Boshqa turdagi injener qurilmalari uchun yong‗in xavfsizligi
talablari
1.6.1. Nosoz gaz asboblaridan foydalanish, gaz asboblari va gaz quvurlarining
kranlarini ochiq holda qoldirish, gaz asboblarini 50 sm. yaqinlikda mebellap va
boshqa yonuvchi materiallarning oldiga qo‗yish yoki o‗rnatishga ruxsat
berilmaydi.
1.6.2. Portlash va yonish xavfi bo‗lgan suyuqliklarni kanalizatsiyaga to‗kishga
(avariya holatlarida ham) ruxsat etilmaydi. Engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar
ishlatiladigan korxonalarning kanalizatsiya quruvlariga o‗rnatilgan gidrozatvorlar
doimo soz holatda bo‗lishi kerak.
1.6.3. Axlatlar hamda kiyim o‗tishiga mo‗ljallangan yo‗llarning klapanlari
qattiq yopilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |