Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

Odamlar  ishlamoqda!»,  yopilgan  zadvijkalarga  esa  «Ochilmasin!  Odamlar 
ishlamoqda!» degan shiorlar  osib qo‗yilishi shart. 
10.2.  Kommutatsion  apparatlarni  sozlash  va  tartibga  solish  mobaynida  sinab  ko‗rish 
uchun  privodlarning  yordamchi  kuch  zanjirlarini  vaqtinchalik  ulash,  shuningdek 
o‗chirgichga  va  yuritmasiga  havo  yuborishga  ruxsat  beriladi.  Bunda  «YOqilmasin! 
Odamlar  ishlamoqda!»  va  «Ochilmasin!  Odamlar  ishlamoqda!»  degan  shiorlar 
olib qo‗yiladi. 
Kommutatsion  apparatlarni  sinab  ko‗rish  uchun  uzoqdan  boshqarib  yoqish  va 
o‗chirishni  navbatchi  xodim  ruxsati  bilan  sozlash  va  tartibga  solishni  bajaruvchi 
ishchi amalga  oshirishi  mumkin. 
Mahalliy  navbatchisi  bo‗lmagan  elektr  uskunalarida  bunday  ruxsatnoma  talab 
qilinmaydi. 
Kommutatsion  apparatlarning  ishlashi  sinab  ko‗rilgandan  keyin,  navbatchi  yoki 
ishboshchi  tarafidan  ishni  davom  ettirish  zarur  bo‗lsa  (apparatni  uzoqdan  boshqarib 
o‗chirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi  shart. 
10.3. Ishchi bosim ostida bo‗lgan havo o‗chirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari 
bajarilayotganda  (dempferlar  ishlashini  tartibga  solish,  tebranish  grafigini  olish, 
o‗lchov  asboblarining  simlarini  ulash  yoki  bo‗shatib  ajratish,  havo  siljiyotgan  joyni 
aniqlash  va shunga o‗xshash ishlar uchun) ko‗tarilishga  ruxsat etiladi. 
Ishchi  bosim  ostida  turgan  va  havo  bilan  to‗ldiriladigan  uzgichli  o‗chirilgan  havo 
o‗chirgichlariga  ko‗tarilish  man qilinadi. 
10.4.  Havo  o‗chirgichlarini  nam  o‗tkazmaslik  qobiliyatini  (zichligini)  tekshirish,  kam 
bosim ostida, zavod (korxona) yo‗riqnomasiga muvofiq bajarilishi  zarur. 
10.5. Sinash va sozlash uchun havo o‗chirgichlariga  ko‗tarilishdan  oldin: 
- boshqaruv zanjirlarini  o‗chirish; 
-  mahalliy  boshqaruv  tugmachasi  va  ishga  tushirish  klapanlari  blokirovka  qilinishi 
(masalan,  havo  o‗tkazuvchi  trubkalarni  uzish,  shkaflarni  yopish  va  shunga  o‗xshash) 
yoki  ishboshchi  ko‗rsatmasiga  asosan  o‗chirgich bilan o‗chirish-yoqishni bajaradigan 
aniq  bir  ishchini  o‗chirgichda  ishlashiga  ijozat  beruvchi  yo‗riqnoma  olgan  brigada 
a‘zosini o‗chirgich oldiga  qo‗yish zarur. 


 
141 
Bosim  ostida  bo‗lgan  havo  o‗chirgichlarida  odamlar  bo‗lgan  paytda  boshqarish  va 
taqsimlovchi  shkaflarda  hamma ishlar  to‗xtatilishi  shart. 
10.6. O‗chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida o‗chirish va yoqish vaqtida 
xodimlarni  havo  o‗chirgichlari  yaqinida  turishlari  man  qilinadi.  Sinash  va  sozlash 
ishlarini  bajaruvchi  ishboshchi  (yoki  u  tomonidan  tayinlangan  brigada  a‘zosi)  havo 
o‗chirgichini  ulash  va  o‗chirish  uchun  og‗zaki  buyruqni,  brigada  a‘zolari  o‗chirgich 
oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan  keyingina,  berishi  shart. 
10.7.  Xodimlarni  havo  yig‗uvchi  idishlar  ichiga  tushib  bajarishi  bilan  bog‗liq ishlarga 
ijozat  berishda, quyidagilarga  rioya qilish  zarur: 
-  havo  yuborilishi  mumkin  bo‗lgan  quvurlarning  zadvijkalari  yopilib,  kalit  bilan 
qulflanishi  va  zadvijkalarga  «Ochilmasin!  Odamlar  ishlamoqda!»  degan  shiorlar 
osilishi  kerak; 
-  havo  yig‗uvchi  idish  ichidagi  bosim  ostida  bo‗lgan  havoni  tashqariga  chiqarilib, 
havo chiqaruvchi  probkalar (klapanlar)  ochiq holda qoldirilishi  shart; 
-  havo  yig‗uvchi  idishdan  havo  yuboruvchi  quvur  ajratilishi  va  unga  qopqoq 
(zaglushka)  qo‗yilishi  shart. 
10.8.  Havo  yig‗uvchi  idishlar  va  o‗chirgich  baklaridagi  bosimni  o‗lchovchi 
manometrlarning  nol  ko‗rsatishi,  ulardagi  havo  bosim  ostida  emasligini  bildirmaydi. 
Baklar  va  havo  yig‗uvchi  idishlarni  ichiga  tushish  uchun  mo‗ljallangan  teshik 
qopqogidagi  gayka  va  boltlarini  bo‗shatib  ochishdan  oldin  undagi  bosim  ostida 
bo‗lgan  havoni  havo  chiqaruvchi  probkalar  (klapanlar)  yoki  zadvijkalar  ochiqligiga 
va haqiqatan  ham havo yo‗q ekanligiga  qarab ishonch hosil qilish  zarur. 
Sig‗imga  tushish  uchun  mo‗ljallangan  qopqoqni  gayka  va  boltlari  burab 
mahkamlangandan  keyingina,  havo  chiqarish  probkalarini  (klapanlarni)  yoki 
zadvijkalarni  berkitish  mumkin. 
10.9.  Komplekt  taqsimlovchi  uskunalarni  shkaflari  bo‗linmasida  ishlanganda, 
uskunalar  joylashtirilgan  aravacha  tashqariga  tortib  chiqarilib,  kuchlanish  ostid a 
qolgan  tok  o‗tkazuvchi  qismlar  bo‗linmasidagi  temir  to‗siq  berkitilib  qulflanishi  va 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish