ekspluatatsiya qilish qoidasi» talablariga muvofiq ishga qo‗yilishlari kerak.
YUklarni kranlar bilan xavfsiz kuchirishga javobgar shaxsni tayinlash tartibi va
ularning vazifalari «YUk ko‗tarish kranlarini tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya
qilish qoidasi»-da belgilab qo‗yilgan.
19.3. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmog‗i qo‗riq
maydonlarida avtomobillar, yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlar harakatiga
19.1.-bandda eslatilgan xodimlarning biri nazoratida yoki V gruppaga ega bo‗lgan
ma‘muriy-texnik xodim nazorati ostida ruxsat etiladi. Ochiq taqsimlovchi elektr
uskunalari maydonida avtomobillar, yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlar
harakatiga navbatchining yoki IV gruppaga ega bo‗lgan tezkor-ta‘mirlash
xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat beruvchining nazorati ostida ham ruxsat
etiladi.
19.4. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmoqlari ostidan
o‗tayotganda yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlarning yukni ko‗taruvchi va
qo‗zg‗aluvchi qismlari yig‗ishtirilgan transport holatida bo‗lishi zarur. Ish joyi
chegarasida tekis-ravon joyda yuk ko‗taruvchi mashinalarni ishchi organlarini yuksiz,
qo‗zg‗aluvchi va yuqoriga ko‗taruvchi qismlari ko‗tarilgan holda va ichida odamsiz
yurishiga ruxsat etiladi. Bunday yurish mumkinligiga ushbu mexanizmni ishlab
chiqargan korxona yo‗riqnomasida qayd qilingan bo‗lishi va bu mexanizm
kuchlanish ostida bo‗lgan shinalar hamda havo elektr uzatish tarmoqlari ostidan
o‗tmaydigan bo‗lishi shart.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida mexanizmlarni harakat tezligi mahalliy
sharoitga qarab aniqlanadi, ammo tezlik soatiga 10 kilometr-dan oshmasligi shart.
Avtomobillar, yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlar havo elektr uzatish
tarmoqlari simlarini eng kam xalqob joyidan (ustunga yaqin erdan) kesib o ‗tishlari
lozim.
19.5. Strelali yuk ko‗tarish mexanizmlarini bevosita kuchlanish ostidagi havo elektr
uzatish tarmog‗i simlari ostiga o‗rnatish va ishlatish man qilinadi.
YUk ko‗tarish mashinalarini (mexanizmlarini) chiqarilgan tayanchlarga o‗rnatish va
uni ishchi organini transport holatidan ishchi holatiga o‗tkazishni ushbu mexanizmni
boshqaruvchi mashinist bajarishi zarur. Ushbu maqsadlar uchun boshqa ishchilarni
jalb qilish man etiladi.
196
19.6. Avtomobillar, yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlarni o‗tkazishda,
o‗rnatishda va ishlatishda ularning ko‗taruvchi va tortib chiqariladigan qismlari,
stroplar, yuk iluvchi moslamalar, yuklar bilan kuchlanish ostida bo‗lgan tok
o‗tkazuvchi qismlar o‗rtasidagi masofa 3.1.-jadvaldagi masofadan kam bo‗lmasligi
shart.
19.7. Teleskopik minoralar va gidropod‘emnik yordamida ish boshlashdan oldin
ularni ko‗tarish va tortib chiqariladigan qismi tekshirilishi, teleskopik minoralarda
esa, bundan tashqari, mexanizmni ko‗tarish qismi vertikal holatda o‗rnatilishi va
mustahkamlanishi zarur.
19.8. Havo elektr uzatish tarmoqlari trassalarining burilish qismiga o‗rnatilgan
ustunlardagi izolyator va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta‘mirlash
jarayonida teleskopik minorani (gidropod‘emnikni) ushbu ustunga kelgan simlardan
hosil bo‗lgan burchak ichiga o‗rnatish man qilinadi.
19.9. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmog‗i himoya
zonalaridagi barcha ish jarayonlarida pnevmogildirakda yuradigan avtomobillarning
va mexanizmlarning korpusi erga ulanishi shart. Erga ulagich o‗rnatilmaguncha
avtomobilning (yuk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlarning) korpusiga tegish,
ularning ishchi organlarini joyidan qo‗zg‗atish, yuk iluvchi asboblarida va boshqa
asosiy detallarida biron-bir ish bajarish man etiladi.
Gusenitsa g‗ildirakli yuk ko‗tarish mashina va mexanizmlar bevosita erda turganda,
ularni erga ulash talab qilinmaydi.
19.10. YUk ko‗tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida
ko‗tarilayotgan yuk, teleskopik minora tagida hamda tortilayotgan simlar (trosslar),
mahkamlovchi qoziqlar, tirgovichlar, ishlab turgan mexanizmlarning bevosita
yaqinida (5-metrdan kam masofada) odamlarning turishi man qilinadi.
19.11. Teleskopik minorada (gidropod‘emnikda) turib ishlaganda mashina
haydovchisi bilan teleskopik minora korzinasidagi ishchi bir-birini ko‗zi bilan yaxshi
ko‗rishi zarur. Bular bir-birini ko‗rolmagan taqdirda teleskopik minora yaqinida
korzinani yuqoriga ko‗tarish yoki pastga tushirish to‗g‗risidagi buyruqni haydovchiga
etkazib turuvchi xodim turishi shart.
Teleskopik minorada (gidropod‘emnikda) xodim korzina tubida turib, saqlagich
kamari tasmasi bikorzinaga mahkamlangan holda ishlashi zarur.
Teleskoiik minora korzinasidan ustunga yoki uskunaga o‗tish va korzinaga qaytish
faqat ishboshchining ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
19.12. Kran strelasi yoki ko‗tarish mexanizmi korzinasi kuchlanish ostidagi tok
o‗tkazuvchi qismlarga tegib qolsa, mashinist darhol ushbu kontaktni ajratishga
harakat qilishi va mexanizmni harakatlanuvchi qismi tok o‗tkazuvchi qismdan 3.1.-
jadvalda ko‗rsatilgan masofadan kam bo‗lmagan masofaga uzoqlashtirilishi zarur.
Mexanizm (mashina) kuchlanish ostida bo‗lgan taqdirda mexanizmdan (mashinadan)
erga tushish yoki uni ustiga chiqish, hamda erda turib unga tegish man qilinadi.
Mashinist yon atrofdagi ishchilarni mexanizm kuchlanish ostida ekanligi to‗g‗risida
darhol ogohlantirilishi shart.
Kuchlanish ostidagi avtomobillar, yuk ko‗tarish mashinalari yoki mexanizmlar
yongan taqdirda haydovchi (mashinist) mashinani qo‗li bilan ushlamasdan oyoqlarini
197
juftlab erga sakrashi zarur. So‗ng oyoqlarini bir-biridan ajratmagan holda tavoni bilan
mashinadan 8-metr masofagacha uzoqlashishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |