Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


 HAVOZA, So‗RI,  KONSTRUKSIYA VA USKUNALARGA Ko‗TARILIB



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

 
20. HAVOZA, So‗RI,  KONSTRUKSIYA VA USKUNALARGA Ko‗TARILIB 
BAJARILADIGAN ISHLAR 
20.1.  Konstruksiya,  ustup  va  hokazolarga  himoya  kamarini  mahkamlab  ishlashni  iloji 
bo‗lmagan  hollarda,  konstrukdiyalar  va ustun detallari va h.k. orqali o‗rab o‗tkazilgan 
straxovka  arqonidan  foydalanish  zarur.  Bu  ishlarni  ikki  xodim  bajarishi,  ularning  biri 
straxovka arqonini  sekin, kerak bo‗lganda bo‗shatishi yoki tortishi  kerak. 
20.2.  Harvozalar «Asbob va moslamalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari»-ga 
asosan yasalishi zarur. 
20.3.  Harvozalar,  so‗rilar  va  osma  kajavalar  to‗shamasi  erdan  yoki  tomdan  1,3  metr 
va undan yuqorida o‗rnatilgan  bo‗lsa, panjara bilan  o‗ralgan bo‗lishi shart. 
Panjara  bilan  o‗ralgan  va  to‗shamali  havoza  va  so‗rilar  o‗rnatishni  iloji  topilmasa 
yoki  umuman  maqsadga  muvofiq  bo‗lmasa,  hamda  uskunalar  ustida  ish  olib 
borganda,  har  bir  ish  uchun  xavfsizlik  choralari  texnologik  karta, ish bajarish loyihasi 
yoki boshqa hujjatlar  bilan  aniqlanadi. 
20.4.  Tagida  kuchlanish  ostida  bo‗lgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlar  joylashgan 
konstruksiyalarda  ishlanganda  ta‘mirlash  moslamalari  va  asboblarni  tushib  ketmasligi 
uchun ularni  bog‗lab qo‗yish talab  qilinadi. 
20.5.  Elektr  va  gaz  payvandchilar  metall  zanjirlardan  qilingan  osma  himoya 
kamaridan  foydalanishi  zarur. 
Agar  ish  joyi  va  unga  keladigan  yo‗l  atrofi  to‗siqlar  bilan  o‗ralmagan  kuchlanish 
ostidagi  tok  o‗tkazuvchi  qismlar  tepasida  joylashgan  bo‗lsa,  hamda  yuqorida 
ishlayotgan  xodimning  himoya  kamarini  osma  metall  zanjiri  xodim  egilgan  paytda 
zanjir  bilan  tok  o‗tkazuvchi  qism  orasidagi  masofa  3.1.-jadvaldagi  masofadan  kam 
bo‗lsa,  ish  tok  o‗tkazuvchi  qismlardan  kuchlanishni  olingandan  keyingina  bajarilishi 
kerak. 
20.6.  Konstrutsiya  yoki  uskunalar  yuqorisiga  detallarni  keti  tugamaydigan arqon yoki 
chiyratma  ip  yordamida  chiqarib  berilishi  shart. Pastda turgan ishchi arqonni tebranib 
ketishini  va  tok  o‗tkazuvchi  qismga  yaqinlanishini  oldini  olish  uchun  uni  ushlab 
turishi  zarur. 
20.7.  Peshtoqlar,  konstruksiyalar,  ustunlar va hokazolarda ishlayotgan xodimlar ishga 
halaqit  bermaydigan  kiyimlardan  foydalanishlari  kerak. 


 
198 
SHaxsiy asboblar maxsus sumkada saqlanishi shart. 
20.8.  Ko‗prikli  kran  aravachasida  turib  mashina  zali  va  qozonxona  shiftlaridagi 
yoritish  armaturalarida  olib  boriladigan  ishlar  ikki  navbatchi  xodim  yoki  naryad  bilan 
ta‘mirlash  xodimlari  tomonidan amalga  oshirilishi  lozim. 
Xodimning  biri  ishlayotgan  ishchining  yaqinida  turib,  uning  texnika  xavfsizligi 
qoidalariga  etarlicha  rioya qilib  ishlashini  kuzatib turishi  zarur. 
Aravachaga  vaqtinchalik  havoza,  narvon  va  hokazolar  o‗rnatish  man  qilinadi. 
Aravacha  ichida  bevosita  to‗shama  ustida  turib  yoki  doimiy  o‗rnatilgan  so‗rida  turib 
ishlash  lozim. 
Aravachaga  ko‗tarilishdan  oldin  ko‗prik  kran  kontakt  simidan  (trolley  simidan) 
kuchlanish  olib qo‗yilishi  zarur. Ish jarayonida  himoya  kamaridan  foydalanish  lozim. 
Ko‗prik  kranini  yoki  aravachani  faqat  ishboshchining  buyrug‗i  bilan  kran 
haydovchisi  yurgizishi  kerak.  Ko‗prik  krani  harakati  jarayonida  ishchilar  kranchi 
kabinasida  yoki  ko‗prik  to‗shamasida  turishlari  zarur.  Ishchilar  aravachada  turgan 
paytlarida  ko‗prik  kranini  va  aravachani  bir  joydan  ikkinchi  joyga  yurgizish  man 
qilinadi. 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish