Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Ishlab turgan havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylaridagi ustunlar



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

 Ishlab turgan havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylaridagi ustunlar 
oralig‗idagi, ishlayotgan havo elektr uzatish tarmoqlari ta‘siridan paydo bo‗lgan 
kuchlanish ostida bo‗lgan tarmoqlardagi, ko‗p zanjirli havo elektr uzatish 
tarmog‗ini o‗chirilgan bir zanjiridagi va havo elektr uzatish tarmog‗i 
fazalaridagi ishlarni bajarish 
 


 
174 
14.3.1.  Simlarni  osish  va  almashtirish  jarayonida  uni  bir  tekis, siltamasdan yozib, uni 
tortayotgan  arqonni  shunday  yo‗naltirish  kerakki,  unda  osilayotgan  sim,  kuchlanish 
ostida turgan simga yaqinlashmasligi  va ilashmasligi  shart. 
Osilayotgan  simni  oldi  va  orqasiga  tortib  turuvchi  arqonlar  o‗simlik  yoki  sintetik 
toladan  tayyorlangan  bo‗lib,  ularning  uzunligi  minimal  va  tortilishi  bo‗sh  bo‗lmasligi 
zarur. 
Ishlatilayotgan  lebedka va po‗lat arqonlar erga ulangan  bo‗lishi kerak. 
14.3.2.  Simlarni  osish  va  almashtirish  jarayonida  har  bir  barabandagi  simlarni 
yozishdan oldin sim erga ulanishi  zarur. 
Simlarni  bevosita barabanda erga ulash shart emas. 
Teleskopik  minorada  (gidravlik  ko‗targichda)  turib  simlarda  ish  olib  borish 
jarayonida  minoradagi  ish  maydonchasi  potensialni  tenglashtirishga  mo‗ljallangan 
maxsus  shtanga yordamida ko‗ndalang kesilsh 10 mm
2
 dan kam bo‗lmagan yumshoq 
mis  sim  bilan  simga  ulanishi  keraq  teleskopik  minoraning  o‗zi esa erga ulanishi shart. 
Bunda  havo  elektr  uzatish  tarmog‗ining  simi  ish  joyiga  yaqin  turgan  ustunda  yoki 
ikki  ustun oralig‗ida  erga ulanishi  kerak. 
Teleskopik  minoradagi  ish  maydonchasi  bilan  sim  bir-biriga  ulangandan  keyin  erda 
turib  minora  korpusiga  tegish,  minora  kabinasiga  kirish  va  undan  chiqish  man 
qilinadi. 
Metall  arqonlarni  uzluksiz  arqon sifatida ishlatish  man qilinadi. 
14.3.3.  Ankerli  ustundagi  sim  tugunlarini  shu  ustundan  keyingi  ankerli  ustungacha 
bo‗lgan  anker  oralig‗idagi  simlarni  osish  bilan  bog‗liq  ishlar  tamom  qilingandan 
keyingina  ulash kerak. 
110  kV  va  undan  yuqori  kuchlanishli  havo  elektr  uzatish  tarmoqlarini  ankerli 
ustundagi  tugunlarni  ulashdan  oldin  u  simga  yoki  tortib  turuvchi  izolyasion 
shokilaga,  eng  ko‗pi  bilan  to‗urtinchi  izolyatorga  mahkamlanishi,  35  kV  va  undan 
past kuchlanishli  tarmoqlarda esa faqat simlarga  mahkamlanishi  shart. 
14.3.4.  Agar  ikki  ustun  oralig‗idagi  simlar  kuchlanish  ostida  bo‗lgan  boshqa  havo 
elektr  uzatish  tarmoqlari  bilan  kesishgan  bo‗lsa,  shu  ustun  oralig‗idagi  simlarda  ish 
bajarish  uchun, erga ulagichni  ish bajarilayotgan  ustunga o‗rnatish zarur. 
Agar  ushbu  ustunlar  orasida  yangi  simlar  osilsa  yoki  eskisi  almashtirilsa,  u  hold a 
kesishgan  joydagi  yangi  osilayotgan  hamda  almashtirilayotgan  simlar  har  ikkala 
tomonidan erga ulangan  bo‗lishi kerak. 
14.3.5.  Havo  elektr  uzatish  tarmog‗iga  xizmat  ko‗rsatuvchi  xodimlar,  ushbu  elektr 
tarmoq  o‗chirilganidan  so‗ng  kuchlanish  ostidagi  qo‗shni  elektr  tarmog‗i  ta‘siridan 
paydo  bo‗ladigan  kuchlanish  ostida  qoluvchi  havo  elektr  tarmoqlari  ro‗yxati  bilan 
tanishgan  bo‗lishlari  kerak. 
14.3.6.  O‗chirilgandan  so‗ng  kuchlanish  ostidagi  qo‗shni  elektr  tarmog‗i  ta‘siridan 
paydo  bo‗ladigan  kuchlanish  ostida,  qolgan  havo  elektr  uzatish  tarmog‗i  simlarida 
erda  turib,  hattoki  simni  erga  tushirib  simlarga  tegib  bajariladigan  ishlarda  elektr 
himoya  vositalari  (qo‗lqop,
 
shtanga)  qo‗llanilishi  yoki  bu  sim  potensial 
tenglashtiruvchi  sim bilan  metall  maydonchada turib bajarilishi  zarur. 
Simga  tegib  ishlanadigan  har  bir  ish  joyi  yaqiniga  erga  ulagich  qo‗yish  sharti  bilan 
elektr  himoya  vositalarini  va  metall  maydonchasini  qo‗llamasdan  erda  turib  ish 
bajarishga  ruxsat etiladi. 


 
175 
14.3.7.  Ishlab  turgan  qo‗shni  elektr  tarmog‗i  ta‘siridan  paydo  bo‗ladigan  kuchlanish 
ostidagi  tarmoqqa  simlarni  osish  va  tortishda  ishlatiladigan  po‗lat  arqonlar  avval 
tortuvchi  mexanizmga  mahkamlanishi  va  potensiallarini  tenglashtirish  uchun  simga 
ulangan  xuddi  shu  erga  ulagichga  ulanishi  kerak.  SHundan  keyingina  po‗lat  arqonni 
simga  ulashga  ruxsat  beriladi.  Po‗lat  arqon  va  sim,  ularning  potensiallari 
tenglashtirilgandan  keyingina  bir-biridan  ajratilishi  mumkin. 
14.3.8.  Ishlab  turgan  qo‗shni  elektr  tarmog‗i  ta‘siridan  paydo  bo‗ladigan  kuchlanish 
ostidagi  havo  elektr  uzatish  tarmog‗idagi  montaj  ishlarida  (simlarni  ko‗tarish,  tortish, 
ustunlar  orasidagi  simlarni  osilib  turishini  o‗lchash  va  simlarni  uzatish  roliklaridan 
qisqichlarga  olib  mahkamlash)  sim  yozilayotgan  ankerli  ustunda,  tortilayotgan  sim 
o‗tayotgan  oxirgi  ankerli  ustunda  va  sim  osilishi  kerak  bo‗lgan  oraliqdagi  har  bir 
ustunlarda simlar  erga ulanishi  kerak. 
Oraliq  ustunlardagi  simga  qo‗yilgan  erga  ulagichlar  ish  tamom  bo‗lgandan  so‗ng 
olinishi  mumkin.  Agar  ushbu  oraliq  ustunda  simga  tegish  bilan  bog‗liq  ish  davom 
ettiriladigan  bo‗lsa, shu ustundagi simlarga  erga ulagich  qo‗yish zarur. 
14.3.9.  Ishlab  turgan  qo‗shni  elektr  tarmog‗i  ta‘siridan  paydo  bo‗ladigan  kuchlanish 
ostidagi  havo  elektr  uzatish  tarmog‗ida  simlarni  uzatma  roliklardan  ushlab  turuvchi 
qisqichlarga  o‗tkazishni  simlarni  tortish  yo‗nalishiga  teskari  bajarish  zarur.  Simlarni 
qisqichlarga  o‗tkazishdan  oldin  o‗tkazilishi  kerak  bo‗lgan  tarafdagi  ankerli  ustundagi 
mahkamlangan  simda  erga  ulagich  qoldirilib,  qisqichga  o‗tkazish  boshlanadigan 
tarafdagi  ankerli  ustundan erga ulagich  olib tashlanadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish