgacha  bolalar  muassasalari  hamda  maktab  internatlarining 
dam  olish  yotoqxonalarida  yong‗in  haqidagi  xabar  faqat  xizmatchi  xodimlariga 
etkaziladi. 
 
YOng‗in  xaqida  xabar  kilish  moslamalaridan  foydlanish  xaqidagi  ma‘lumot 
yœriqnomalarda,  yong‗in  xolatida  binoni  tark  etish  rejalarida,  ushbu  moslamani 
ishlatish  xuquqiga ega bœlgan shaxslar kœrsatilgan  xolda aniqlanadi.   
 
1.8.8.  YOng‗in  xaqida  xabar  berish  moslamalari  bilan  jihozlanishi  shart 
bo‗lmagan  maskanlarda  korxona  rahbarlari  insonlarga  yong‗in  haqida  xabar  berish 
tartibini  aniqlashi  va ushbu vazifaga  javobgar shaxs tayinlashi  kerak.  
 
1.8.9.  YOng‗indan  xabar  berish  moslamalari  ovozini  pasaytirish,  baland 
qilish  va  elektr  tarmog‗idan  uzib  qœyish  hech  qanday  moslamalarisiz  ulanishi 
kerak.  
 
YOng‗in  xaqidagi  xabarni  va  binoni  tark  etishni  boshqarishni  ishonchliroq 
bœlishi  uchun  ichki  radioeshittirish  tarmog‗i  va  korxonadagi  mavjud  boshqa 
tarmoklardan  foydalanish  mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish