Havo elektr uzatish tarmoqlari trassasini daraxtlardan tozalash
14.4.1. Daraxtlarni yiqitishdan oldin ish joyi tozalanishi kerak. Qish paytida
yiqilayotgan daraxt tagidan tez qochish maqsadida uning ag‗anashiga qarama-qarshi
tarafga qarab qordan tozalangan 5-6 metr uzunlikda ikkita yo‗lakcha ochilishi keraq
Kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish man etiladi.
14.4.2. Ishboshchi barcha brigada a‘zolarini ish boshlashdan oldin ag‗anayotgan
daraxtlar, arqonlar havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yaqinlashish xavfi borligi
to‗g‗risida ogohlantirilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |